• Kerakli jihoz va materiallar
  • Diqqat ! Kesma tayyorlashda ustara, mikrotom va boshqa asboblardan foydalanish qoidalariga qat’iyan rioya qiling.
  • – mashg’ulot. VAQTINCHALIK PREPARATLAR TAYYORLASH METODIKASINI O’RGANISH




    Download 426,29 Kb.
    bet64/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    2 – mashg’ulot. VAQTINCHALIK PREPARATLAR TAYYORLASH METODIKASINI O’RGANISH
    Dars maqsadi: Talabalarni vaqtinchalik preparatlar tayyorlash metodikasi balan tanishtirish va ularda tegishli ko’nikmalarini shakllantirish.
    Umumiy tushunchalar: O’simlik organlari anatomik tuzilishini o’rganishda vaqtinchalik va doimiy preparatlar tayyorlaniladi. Vaqtinchalik preparat tayyorlashda buyum va qoplag’ich oyna orasiga tayyorlangan kesma ustiga suv tomiziladi. Suv bug’lanib ketsa, preparat o’z qimmatini yo’qotadi. Agar suv o’rniga gletsirin yoki pixta balzami ishlatilsa, preparat yillab saqlanishi mumkin, bunday hollarda u doimiy preparat deb ataladi. Doimiy preparat tayyorlash jarayoni ancha murakkab bo’lib, unda fiksatsiya qilish, bo’yash, suvsizlantirish va maxsus gletsirinli yoki balzamli eritmaga joylashtirish jarayonlarini o’z ichiga oladi.
    Kerakli jihoz va materiallar: mikroskop, pintset, ustara, ignalar, buyum va qoplag’ich oynalar, piyozbosh, xona o’simliklari barglari, kartoshka tuganagi, buzina poyasi, mo’yqalam, filtr qog’ozlari.
    Ishni bajarish tartibi:
    1. Buyum oynasini toza suvda yuvib, toza va quruq holatga keltiring. Buyum oynasini qirrasidan bosh va o’rta barmoqning orasiga olib ushlang. Shunday qilganingizda buyum oynasi yuzasida barmoq izi qolmaydi.
    2. Qoplag’ich oynani ham toza suvda yuvib, keyin spirtli byuksga solib qo’ying, 3–5 minutdan keyin uni spirtdan olib, yumshoq mato bilan ikkala tomonini arting.
    3. O’rganilayotgan ob’ektdan kesma tayyorlab oling.

    Diqqat ! Kesma tayyorlashda ustara, mikrotom va boshqa asboblardan foydalanish qoidalariga qat’iyan rioya qiling.

    • Kesma qalinligi 15–25 mkm bo’lmog’i lozim;

    • Nozik ob’ektlar buzina poyasi yoki kartoshka tuganagi orasiga olib qirqiladi;

    • Judayam kichik ob’ektlardan preparat tayyorlash uchun parafindan foydalanish mumkin. Buning uchun ob’ekt parafin eritmasiga solinib, undan qotgandan keyin kubiklar tayyorlanadi. Bu kubiklarni mikrotomda kesish mumkin;


    4. Buyum oynasi ustiga pipetkada bir–ikki tomchi suv tomiziladi va unga tayyorlangan kesma mo’yqalam yordamida joylashtiriladi. Kerak vaqtida kesma ustiga 1–2 tomchi reaktiv tomiziladi.


    5. Qoplag’ich oynani ko’rsatkich va boshqa barmoq orasiga olib, pastki uchi bilan asta–sekin buyum oynasi markazidagi suvga tegiziladi va kesma usti yopiladi. Agar qoplagich oyna tagida havo pufakchalari qolgan bo’lsa, qo’shimcha suv tomizilib, chiqarib yuboriladi.
    6. Preparat buyum stolchasiga joylashtiriladi.
    7. Preparat mikroskopda kuzatiladi.
    8. Piyoz po’stidan yoki xona o’simliklari bargidan vaqtinchalik preparatlar tayyorlang.
    9. Preparatlarni mikroskoplarda kuzating. Ob’ekt taxminan qancha marta kattalashtirib ko’rinayotganini hisoblab chiqing.

    Download 426,29 Kb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – mashg’ulot. VAQTINCHALIK PREPARATLAR TAYYORLASH METODIKASINI O’RGANISH

    Download 426,29 Kb.