|
dixogamiya–guldagi changchi va urug’chining turli vaqtlarda yetilishi. Dixogamiya ikki formada uchraydi. Protoandriya
|
bet | 49/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)dixogamiya–guldagi changchi va urug’chining turli vaqtlarda yetilishi. Dixogamiya ikki formada uchraydi. Protoandriya (changchilarning oldin yetilishi) ko’pchilik oilalardan: soyabonguldosh, dukkakdosh, murakkabguldosh, labguldoshlar va boshqalarda kuzatiladi. Protoginiya (urug’chining oldin yetilishi) esa qaramdosh, atirguldosh va zirkdoshlarda uchraydi.
Geterostiliya–gulda changchi va urug’chilarni turli balandliklarda joylanishi (masalan grechixada);
gultoj va changchilarning o’ziga xos joylanishi (masalan labguldoshlarda);
bepushtlik xususiyati, ya’ni gul o’z changi bilan changlanganda urug’lanish sodir bo’lmaydi va meva tugmaydi. Bu xususiyatni javdar, qaram, ko’ksagiz o’simliklarida kuzatish mumkin
O’simliklarda chetdan changlanish turli vositalar yordamida amalga oshadi Uning quyidagi xillari ajratiladi:
Entomofiliya–hasharotlar yordamida changlanish. Hasharotlar yordamida changlanuvchi o’simliklar guli yirik va rangli bo’ladi.
Hasharotlarni gullarga jalb qilishda gulning o’ziga xos hidlari va rangi ham alohida rol o’ynaydi. Xozirgi kunda gulli o’simliklarda 500 dan ortiq hid borligi aniqlangan. Ularning asosiy qismini turli efir moylar va aminlar tashkil qiladi.
Hasharot bir guldan ikkinchisiga o’tar ekan, u o’zi bilan birga shu o’simlik changlarini ham olib o’tadi, natijada hasharot yordamida changlanish jarayoni ro’y beradi.
2. Ornitofiliya–qushlar yordamida changlanish qushlar yordamida changlanish tropikada o’suvchi evkolipt, akatsiya, kaktus turlarida kuzatiladi. Bu o’simlik gullari ochiq rangli, jalb qiluvchi ranglarga bo’yalgan bo’ladi. Ular o’zlaridan suyuq nektar chiqarib, qushlarni o’ziga jalb qiladi. Qushlardan kolibri, nektarchi va kichik to’tiqushlar changlanish jarayonini amalga oshiradi.
Xiropterofiliya–ko’rshapalaklar yordamida changlanish.Janubiy Afrika tropik o’rmonlarida o’suvchi turli liana, baboab daraxtida, banan va agavalar gullari changlanishida asosiy rolni ko’rshapalaklar bajaradi. Bu o’simliklar gullari ancha ko’rimsiz bo’lib, kechasi ochiladi. Ular o’zidan juda ko’p miqdordagi suyuq nektarni ajratadi. Bu nektar bilan oziqlanish uchun kelgan ko’rshapalak changlanish jarayonini ta’minlaydi.
4. Anemofiliya–shamol yordamida changlanish. Gulli o’simliklarning 20 % ga yaqini shamol yordamida changlanadi. Bu o’simliklarda gulqo’rg’onlarning bo’lmasligi, mayda ko’p mikdordagi gullarning hosil bo’lishi, changning yengil va uchuvchan bo’lishi, tumshuqcha yuzasi keng bo’lishi, gullarning turli jinsli bo’lishi va boshqa xususiyatlar kuzatiladi. Anemofiliya bug’doy, tol, terak, sho’ra, oqqayin, zarang, shuvoq, kanop, tut va boshqa o’simliklarda kuzatiladi.
Gidrofiliya–suv yordamida changlanish.Suv yordamida changlanish vallisneriya, suv chumasi, dengiz o’ti deb ataluvchi o’simliklarda uchraydi. Misol tarikasida vallisneriya o’simligini olib ko’rsak, u ayrim jinsli gullarga ega. Bu o’simlikning urg’ochi gullari suvda suzib yuradi. Erkaklik guli yetilgandan keyin suv yuziga qalqib chiqadi va urg’ochi gulga yaqinlashadi. Agar urg’ochi gulga erkak gul changchisi tegib ketsa, urg’ochi gul changlanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
dixogamiya–guldagi changchi va urug’chining turli vaqtlarda yetilishi. Dixogamiya ikki formada uchraydi. Protoandriya
|