|
Qoqi o’t guli formulasi: Ca
|
bet | 48/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Qoqi o’t guli formulasi: Ca 0 Co (5) A(5) G (2)
Bu formula qoqi o’t gulida kosachabarglar yo’qligini, uning zigomorf gul ekanligi, tojbarglari va changchilari 5 tadan bo’lib, qo’shilib ketganligini, urug’chisi 2 ta, birikib ketganligini, tuguncha ostki ekanligini bildiradi;
Olma guli formulasi: * Ca(5) Co(5) A ∞G(5)
Gul aktinomorf, kosachabarg va tojbarglar 5 tadan, qo’shilgan, changchilari 20 ta bo’lib 4 doirada joylashgan, urug’chisi 5 ta, qo’shilib o’sgan, tuguncha ostki;
Na’matak guli formulasi: * Ca5 Co5 A ∞G ∞
Guli aktinomorf, kosachabarg va tojbargi 5 tadan, changchilar va urug’chilar cheksiz bo’lib, spiral holda joylangan, tuguncha ustki.
Gul to’g’risida gul diagrammasi ko’proq ma’lumot beradi. Gul diagrammasi gul qismlarining tekislikdagi proektsiyasidir.Gul diagrammasini belgilash uchun qo’yidagi belgilar qo’llaniladi:
kosachabarg belgisi–killi qavsdan iborat;
gultoj belgisi–dumaloq qavs bilan ifodalangan;
changchi belgisi–changdonning ko’ndalang kesigi shaklidir;
urug’chi belgisi–urug’chi ko’ndalang kesigidir.
Gulning diagrammalari (yunon. Diagramma–tasvirlash, aniqlash) uni grafik shaklda ifodalashdan iboratdir. Diagrammada organlarning birikkanligi, nektardonlar, gul ostidagi yaproq gardishi ham ko’rsatiladi
To’rtinchi savol bo’yicha dars maqsadi: Gullash va changlanish jarayonining o’ziga xos tomonlarini talabalarga ochib berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
4.1.Gullash jarayonini izohlay oladi.
Gullash davri to’g’risida tushinchaga ega bo’ladi.
Mavsumiy va sutkalik gullash maromini ajrata oladi.
Changlanish jarayoni qanday amalga oshishini tariflab beradi.
O’simliklarda o’z–o’zidan changlanmaslik uchun qanday moslamalalar uchrashini aytib bera oladi.
Changlanishni amalga oshiruvchi vositalarga qarab guruhlarga ajrata oladi.
To’rtinchi savol bayoni:Gul gulkurtakdan hosil bo’ladi. Ochilmagan gulkurtak g’uncha deb ataladi. G’unchada gul a’zolari ekzogen buyurtmalar ko’rinishida akropetal ravishda rivojlanadi. G’unchaning to gulga aylanguncha bo’lgan davri bir necha bosqichlarga bo’linadi.
G’uncha rivojlanishining dastlabki bosqichlarida gul a’zolarining tashqi qismida joylashgan kosachabarglar tezroq o’sadi, shuning uchun g’uncha yopiq holatda qoladi. Rivojlanishning keyingi bosqichlarida gulning ichki a’zolari tezroq taraqqiy qilib, g’unchani ochilishga sabab bo’ladi. G’uncha ochilgandan to gultojlar so’ligangacha bo’lgan davr gullash deb ataldi. Gullash davri 15–20 minutdan (ayrim ko’zacha gullilarda) to 2–3 oygacha (orxideydoshlarda) cho’ziladi. Ko’pchilik o’simliklar guli 6–8 soatdan to 1 sutkagacha ochilib turadi. Shuni aytib o’tish kerakki, o’simliklarning gullashi changlanish jarayoni bilan uzviy bog’liqdir. O’simlik gulidagi turli morfologik va fiziologik moslashmalar, uning mavsumiy va sutkalik ochilish xarakteri shu o’simlik gulini qaysi tipda va qanday vositalar yordamida changlanishini belgilab beradi. Gullash jarayonining bu tomonlarini antekologiya bo’limi o’rganadi. «Antekologiya» terminini fanga Sh.Robertson (1904) kiritgan. U bu termin bilan gullash va changlanish ekologiyasini tushungan edi. Shuni aytish kerakki, gul biologiyasi juda ham murakkab bo’lib, uni faqat tirik ob’ektlardagina o’rganish mumkindir. Bunda ko’pincha gulning quyidagi asosiy belgi va xossalariga e’tibor qilinadi (Ponomarev, 1960):
gulqo’rg’onning shakli va rangi, uning o’zgarib borishi;
gultojda nektardonni ko’rsatuvchi dog’lar bor–yo’qligi;
gullarda jinslarning bo’linishi;
tumshuqchaning o’ziga xos tuzilishi va xossalari;
changning shakli va kattaligi, o’ziga xos xususiyatlari;
gulda changdon va tumshuqchaning o’zaro joylashuvi;
changdon va tumshuqchaning qaysi vaqtda yetilishi;
geterostiliya (changchi va urug’chining turli balandliklarda joylanishi) hodisasi bor–yo’qligi;
nektardonlarning tuzilishi, joylanishi va nektar ajralishi;
gulda maxsus tuzilmalar bor–yo’qligi;
mavsumiy va sutkalik gullash ritmikasi va h.k.
Gulqo’rg’on qismlarining tuzilishi, ularning rangi yoki gulqo’rg’on qismlarining reduktsiyalanib ketganligi gulda qaysi vositalar yordamida changlanish jarayoni amalga oshishini ko’rsatib beradi. K.Fegri va L.Vander Peyl (1982) gullarni funktsional strukturasiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratdi:
gulqo’rg’oni ko’rimsiz gullar. Bu gullarda changlanish abiotik vositalar (shamol, suv) yordamida amalga oshadi. Masalan: tol, terak, uzum va h.k.
gulqo’rg’oni chiroyli va yaqqol ko’zga tashlanuvchi gullar
Bu gullar shakliga ko’ra:
tarelkasimon (atirgul guli);
qo’ng’iroqsimon (qo’ng’iroqgul);
labli (yalpiz guli);
kapalaksimon (yantok, beda, no’xat guli);
trubkasimon (kungaboqar guli) va h.k.larga bo’linadi.
Bu gullarda changlanish biotik vositalar (hasharot, hayvonlar) yordamida amalga oshadi.
O’simliklarning gullash biologiyasini o’rganishda o’simlikning mavsumiy va sutkalik gullash maromini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Chunki gullash biologiyasini o’rganish bir tomondan bizga tur va formalarni hosil bo’lishini anglashga yordam bersa, ikkinchi tomondan selektsiya uchun qo’l keladi. O’simliklar o’z hayotida bir yoki ko’p marta gullashi mumkin. Bir–ikki yillik o’simliklar, ayrim ko’p yillik o’simliklar (ferula, agava, xurmo, bambuk) umrida bir marta gullaydi va meva beradi. Keyin esa halok bo’ladi. Bunday o’simliklar monokarpik (mono–bitta, karpos–meva) o’simliklar deb nomlanadi. Ko’p yillik o’simliklar o’z hayoti davomida bir necha marta gullab, meva beradi. Bu o’simliklar polikarpik (poli–ko’p) o’simliklar deb ataladi.
O’simliklarning ko’pchiligi faqat ma’lum davrda: bahor, yoz yoki kuzda gullaydi. Bu o’simliklarning gullashidagi mavsumiylik bo’lib, u har bir o’simlik turi uchun o’zgarmasdir. O’simliklarning mavsumiy gullash maromi o’z ichiga o’simlikda birinchi gul ochilgandan to oxirgi gul ochilib bo’lgancha bo’lgan vaqtni oladi.
Shuningdek, o’simliklarga sutkalik gullash maromi ham xosdir. Har bir o’simlik turi guli sutkaning ma’lum bir vaqtida ochiladi. O’simliklar gullashning sutkalik maromini boshqaruvchi asosiy omillar temperatura, nisbiy namlik va yorug’likdir. Yantoq gullarining eng ko’p ochilgan vaqti tushki paytda kuzatiladi. Bu davrda temperaturaning eng yuqori va nisbiy namlikning eng quyi darajalari qayd qilingan. Yantoqdan farqli o’laroq saksovulda (Demyanova, 1975) gullashning eng baland cho’qqisi erta bilan soat 9 dan 11 gacha davom qiladi. Qovun o’simligi gullari tushdan keyin ochila boshlaydi. Kechasi gullaydigan o’simliklarga namozshomgulni misol qiladimiz mumkin, chunki uning guli kechqurun ochilib, ertalab yopiladi.
Yuqorida aytib o’tilgandek, gullash davomida changlanish jarayoni amalga oshiriladi. Changning changdondan chiqib urug’chi tumshuqchasiga tushishiga changlanish deyiladi. O’simliklarda changlanishning 2 ta tipi kuzatiladi:
o’z–o’zidan changlanish (avtogamiya);
chetdan changlanish (allogamiya).
Agarbirgulningchangishuguldagiurug’chitumshuqchasigakelibtushsa, bujarayono’z–o’zidanchanglanishyokiavtogamiya (autos–o’z–o’zidan, gamos–qo’shilish) deyiladi. O’z–o’zidan changlanishini no’xat, loviya, yeryong’oq, arpa, suli, sholi, orxidey va boshqa o’simliklarda ko’rish mumkin. Gunafsha o’simligida o’z–o’zidan changlanish hali ochilmagan g’uncha ichida amalga oshadi. Bu hodisaga allogamiya (kleistos–yopiq) nomi berilgan.
O’simliklarning asosiy qismi chetdan changlanadi. Bunda bir o’simlik gulining changi ikkinchi o’simlik guli urug’chisi tumshuqchasiga borib tushadi. Bu jarayon chetdan changlanish yoki allogamiya (ksenogamiya, xenos–chetdan) nomi bilan ataladi. O’simliklar uchun chetdan changlanish biologik jihatdan afzaldir, chunki u genlar rekombinatsiyasi uchun keng imkoniyat yaratadi va shu tur populyatsiyalarini geterozigota holatida bo’lishini ta’minlaydi. Shuning uchun o’simliklarda o’z–o’zidan changlanmaslik uchun turli moslamalar kuzatiladi. Bular quyidagilardir:
|
| |