|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 32/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3) Dixotomik shoxlanishda novda uchida joylashgan juft intsial kurtaklar rivojlanishi hisobiga amalga oshadi.Ular ma’lum bir miqdorda o’sgach, har birining uchi yana ikkiga bo’linib ketadi va h.k. Bunday shoxlanish suv o’tlari, lishayniklar, plaunlar hamda paporotniklarda uchraydi. Dixotomik shoxlanish gulli o’simliklarda uchramaydi.
Monopodial shoxlanishda poyaning uchki kurtagi o’simlik nobud bo’lguncha o’sishni davom ettiraveradi. Uning yon kurtaklardan yon novdalar ham hosil bo’lib turadi. Shuning uchun ham daraxtlarning asosiy poyasi o’sib yo’g’onlashadi va yiriklashib ketadi. Qarag’ay, tilog’och, terak kabi daraxtlarining shoxlanishi shu tipga misol bo’ladi.
Simpodial shoxlanishda asosiy poyadagi uchki kurtak ma’lum vaqtdan so’ng o’sishdan to’xtaydi. Kurtak gulga, ayrim o’simliklarda esa tikanga yoki jingalakka aylanadi. Uning ostidagi yon kurtak esa o’sishni davom ettiradi. Bunday o’sish bir necha bor qaytariladi. Ana shunday tipdagi shoxlanishda novdalar qisqa va serbo’g’im bo’ladi. Masalan olma, o’rik, uzum, g’o’za, pomidor va bodring o’simliklar simpodial shoxlanishga ega. Bunday shoxlarda gul va meva hosil bo’ladi. Shuning uchun ham mevali daraxtlarda ko’pincha monopodial shoxlar kesib tashlanib, simpodial shoxlar qoldiriladi. Bu esa mevali daraxtlardan yuqori hosil olishda muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. Simpodial shoxlarni ko’paytirish uchun ayrim o’simliklarning uchki qismi olib (chilpish) tashlanadi.
Gulli o’simliklarda simpodial shoxlanish ustun turadi. Simpodial shoxlanishga ega bo’lgan o’simliklarning bo’yi pastroq bo’ladi, chunki tepa kurtak o’z funktsiyasini to’liq bajarmaydi. Natijada yon novdalar tez rivojlanadi. Bu novdalar esa ko’proq meva hosil beradi. Nok, g’o’za, olma, chinor kabi qator o’simliklarda ham simpodial, ham monopodial shoxlanish uchraydi.
Soxta dixotomik shoxlanishdanovdaning uchki kurtagi o’sishdan to’xtab, gulga aylanadi, uning ostida qarama qarshi joylashgan kurtaklar rivojlanib, ikkita novda hosil qiladi. Bu novdalar ham ma’lum vaqtdan so’ng o’sishdan to’xtaydi, ularning uchki kurtaklari gulga aylanadi, yon kurtaklar o’sa boshlaydi, ya’ni yuqoridagi jarayon takrorlanadi. Bunday shoxlanishni guli o’simliklardan siren, kashtan, bangidevonalarda kuzatish mumkin.
|
| |