|
Uchinchi savol bo’yicha dars maqsadi
|
bet | 52/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Uchinchi savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarga o’simliklardagi bir, ikki va ko’p uylik hodisalarni tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Bir, ikki va ko’p uylilik o’simliklariga qanday belgilariga ko’ra ajratilishini aytib bera oladi.
Ayrim va qo’sh jinsli gullarni farqlay oladi va tuzilishini izoxlab beradi.
Uchinchi savol bayoni: Ma’lumki, gulli o’simliklarning ko’pchiligida ham changchi, ham urug’chi bitta gulning o’zida joylashgan bo’ladi. Bunday gul qo’sh jinsli gul deb ataladi (g’o’za, olma, bug’doy). Qo’sh jinsli gullar gulli o’simliklarning qariyb 72 %i da uchraydi. Shuning bilan birga bitta gulda faqat urug’chi yoki changchilar joylashgan gullar ham bo’lib, bunday gullar ayrim jinsli gullar deb (qovoq, makkajo’xori, nasha, kanop) nomlanadi. Ayrim jinsli gullar urg’ochi va erkak gullarga ajratiladi. Bu gullarning uchrashga qarab o’simliklar quyidagi guruhlarga ajratiladi (Rozanova, 1935):
Bir uyli o’simliklar. O’simliklarda qo’sh jinsli, yo ayrim jinsli gullarning ikkalasi ham uchraydi. Bu guruhga quyidagi kenja guruhlar kiradi:
qo’sh jinsli gulli o’simliklar (olma, yantoq, bug’doy);
Ayrim jinsli gulli o’simliklar (makkajo’xori, bodring);
qo’sh jinsli va erkak gulli o’simliklar (arpa);
qo’sh jinsli va urg’ochi gulli o’simliklar (astra);
qo’sh jinsli va erkak, urg’ochi gulli o’simliklar (orxidey).
Ikki uyli o’simliklar. Ayrim jinsli gullar turli o’simliklarda joylashgan.
Haqiqiy ikki uyli o’simliklar (kanop, nasha);
Qo’sh jinsli va ayrim jinsli gullari turli o’simliklarda joylashgan (gledichiya):
Qo’sh uyli o’simliklar. Qo’sh jinsli, urg’ochi va erkak gullari turli o’simliklarda joylashgan (sovuno’t).
|
| |