• 2- savol bayoni
  • Dorivor o‘simliklar va botanika




    Download 426,29 Kb.
    bet40/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Muhokama uchun savollar:
    1. Barg o’simlikning qaysi organi hisoblanadi?
    2.Bargning vazifalari nimalardan iborat?
    3.Oddiy va murakkab barg deb nimaga aytiladi?
    2-savol bo’yicha dars maqsadi:Talabalarga bargning ichki tuzilishi haqida ma’lumot berish.
    Identiv o’quv maqsadlari:
    2.1. Bargning faqat birlamchi tuzilishga ega bo’lishligini biladi.
    2.2. Tomirlanish xillarini ajrata oladi.
    2.3. Epidermaning funksiyasini tushintira biladi.
    2.4. Mezofilning tuzilishini izoxlay oladi.
    2- savol bayoni. Barglarning ichki tuzilishi ular bajaradigan funksiyasiga mos keladi. Bargning tashqi sharoitga moslashuvchi organi ekanligi uning ichki tuzilishida aniq ifodasini topgan. Bargning ichki tuzilishga suv rejimi, yorug’lik, xarakat, shamol, tuproq sharoiti, dengiz satxidan balandlikda joylashishi va boshqa omillar sezilarli darajada ta’sir qiladi. Shuning uchun ham bargning ichki tuzilishi bir o’simlikning o’zida ham farq qilishi mumkin.
    Barg faqatgina birlamchi tuzilishga ega. Unda ikkilamchiyo’g’onlashish kuzatilmaydi. Poya va ildizlardan farq qilib, barg dorzoventral tuzilishda bo’ladi. Barg nihoyatda plastik organdir. O’simlik barglarini asosiy qismini mezofill tashkil etadi. U ostki va ustki epidermalar bilan chegaralangan. Unda xar xil yo’nalishda joylashgan o’tkazuvchi nay tola boylamlari, shuningdek mexanik to’qima elementlari (sklereidlar lub va skelerenxima tolalari, kollenxima) joylashgan bo’ladi. Barg mezofillida ajratuv bo’shliqlar, suv saqlovchi hujayralar, efir moylari va boshqalar hosil bo’ladi.
    Barg uchun tomirlanish xarakterlidir. Tomirlar barg yaprog’i bo’ylab tarqalgan o’tkazuvchi–nay tola boylamlaridan iborat. Barg yaprog’ida tomirlar turli shakllar va ko’rinishlarda joylashishi mumkin. Shuning uchun ham oddiy (ninabarglilarda), dixotomik, parallel, yoysimon va to’rsimon tomirlanish farq qilinadi.
    To’rsimon tomirlanishningpatsimon (olma, nok barglarida) va panjasimon (zarangda) ko’rinishlari mavjud. Parallel va yoysimon tomirlanishlar aksariyat bir pallali o’simlik barglarida kuzatilib, ikki pallali o’simliklarda ko’pincha patsimon, panjasimon yoki to’rsimon tomirlanish uchraydi. Tomirlarning vazifasi suv va unda erigan mineral oziq moddalarni poyadan barglarga yoki aksincha, barglardan poyaga o’tkazishdan iboratdir. Bundan tashqari tomirlar bargga tayanch mustaxkamlik beradi va uni turli tashqi mexanik ta’sirlarga (yomg’ir, do’l) chidamiyligini oshiradi.
    Barg hamma tomondan qoplovchi to’qima–epiderma (epidermis) bilan o’ralgan. Epiderma hujayralari bargda suv bug’lantirishni va havo almashinib turishini ta’minlaydi. Epiderma odatda bir–birlariga nisbatan juda zich joylashgan bir qavat hujayralardan iboratbo’lib, u bargni qurib qolishdan, tashqi fizik mexanik ta’sirlardan, shuningdek bargning ichki hujayralariga mikroorganizmlarni kirishidan saqlaydi. Odatda o’simlik barglarining ustki epidermasi kutikula qavati bilan qoplangan bo’ladi. Bu ayniqsa qurg’oqchil sharoitda o’suvchi o’simliklar bargida yaxshi ifodalangan, ya’ni epiderma hujayralarining tashqi tomoni kutinlashgan va juda qalin bo’ladi. Ustki epiderma hujayralari ostki epiderma hujayralariga nisbatan yirikroq. Ko’p hollarda epiderma hujayralarida xloroplastlar kuzatilmaydi. Uni faqat ba’zi sukkulentlar va efemerlarda uchratish mumkin. Ko’pincha ustki epiderma hujayralari shirasi tarkibida antosian pigment bo’libi, u barg yaprog’i va bandlarini har–xil rangga bo’yaydi. Ostki epiderma hujayralari uncha yirik emas, va ular egri–bugri shaklda bo’ladi. Ostki epidermada ko’p sonda mayda og’izchalar bo’ladi. Ularning tuzilishi va joylashishi o’simlikning yashash sharoiti bilan bog’liq.Epidermadagi maxsus og’izchalar ikkita loviyasimon hujayradan to’zilgan bo’lib, bu hujayralar gaz va suv bug’latib turadigan teshikni hosil qiladi. Yorug’likda va yetarli suv bo’lgan taqdirda og’izchalar ochiladi va fotosintez jarayoni o’tadi. Qorong’ilik tushganda fotosintez to’xtaydi va og’izchalar ham yopiladi.
    Ba’zi o’simliklarda ostki epiderma hujayralari bilan chegaralangan mexanik va ortiqcha suv bug’latish vazifasini bajaruvchi gipoderma qavati bor. Ninabargli o’simlik barglaridagi gipodermabir qavatlidir. U mexanik mustahkamlik berib, o’simlikni sovuqdan saqlaydi. Janubda o’suvchi turlarda gipoderma ko’pincha 2–3 qavatli bo’lib, jazirama issiq va shamollardan saqlaydi hamda o’simlikka mexanik mustahkamlik beradi. Epidermadagi tuklar va boshqa o’simtalar ham juda xilma–xil bo’ladi.Epiderma xujayralari tashqi tomondan trixomalar deb ataluvchi turli shakllardagi tukchalar hosil qiladi. Trixomalar tur, turkum va oila uchun xos bo’ladi
    Trixomalar oddiy va bez (sekretor) li xillarga ajratiladi.Ularning asosiy funktsiyasi ximoya qilish hisoblanadi
    Barg plastinkasi o’simliklarda mezofill (assimilyatsion to’qima, bargning yumshoq eti) yupqa devorli yashil parenxima (xlorenxima)dan tashkil topgan. Ko’p ikki pallali o’simliklar, ba’zi qirqquloqsimonlar, ochiq urug’lilar va bir pallalilarning xlorenximasi ustinsimon va bulutsimon hujayra to’qimalaridan iborat. Ustimon to’qima ustki epidermisga, bulutsimon to’qima esa pastki epidermisga taqalib turadi. Ustinsimon to’qimaning tashqi qavatidagi hujayralar epidermisga tik xolda joylashgan, uzun–uzun va ingichka hamda ichida xlorofill donalari ko’p bo’ladi. Uning chuqurroqda joylashgan qavatlari birmuncha qisqaroq, hujayralarida xloroplastlari kamroq bo’ladi. Ustinsimon to’qima hujayralarining o’ziga xos shaklda bo’lishi va joylashishi fotosintez maxsulotlarining eng yaqin va hammadan ham kam qarshilik bo’ladigan yo’l bilan floemaga o’tishiga hamda ustinsimon to’qimaning suv bilan ta’minlab turishiga moslanish belgilarining biri deb qarash mumkin.
    Bulutsimon to’qima 2–7 qavat yumaloq hujayralardan tashkil topgan. Bu to’qimada bulutsimonto’qimani har tomonga teshib o’tuvchi hujayralararo bo’shliqlar juda rivojlangan bo’ladi. Havoli bo’shliqlar va hujayralararo oraliqlar o’zaro tutashtirib turadigan tuzilmalar gazlar almashinuvini amalga oshishiga xizmat qiladi. Transpiratsiya jarayonini, ya’ni suvni bug’ holatida atmosferaga chiqarish vazifasi bargdagi og’izchalar orqali amalga oshiriladi.
    Bargning o’tkazuvchi to’qimalario’tkazuvchi boylamlar sistemasi va uning yon tarmoqlaridan iborat bo’lib, uning muxim tarmoqlari barg izlaribilan birikkan bo’ladi. Ikki pallali o’simliklarda barg izlaribarg bandi orqali bargning asosiy o’tkazuvchi nay tolali boylamlarini davomi hisoblanadi va undan birlamchi tartib, ikkilamchi tartib va shu tariqa tarmoqlanib to’rsimon tomirlanish hosil qiladi. Bir pallali o’simliklarda asosiy o’tkazuvchi nay tolali boylamlar yo’q va ko’p sondagi barg izlari mustaqil parallel yoki yoysimon o’tkazuvchi boylamlar tarzida davom etadi. Bargdagi o’tkazuvchi boylamlar yopiq kollaterial turdadir. Ba’zan ikki pallali o’simliklarning asosiy tomirlarida floema bilan ksilema o’rtasida kambiy uchraydi, ammo u faollik ko’rsatmaydi. Ksilema boylamlari bargning ustki tomoniga, floema boylamlari esa ostki tomonga qaragan bo’ladi. Bargning asosiy boylamlari mexanik to’qima–skelerenxima tolalari bilan o’ralgandir, ba’zan u o’tkazuvchi elementlarning ustki va ostki qismida joylashadi. Yon tomirlardagi o’tkazuvchi boylamlarning gistologik tuzilishi asosiy tomirdan uzoqlashgan sari soddalashib boradi. Asosiy va yon tomirlar ham tashqi tomonidan maxsus hujayralar bilan o’ralgan bo’ladi. Ular boylamdagi floemaga fotosintez maxsulotlarini o’tkazib turadi.

    Download 426,29 Kb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simliklar va botanika

    Download 426,29 Kb.