|
Alloxor o’smliklarning meva va urug’lari
|
bet | 60/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Alloxor o’smliklarning meva va urug’lari asosan to’rt xil yo’l bilan: anemoxoriya (yunon. Anemos–shamol), zooxoriya (yunon. Zoo–hayvon), gidroxoriya (yunon. Gidro–suv) va antropoxoriya (yunon. Antropos–odam) yordamida tarqaladi.
Anemoxor o’simliklar tabiatda juda ko’p tarqalgan. Ularning meva va urug’larni shamol yordamida tarqalishiga ba’zi moslashmalari yordam beradi. Bunday moslashmalar (tol, terak, qayrag’och, shumtol, zarang, saksavul, juzg’un, qoqio’t) kabi o’simliklarda uchraydi. Moslashmalar urug’ va mevalarning havoda shamol bilan tarqalishini osonlashtiradi Ba’zi o’simliklar (orxideya, qichitqi, shumg’iya) ning urug’lari juda mayda va yengilki, ular havoda shamol vositasida uzoq masofalarga tarqaladi.
O’rta osiyo cho’llarida o’sadigan ba’zi o’simliklar mevasi pishgandan keyin yer ustki qismi quriydi va ildiz bo’g’izidan uziladi. Cho’lda ancha joygacha shamol bilan uchib borgan o’simliklar bir–biri bilan chirmashib sharsimon ko’rinishda bo’lib qoladi.Ular ancha masofagacha shamol yordamida yumalab boradi va diasporalarini tarqatadi (yantoq, sho’ra, boltiriq).
O’simliklar urug’ va mevalarining hayvonlar vositasida tarqalishiga zooxoriya deyiladi.
Xo’l mevalarning urug’larini asosan qushlar tarqatadi. Ko’p urug’lar loy bilan hayvonlarning oyoqlariga yopishadi va shu yo’l bilan uzoq masofalarga tarqaladi. Urug’ va mevalarning qushlar bilan tarqalishiga ornitoxoriya (yunon. Ornitos–qush, xoreo–tarqalish) deb ataladi.
Etdor va sersuv mevalarni hayvonlar va qushlar istemol qiladi. Hazm bo’lmagan urug’lar axlat bilan tashqariga chiqariladi. Bu hodisaga endozooxoriya (yunon. Endo–ichki) deyiladi. Ba’zi o’simliklarning urug’lari esa chumolilar bilan tarqaladi, bunga mirmekkoxoriya (yunon. Mirmeks–chumoli) deb ataladi (gunafsha, burmaqora, g’ozpiyoz va boshqalar).
Gidroxor o’simliklar daryo, ko’l va dengiz qirg’oqlarida o’sadi. Ularning meva va urug’lari suv vositasida tarqaladi (yovvoyi o’tlar). O’simlik urug’ va mevalarining inson faoliyati natijasida tarqalishiga, antropoxoriya deb ataladi. Masalan, quyonquyruq, yovvoyi gultojixo’roz, elodeya va boshqa qator o’simliklar inson tarafida Yevropaga Shimoliy Amerikadan olib kelingan. Hozir bu o’simliklar Osiyoda ham keng tarqalgan. Qo’ytikan Janubiy Amerika qit’asidan Janubiy Evropaga, u yerdan O’rta Osiyoga keltirilgan.
Kaktus o’simligining vatani Shimoliy Amerika qit’asining Meksika yarim oroli hisoblanadi. Hozir kaktuslarning bir necha turlari Avstraliya va Shimoliy Afrikaning sahrolarida o’stirilib iqlimlashtirilmoqda.
Meva va urug’larning ahamiyati shundaki, ular tarkibida oqsil, yog’, uglevodlar, turli vitaminlarni saqlangani uchun inson tarafidan oziq–ovqat sifatida ist’emol qilinadi. Ayrim o’simliklar meva va urug’lari dori–darmon sifatida, ayrim vakillaridan olinadigan tolalar to’qimachilik sanoatida keng foydalaniladi.
|
| |