|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 41/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Muhokama uchun savollar:
1. Barg kanday tuzilishga ega?
2. Mezofill qanday tuqima hujayralaridan iborat?
3-savol bo’yicha dars maqsadi:Talabalarga geterofiliya va bargning xazonrezgilik haqida tushuncha berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
3.1. Barglar geterofiliyasi haqida biladi.
3.2. Barg ontogenezi to’g’risida ma’lumot beradi.
3.3. Xazonrezgilikning o’simlik hayotidagi ahamiyatini biladi.
3-savol bayoni. Odatda har bir o’simlik bir xil morfologik tuzilishli barglarga ega bo’ladi. Ammo ayrim individlarda turli shakldagi barglar ham uchrab turadi. Bunga geterofiliya deyiladi. O’simlikning yoshi ulg’aygan sari ularning barglarida ham farqlar namoyon bo’ladi. O’simlikda yoshi va joylashish xarakteriga ko’ra uch turdagi barglar: ostki, o’rta va yuqorigi barglar farq qilinadi. Ular o’lchami, shakli va boshqa xususiyatlari bilan farqlanishi mumkin. Ostki barglar eng qari hisoblanadi. Ularning yaprog’i yaxshi taraqqiy etmaydi yoki qurib qolib to’kilishi mumkin. O’rta barglar o’simlik uchun xos bo’lgan tuzilishdagi barglardir. Yuqorigi barglar esa maydaligi varanglari bilan o’rta barglardan ajralib turadi. O’simlikdagi har xil shakldagi barglar tashqi muhit tufayli kelib chiqadi. Masalan: suvda yashovchi ayiqtovon va o’qbarg o’simliklarida suv ostida qirqilgan barglar, yuzasida esa bo’lakli yoki o’qsimon barglar kuzatiladi. Kuchli qirqilgan barglar suv ostidagi suvda erigan SO2 ni yaxshi o’zlashtiradi va suvning mexanik ta’siriga chidamliroq bo’ladi.
Barglarning o’lchami juda xilma–xildir. Ba’zi o’simliklarda barglar bir necha millimetr bilan o’lchansa (shuvoq, sarv, archa), tropik pal’malar bargi 10–20 metrga boradi. O’rtacha iqlim sharoitidagi eng yirik bargli o’simliklarga misol qilib makkajuxori bargini (1 metrgacha boradi), tog’li rayonlarda rovoch o’simliklarini ko’rsatish mumkin. Uzun bargli qarag’ayning ninabarglari 30 sm ga boradi.
Barg ontogenezida kurtak ichida va undan tashqaridagi fazalar ajratiladi. Birinchi faza davomida boshlang’ich barg voyaga yetgan barg shaklini oladi, ammo u kichik o’lchamda va o’ralgan holda bo’ladi. Ikkinchi fazada hujayralarning bo’linishi va cho’zilishi natijasida barg rivojlanadi. Bargning shakllanishi boshlang’ich barg uchki hujayralarining bo’linishi, keyinchalik interkolyar hamda chekka meristemalar hisobiga boradi. Kurtak yozilganidan so’ng bargning yuzasi bir necha o’n–yuz marta ortadi.
Barglarning yashash muddati o’simlikning genetik xususiyatlari va iqlim omillariga bog’liq. Bargini to’kuvchi o’simliklarda barglar bir vegetatsiya davri davomida yashaydi. O’rtacha iqlimli zonalarda ko’p yillik o’tlar bargi ham bir vegetatsiya davri davomida yashab, u yer ustki organlari bilan birga qurib qoladi. Tropik zonalarda o’suvchi ko’p yillik o’t o’simliklarning barglari bir necha yil yashaydi. Janubiy Afrika saxrolarida o’suvchi vel’vichiya o’simligining bargi 100 yil oshiqroq yashaydi. Doim yashil deb nomlangan o’simliklarda ham barglar umrbod saqlanmaydi. Chunki ularning barglari bir vaqtda to’kilmay, har yili bir qismi to’kiladi. Tog’ archalarining bargi 5–12 yil hayotchanligini saqlanishi qayd etilgan. Shuning uchun ham tashqaridan qaraganda, go’yo ularning bargi to’kilmagandek tuyuladi.
Bargni tuquvchi daraxtlarda barg kuzga borib tushib ketadi. O’simlik barglarini bir vaqtda to’kilishini xazonrezgilik deb ataladi. O’rtacha va kontinental iqlimli zonalarda xazonrezgilik biologik qonuniyat bo’yicha boradi. Uning boshlanishi kunning sovishi va tuproq haroratining pasayishi bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Shu vaqtga kelib barglarda murakkab biokimiyoviy reaksiyalar amalga oshishi, hujayra organellalari, xususan xloroplastlarning parchalanishi kuzatiladi. Biokimyoviy reaktsiyalari ko’pchilik o’simliklarda ba’zi bir pigmentlarning to’planishiga, ikkinchi bir pigmentlarni esa parchalanishi bilan boradi. Natijada, kuzgi barglar har xil ( qizil, sariq, zarg’aldoq, chipor, yashil, chipor qo’ng’ir) ranglarda kiradi. Barglarning kuzgi rangi ham har bir o’simlik uchun xarakterli belgi xisoblanadi. Bu vaqtda barg bandining asosida po’kaklashgan hujayralardan iborat ajratuvchi qavat hosil bo’ladi. U barg bandiga perpendikulyar yo’nalishda epidermaning parenxima hujayralaridan ajralib chiqadi. Barg to’kilishi oldidan ajratuvchi qavatdagi hujayralarning aloqalari uziladi va barg nay tolali bog’lamlarga osilib qoladi. Keyinchalik bu bog’lanish ham kuchsizlanib, shamol esishi yoki shudring tushishi ta’sirda tushib ketadi. Xazonrezgilik uzoq yillar davomida o’simliklarning davriy ravishda kelib chiqadigan tashqi muhitning noqulay sharoitlariga moslanishi natijasidir.
|
| |