• diada
  • urg’ochi gametafit-murtakxaltasi7 ta hujayralardan iborat
  • Dorivor o‘simliklar va botanika




    Download 426,29 Kb.
    bet46/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Apokarp ginetsey–urug’chi hosil bo’lishida bitta mevabargcha ishtirok qiladi. Urug’chilar o’zaro birikmay, ko’pincha spiral holda mustaqil joylashadi. Apokarp ginetsey magnoliyadoshlarda, ayiqtovondoshlarda, burchoqdoshlarda va boshqa oilalarda keng tarqalgan.

  • Tsenokarp ginetsey–urug’chi hosil bo’lishida 2 va undan ortiq mevabargcha ishtirok qiladi. Bu mevabargchalarning o’zaro qo’shilib o’sib ketganligi darajasiga qarab senokarp ginetsey 3 kenja tipga ajratiladi:

    a) Sinkarp ginetsey–urug’chini hosil qilayotgan mevabargchalarning faqat yon taraflari qo’shilib o’sib ketadi. Urug’kurtaklar mevabargchalarga qirrasi bo’ylab birikadi. Bu tipdagi ginetsey ko’pchilik bir pallali o’simliklarda uchraydi.
    b) Parakarp ginetsey–urug’chini tashkil qilgan mevabargchalar faqat qirralari bilan tutashadi. Urug’kurtaklar esa devorning shu qirrali qismiga joylashadi. Bu xildagi ginetseyni ko’knori, qovoq, bodring, qovun o’simliklarida uchratamiz.
    v) Lizokarp ginetsey–urug’chini hosil qilishda qatnashgan mevabarglarning yon tomonlari qo’shilib o’sgan sinkarp ginetseylardan yon devorlarining erib ketishi hisobiga yuzaga keladi. Bu ginetseyda urug’kurtaklar ginetsey markazida kolonkasimon holda joylashadi. Bu tipdagi ginetsey semizakdoshlar va chinniguldoshlarda uchraydi.
    Urug’chi tuguncha qismi bilan gul o’rniga birikadi. Tugunchaning boshqa gul qismlariga nisbatan joylanishiga qarab tuguncha ustki, ostki va o’rta holatlari ajratiladi. Tugunchaustki bo’lganda devori faqat mevabargchadan tashkil topgan bo’ladi. Urug’chi gul o’rnida erkin joylashadi. Tuguncha ostki bo’lganda tuguncha devori gulning boshqa qismlari bilan qo’shilib ketgan bo’lib, erkin holda bo’lmaydi. Agar tuguncha devorining pastki qismi qo’shilib ketgan bo’lib, ustki tomoni qo’shilmagan bo’lsa, tuguncha o’rta holatda deyiladi.
    Tuguncha ichida o’simlik turiga qarab bittadan–bir necha yuz ming donagacha urug’kurtak joylashadi. Urug’kurtak shakli o’zgargan megasporangiy bo’lib, u markaziy qism–nutsellusdan va uning atrofida o’rab turuvchi 1 yoki 2 ta urug’kurtak qobig’i–integumentdan hamda urug’kurtak bandi–funikilyusdan tashkil topadi.
    Nutsellus tashqi tomondan bir yoki ikkita integumentlar bilan o’raladi. Ayrim o’simliklarda bu qobiqlar reduksiyalanib ketgan bo’lib, urug’kurtak yalang’och bo’ladi. Juda kam hollarda urug’kurtak 3 ta qobiqqa ega bo’ladi. Uchlamchi qobiq tashqi qobig’ining ajralishi natijasida paydo bo’ladi. Urug’kurtak qobiqlari urug’kurtak tepasida bir–biriga o’sib ketmay, ozroq bo’shliq joy qoldiradi. Bu joy mikropile yoki chang nayi kanalchasi deb ataladi, chunki o’sayotgan chang nayi shu yer orqali urug’kurtak ichiga kiradi. Urug’kurtak tuguncha devoriga urug’kurtak bandi orqali birikadi. Urug’kurtak bandi gohida juda uzun bo’lib, u urug’kurtak atrofida spiral holda joylashadi. Urug’kurtaklar shakli va kattaligi gulli o’simliklarda turlichadir. Shakliga ko’ra urug’kurtaklar quyidagi tiplarga bo’linadi:

    1. atrop (ortrop) urug’kurtak–o’z o’qiga nisbatan to’g’ri joylashgan urug’kurtak;

    2) anatrop urug’kurtak–o’z o’qiga nisbatan 180 gradus teskari bukilgan urug’kurtak;
    3) kampilotrop urug’kurtak–bir tomonlama bukilgan urug’kurtak;
    4) gemianatrop urug’kurtak–yarim bukilgan urug’kurtak;
    5) amfitrop urug’kurtak–ikki tomonlama bukilgan urug’kurtak;
    6) gipertrop urug’kurtak–o’z o’qiga nisbatan 270 gradus qayrilgan urug’kurtak;
    7) sitsinotrop urug’kurtak –bir necha marta qayrilgan urug’kurtak.
    Urug’kurtakning markazida m egasporaning onalik hujayrasi meyoz yo’li bilan bo’linib avval diada (2 ta), keyin tetrada (4 ta) megasporani hosil qiladi. Bu jarayonga, ya’ni megasporaning onalik hujayrasidan to megasporalar tetradasi hosil bo’lgancha bo’lgan davrga megasporogenez deyiladi .
    Hosil bo’lgan megasporalar tetradasidan eng tagida joylashgani rivojlanib murtak xaltasiga (urg’ochi gametafitga) aylanadi, 3 ta yuqorigisi esa reduktsiyalanib ketadi. Murtak xaltasi yadrosi bo’linadi vahosil bo’lgan yadrolar esa qarama–qarshi qutblarga joylashadi. Hujayra markazida kattagina vakuol paydo bo’ladi. Bunday xolatdagi hujayra ikki yadroli murtak xaltasi nomi bilan ataladi. Murtak xalta yadrolari bo’linib avval 4, navbatdagi bo’linishdan keyin esa 8 yadroli murtak xaltasiga aylanadi. Yadrolar bo’linishi bilan birga murtak xaltasi o’lchami ham kattalashib boradi. Murtak xaltasi o’sishi nutsellus hujayralarini assimilyatsiya (o’zlashtirish ) qilish xisobiga amalga oshib, yetilgan murtak xaltasi atrofida faqat bu hujayra qoldiqlarini ko’rish mumkin.
    Murtak xaltasi ichidagi 8 ta yadro ichki differentsiyalanish jarayoni natijasida yettita hujayrani hosil qiladi: uchta hujayradan iborat tuxum hujayra apparati, uchta hujayradan tuzilgan antipodlar to’plami va markaziy hujayra . Shunday qilib, megasporadan hosil bo’lgan urg’ochi gametafit-murtakxaltasi7 ta hujayralardan iborat bo’ladi.
    Murtak xaltasi tuzilishida qutbiylik kuzatilib, uning tepa qismida tuxum hujayra va sinergidlar, pastki qismida antipodlar kompleksi joylashadi. Uning markazini 2 ta yadroning qo’shilishidan hosil bo’lgan markaziy yadro egallaydi. Murtak xaltasining markaziy yadrosi xromosomalarning diploid to’plamini, qolgan hujayralari yadrosi o’zida xromosomalarning gaploid to’plamini saqlaydi.

    Download 426,29 Kb.
  • 1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simliklar va botanika

    Download 426,29 Kb.