|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 28/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)3- savolning dars maqsadi:O’simliklar ildizining bajaradigan funktsiyalariga bog’liq holda shaklini o’zgarishi xaqida talabalarda tushuncha hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
3.1. Shakli o’zgargan yoki metamorfozga uchragan ildizlarni biladi.
3.2. Havoyi, nafas oluvchi,tayanch, hodul va ustunsimon ildizlarni ajrata oladi.
3.3. Mikoriza va simbioz to’g’risida fikr yurita oladi.
3-savolning bayoni:Ildizlar ko’p xollarda o’zlarining asosiy vazifalaridan tashqari maxsus vazifalarni ham bajarishi mumkin. Qo’shimcha vazifalarni bajarish tufayli ildizning tashqi ko’rinishi va ichki tuzilishi keskin o’zgarsa, bunday ildizlar shakli o’zgargan yoki metamorfozga uchragan ildizlar deb ataladi. Bunday shakl o’zgarishlar irsiy jihatdan mustahkamlashgan bo’lib, nasldan- naslga beriladi.
Quyidagi ildiz shakl o’zgarishlarining asosiy xillarini ko’rib chiqamiz.
G’amlovchi ildizlar odatda qalinlashgan va kuchli parenximalashgan bo’ladi. Ular o’ziga oziq moddalarning joylashishiga qarab ildizmevalar va ildiz g’uddalariga (ildiz tuganaklari) bo’linadi.
Ildizmevalarda qalinlashish asosiy ildizlardaa sodir bo’lib, u etdor va suvli bo’ladi. Ildizmevalarda parenxima kuchli rivojlanib, sklerenxima to’qimalari yo’qolib ketadi. Ildizmevani asosan ikki yillik (lavlagi, sabzi, petrushka, turp, sholg’om va boshqa) o’simliklarda ko’rish mumkin.
Ildizmeva uch bo’lakdan iborat bo’lib, barglari joylashgan qismi bosh qism deyiladi. Bosh qismining bo’g’im oralig’idagi juda qisqargan, shakli o’zgargan novdada barglar, kurtaklar bo’ladi. Boshchaning ostida bo’yin qismi joylashadi va u yo’g’onlashgan gipokotil xisoblanadi. Oziq moddalarning to’planishi ba’zi o’simliklar (turp, rediska, sholg’omda) ikkilamchi ksilemasida, ayrim o’simliklarda (sabzi, petrushka, seldereyda) esa ikkilamchi floemada sodir bo’ladi. Bunday o’simliklar ildizmevadagi g’amlangan moddalar hisobiga hayotning ikkinchi yil generativ novda hosil qiladi.
Ildiz g’uddalari yon ildizlardan yoki qo’shimcha ildizlarda hosil bo’ladi. Bunda ildiz yo’g’onlashadi va shakli o’zgarib ketadi. Ildiz tugunaklarda kurtaklar bo’lmaydi. Ildiztuganakli o’simliklarga georgina, kartoshka, shirach va boshqalar kiradi.
Havoyi ildizlarko’proq epifit (yunon. Epi–ustidan, yuqoridan, fiton– o’simlik ) larda uchraydi. Ularda ildizlar poyadan hosil bo’ladi va qo’shimcha ildizlar hisoblanadi. Soyabondoshlar, kuchalaguldoshlar, ananasguldoshlar oilalariga mansub o’simliklar daraxtlarga chirmashib o’sadi, ammo parazitlik qilib yashamaydi, balki ulardan suyanchiq sifatida foydalanadi. Ularning havoyi ildizlari havoda muallaq osilib turadi va yomg’ir yoki shudring namidan foydalanishga imkon beradi.
Xonalarda o’stiriladigan manzarali monstera o’simligining havoyi ildizlari pastga osilib o’sadi va yerga tegib, so’ngra unga kirib, o’simlikka tayanch bo’ladi. Bu ildizlar hisobiga o’simlikning pastki qismida yuzaga keluvchi qo’shimcha ildizlari ham havoyi ildizlarga misol bo’la oladi.
Nafas oluvchi ildizlartropik sharoitda, dengiz va okeanlarning botqoqli qirg’oqlarida o’sadigan daraxtlarda uchraydi. Masalan: avitsenniya o’simligida juda murakkab ildiz sistemasi shakllanadi, uning tarkibida yuqoriga vertikal o’sib chiqadigan nafas oluvchi ildizlari bo’ladi. Bu ildizlarning ichidagi tirqishlar orqali havo yetib boradi. Nafas oluvchi ildizlarga botqoq kiparisining ildizi misol bo’ladi.
|
| |