|
-savol bo’yicha dars maqsadi
|
bet | 36/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)2-savol bo’yicha dars maqsadi: Poyaning anatomik tuzilishi haqida talabalarga ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. Poyaning ichki tuzilishi uning funksiyasi bilan bog’liq ekanligini biladi.
2.2. Poyaning anatomik tuzilishi haqida fikr yurita oladi.
2-savol bayoni:O’simlik poyasining ichki tuzilishi uning bajaradigan vazifalari bilan chambarchas bog’liqdir. Poyada ildiz kabi birlamchi va ikkilamchi tuzilishlar farq qilinadi.
Poyaning birlamchi ichki tuzilishida epiderma, birlamchi po’stloq va markaziy silindr (stel) lar ajratiladi.
Epiderma tunika qavatidan shakllanadi. Agarda tunika bir necha qavat hujayralardan iborat bo’lsa, undan birlamchi po’stloqning tashqi qavatlari ham hosil bo’lishi mumkin. Poya epidermasi tashqi qobig’i qalinlashgan, biroz cho’ziq hujayralardan tashkil topgan. U ustki tomondan ko’pincha kutikula bilan qoplanadi. Unda oz sondagi og’izcha (ustitsa)lar ham uchraydi.
Birlamchi po’stloqasosiy parenxima to’qimasidan tashkil topib, tashqi qavatidagi hujaylarida xloroplastlar kuzatiladi. Ko’pchilik o’simliklarda birlamchi po’stloq tarkibiga mexanik to’qima kollenxima ham kiradi. Skelerenxima kamdan –kam xollarda uchraydi. Birlamchi po’stloqning ichki hujayralari endoderma xalqasini hosil qiladi. Uning hujayralarida ko’p miqdorda kraxmal donachalar saqlanadi. Endoderma hujayralari qalinlashishi va yog’ochlashishi mumkin. Lekin o’tkazuvchi hujayralar saqlanib qoladi. Ko’pchilik o’simliklarda endoderma hujayralari yaxshi rivojlanmagan bo’ladi.
Markaziy tsilindrning o’tkazuvchi sistemaning tashqarisida joylashgan qismga peritsikldeb ataladi. Peritsikl bir yoki bir necha qavat hujayralardan tashkil topadi. Peritsikl kelib chiqishiga ko’ra yon meristema hisoblanadi.Undan prokambiy va kambiy shakllanadi. Prokambiydan esa birlamchi ksilema va floema hosil bo’ladi. Ba’zan peritsikl parenxima hujayralaridan o’zidan tuzilgan, ba’zan esa parenximadan tashqari skelerenxima (peritsiklik tolalar ko’rinishida) ham bo’ladi. Skelerenxima xalqa yoki o’tkazuvchi bog’lamlar qarshisida tortmalar shaklida joylashadi. Ba’zan peritsikllik tolalar o’tkazuvchi bog’lamlarga juda zich taqalib turadi, bunday hollarda ularning chegaralarini ajratish qiyin bo’ladi. Peritsiklik tolalar mutlaqo yoki aytarli darajada yog’ochlanmaydigan tolalar bo’lgani sababli ular juda uzun, ingichka, pishiq va elastik bo’ladi. Bunday tolalar zig’ir, kanop va boshqa tolali o’simliklarda yaxshi rivojlangan bo’ladi.
Peritsiklning orqa tomonida o’tkazuvchi sistema joylashgan bo’lib, u prokambiydan hosil bo’ladi va kambiyning faoliyati hisobiga ko’payadi. Poyadagi o’tkazuvchi sistema bog’lamlaridan keyin ichkari tomonda o’zak joylashadi. O’zak, odatda, yumshoq parenxima to’qimasidan iborat bo’ladi. O’zak hujayralari hajmi o’zak markazidan tashqi periferiya tomon kichrayib boradi. U birlamchi o’zak nurlari orqali birlamchi po’stloq bilan bog’lanadi. Poya bo’g’imlaridagi o’zak to’qimasi poya umrining oxirigacha saqlanadi, bo’g’im oraliqlarida esa ancha vaqtgacha turadi yoki tez orada yo’qolib ketadi.
Poyaning qalinlashishida birin-ketin paydo bo’ladigan ikki fazani - birlamchi va ikkilamchi qalinlashishni kuzatish mumkin. Bu qalinlashishlarning orasida chegara aniq ko’rinmaydi. Poyaning birlamchi qalinlashishi eniga o’sishi, o’sish konusi yaqinidagi apikal meristema hujayralarini va undan paydo bo’lgan to’qimalarning bo’linishi va cho’zilishi natijasida sodir bo’ladi. Keyinchalik kambiydan paydo bo’lgan to’qimalar hisobiga ikkilamchi qalinlashish vujudga keladi. Birlamchi qalinlashishda kambiy qatnashmasdan birlamchi po’stloq kuchli rivojlansa – bunday qalinlashishga kortikal (lot. Cortex–po’stloq) qalinlashish deyiladi (kaktuslarda). Agar birlamchi qalinlashishda o’zak kuchli rivojlansa medullyar(lot. Medulla–o’zak) qalinlashish deyiladi (kartoshkada). Ba’zi o’simliklarda po’stloq va o’zak bir xilda rivojlanadi.
Poyaning o’zinasiga o’sishi bilan birlamchi qalinlashishi o’zgarib boradi. Maysalarda apikal meristema poyani hosil qilgani uchun hajmi uncha katta bo’lmaydi. Keyinchalik bo’g’imdan bo’g’imga o’tgan sari apeksning hajmi kattalasha boradi, o’sish davom etadi, birlamchi qalinlashish kuchaya boradi, natijada poyaning uchki tomoni ingichkalashib, pastki tomonidan ikkilamchi to’qimalar paydo bo’ladi. Birlamchi to’qimalar sezilmay qoladi.
Poyaning qalinlashi va murakkabtuzilishini izoxlash uchun fransuz botanigi Van Tigem tomonidan stela nazariyasi ishlab chiqilgan. Van Tigemning ildizning markaziy silindirini peritsikl o’rab turadi degan tushunchani poyalarning tuzilishini o’rganishda foydalangan. Stel evolyutsiyasida qo’yidagi bosqichlarni ajratish mumkin:
1) Poyaning qadimgi sodda tipi–gaplostel (yunon. gaplos–sodda) yoki protostel–markazda ksilema joylashib, floema bilan o’ralgan (riniofitlar va boshqa sodda tuzilgan o’simliklar poyasida, hozirgi ba’zi sporali yuksak o’simliklarda ham uchraydi).
2) Aktinostel (yunon. aktinos–nur) , ya’ni ksilema poyaning ko’ndalang kesimda yulduzsimon ko’rinishda bo’ladi. Protoksilema nurlarning oxirida paydo bo’ladi (ekzarx), keyin markazga qarab intiladi (plaunlar poyasida uchraydi).
3) Sifonostel (yunon. sifon–nay) da poyada o’zak paydo bo’ladi. Poyada ksilema naylari o’zakdan uzoqlashib poyaning mustahkamligini ta’minlaydi. O’zakning parenximadan tashkil topganligi poyaning moddalar to’plash xususiyatini yengillashtiradi. Keyinchalik poyaning evolyutsiyasi natijasida murakkablasha borishi, yirik barg va yon novdalarning rivojlanishi hamda yirik parenximadan tashkil topgan lakunlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq, natijada o’zakdan po’stloqqa boruvchi birlamchi o’zak nurlari paydo bo’ladi.
4) Poya keyingi tararaqiyotida diktiostel (yunon. diction–to’r) va eustel (gr. Eu–haqiqiy)tuzilishlariga ega bo’lgan poyalar paydo bo’ladi. Diktiostela qirqquloqlarda uchrab, ularda kambiy bo’lmaydi. Eustela–urug’li o’simliklarga xos bo’lib–endarx rivojlanadigan ksilemaga ega bo’lgan ochiq kollateral boylamlarni hosil qiladi.
6) Poya evolyutsiyasining oxirida ataktostel (yunon. a–teskari, taktos–tartib bilan joylashish)tuzilishiga ega bo’lgan poyalar paydo bo’lib, u bir pallali o’simliklarda keng tarqalgan. Bu tip eusteldan kambiy to’qimasini yo’qligi va boylamlar murakkab joylashganligi kuzatiladi, Ya’ni poyaning barcha yuzasida boylamlar mavjud bo’ladi.
Kambiyning paydo bo’lishi va faoliyati natijasida poyaning ikkilamchi qalinlashishi ko’zatiladi. Kambiy hujayralari tangental bo’linadi (poyaning ustki qismiga parallel holatda). Yosh kambiy hujayralarning bittasi initsial hujayralar kabi qaytadan bo’linish xususiyatiga ega. Boshqa yosh hujayralar esa yana 2–3 martaba bo’linadi, hosil bo’lgan hujayralar initsial hujayradan ichkarida joylashgan bo’lsa, u ksilema elementiga aylanadi, agar initsial hujayralardan tashqarida joylashgan bo’lsa floema elementlari hosil bo’ladi. Kambiy ichki tomoniga, tashqi tomonga nisbatan 3–5 barobar ko’proq hujayralarni hosil qiladi, ya’ni ksilema floemaga nisbatdan ko’proq va tezroq rivojlanadi, natijada kambiy halqasi borgan sari poya markazidan o’zoqlashadi va massasi ortib boradi.
Kambiydan hosil bo’lgan ikkilamchi ksilemani–yog’ochlik deb, ikkilamchi floemani–lub deb ataladi. Uzunasiga cho’zilgan hujayralardan tashqari kalta initsial hujayralar ham bo’ladi va ularga ikkilamchi o’zak nurlari deb ataladi.
Moddalarning harakati yosh floema va ksilema qavatlari orqali bajariladi. Lub bir yildan so’ng o’ladi, yog’ochlik esa ko’p yillar o’zining o’tkazuvchilik vazifasini davom ettiradi. Kambiyning qari hujayralarini o’rniga yosh hujayralarni hosil qiladi. Poyaning markaziy silindrining asosiy qismini o’lik hujayralar tashkil etadi va moddalar almashinuvda qatnashmaydi.
Poyada to’qimalar markaziy silindrda meristemali halqa paydo bo’lgandan so’ng takomillasha boshlaydi. Ular hujayralarining kichik bo’lishi bilan peritsikl parenximasi va o’zakdan farqlanadi. Mana shu halqada ba’zi bir guruh hujayralarining birmuncha kuchli o’sishdan prokambial tortmalar hosil bo’ladi va kollateral o’tkazuvchi bog’lamlarga–barg izlariga aylanadi.
Poyaning o’tkazuvchi bog’lamlari, odatda, barglarning o’tkazuvchi bog’lamlari bilan birga shakllanadi va takomillashadi. Poyaning o’tkazuvchi sistemasi odatda barg o’tkazuvchi sistemasining davomi bo’ladi. Bu bog’lamlar barg izlari yoki umumiy bog’lamlar nomi bilan yuritiladi. Barg izlari poya bo’ylab o’tar ekan, pastroqdagi barglardan poyaga kirgan barg izilariga qo’shiladi.
Bog’lamlar bo’g’im oralig’ining ko’p qismida uning bo’ylama o’qiga parallel aylana shaklida joylashadi.
|
| |