• Ikkinchi savol bayoni
  • Changchi
  • Ikkinchi savol bo’yicha dars maqsadi




    Download 426,29 Kb.
    bet45/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Ikkinchi savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarga changchining va urug’chining tuzilishi, changdon , mikrosporogenez jarayoni va chang hosil bo’lishi, urug’kurtak va murtak xaltasi shakllanishi to’g’risida ma’lumotlar berish.
    Identiv o’quv maqsadlari:
    2.1. Androtsey va ginetseyning tuzilishini aytib bera oladi.
    2.2. Mikrosporogenezni va chang hosil bo’lishini izohlay oladi.
    2.3. Urug’kurtak tuzilishi to’g’risida ma’lumot bera oladi.
    2.4. Murtak xaltasi tuzilishini tushintirib beradi.

    Ikkinchi savol bayoni: Guldagi changchilar to’plami androtsey (andros–erkak, oikos–uy) deb ataladi. Gulda bittadan (shoyi gul) bir necha yuztagacha (atirgul) changchilar bo’lishi mumkin. Changchilar gulda 3–doirani tashqil qiladi. Ular spiral yoki doira holda joylanishi mumkin. Changchilar soni har bir oila va turkumlar uchun doimiy bo’ladi. Changchi ko’pincha changchi ipidan va changdondan tashkil topadi. Changdon ikki qismdan iborat bo’lib, bu qismlar tekalar deb nomlanadi. Har bir teka o’zida chang xaltalarini (chang kameralarini) saqlaydi. Bu chang xaltalarida chang yetiladi.


    Chang xaltalari shakli o’zgargan mikrosporangiylardir, changchi bo’lsa, mikrosporofil gomologidir. Chunki birlamchi gulli o’simliklarda, masalan degeneriyadoshlarda, changchining tuzilishi mikrosporofilning xuddi o’ziga o’xshasa, evolyutsiya jarayonida u murakkablashib, changchi tuzilishga o’xshab borgan.
    Changchilar gul o’rnida bo’rtmalar sifatida paydo bo’ladi va asta–sekin shakllana boshlaydi. Changdon devori ko’pincha 4–5 qavatdan iborat bo’ladi: epidermis, endotetsiy, o’rta qavat va tapetum.
    Chang yetilishiga yaqin tapetum va o’rta qavat tamoman reduktsiyalanib ketadi.
    Chang xaltasi o’rta qismida 1 yoki 2 qator sporogen hujayralar joylashgan bo’ladi. Ular meyoz yo’li bilan bo’lina boshlaydi. Meyoz murakkab va o’ziga xos bo’linish bo’lib, bo’linish natijasida 4 ta mikrospora yuzaga keladi. Bu mikrosporalar kallozali qobiq bilan o’ralgan bo’lib, mikrosporalar tetradasi deb ataladi.
    Ozroq vaqt o’tishi bilan tetradaning kallozali qobig’i yemirilib, mikrosporalar undan ajraladi. Har bir mikrospora o’zida xromosomalarning gaploid to’plamini saqlab, tuzilishiga ko’ra paporotniklar sporasi gomologidir. Mikrosporaning onalik hujayrasidan to mikrospora hosil bo’lganigacha bo’lgan bosqichiga mikrosporogenez deyiladi.
    Tetradadan endigina ajralgan mikrosporalar o’z po’stiga ega bo’lmaydi. Vaqt o’tishi bilan mikrospora atrofida po’st–sporoderma shakllana boshlaydi.
    Bu davrda changdon devorining ichki qismlari (tapetum va o’rta qavat) o’sayotgan mikrospora tomonidan ozuqa sifatida iste’mol qilib yuboriladi. Mikrospora atrofida po’st shakllanishi bilan u chang deb ataladi. Chang bir dona katta yadroga ega bo’lib, 2 qavatli po’st bilan (tashqi–ekzina, ichki–intina) o’raladi. Chang hujayrasi kattalashib, uning o’rtasida katta vakuol paydo bo’ladi. Chang yadrosi bo’linib 2 ta hujayrani (vegetativ va generativ) hosil qiladi.
    Vegetativ hujayra ancha katta bo’lib, changning asosiy qismini egallaydi. Generativ hujayra linzasimon ko’rinishda bo’lib, kichikroq, hujayra sitoplazmasi quyuqroq bo’ladi. U asosan chang po’stidagi teshikchalar (poralar) to’g’risiga joylashadi. Bunday chang ikki hujayrali chang deb ataladi. Chang tashqi po’stida poralar deb ataluvchi turli teshik va yoriqchalar bo’ladi. Bu poralar orqali chang nayi o’sib chiqadi. Ayrim hollarda changdagi generativ hujayra yana bo’linishi mumkin. Bunda chang 1 ta vegetativ hujayra va 2 ta spermiylardan tashkil topadi. Bunday chang uch hujayralichang deb nomlanadi. Demak, chang yetilganda u ikki yoki uch hujayrali bo’lishi mumkin.
    Gulning markaziy qismida meva bargcha yoki karpellalardan tashkil topgan bir yoki bir nechta urug’chi joylashadi. Guldagi urug’chilar to’plami ginetsey (gyne–ayol, oikos–uy) deb ataladi. Urug’chi 3 qismdan: tumshuqcha, ustuncha va tugunchadan tuzilgan. Urug’chi gulli o’simliklarda uzoq davom etgan evolyutsiya jarayonida mevabargchalardan hosil bo’lgan. Mevabargchalar morfofunksional tuzilishga ko’ra megasporofillarga to’g’ri keladi. Birmuncha soddaroq tuzilgan gulli o’simliklarda (masalan degeneriyada) mevabargchalarning faqat qirralari birikadi. Mevabargchaning qirralarida yoki yuzasida joylashgan urug’kurtaklar mevabargcha qirralari birikishi natijasida uning ichki tomonida qoladi. Bu bir tomondan urug’kurtakni yaxshi himoyalanishini ta’minlasa, ikkinchi tomondan urug’kurtakda chang kelib tushishini qiyinlashtiradi. Changni ushlash vazifasini esa mevabargchalar birikkan qirrasida joylashgan bezli tukchalar amalga oshiradi. Yuqorida rivojlangan gulli o’simliklarda bu vazifani urug’chining tumshuqcha qismi bajaradi. Tumshuqcha qismida joylashgan hujayralar o’zlaridan maxsus suyuqlik shiraajratib chiqaradi. Bu shira changlarni ushlab qolish va uni o’sishini ta’minlaydi. Tumshuqchalar shakli xilma–xildir. Tumshuqcha urug’chi tuguncha qismiga ustuncha orqali birikadi.
    Urug’chining asosiy qismi tuguncha bo’lib, uning ichki tomonida bir yoki bir nechta urug’kurtak joylashadi. Urug’kurtakning tuguncha devoriga birikkan joyi platsenta deb nomlanadi.
    Urug’chi tuzilishda qancha mevabargchalar ishtiroq qilganiga qarab, ginetseylar ikki tipga ajratiladi (Taxtadjyan, 1948):


    1. Download 426,29 Kb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikkinchi savol bo’yicha dars maqsadi

    Download 426,29 Kb.