|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 26/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Yon ildizlar asosiy ildizdan hosil bo’ladi. Ko’pchilik o’simliklarda asosiy ildizlardan tashqari qo’shimcha ildizlar ham bo’ladi. Qo’shimcha ildizlar asosiy, yon ildizlardan emas, balki poyadan, xattoki bargdan hosil bo’ladi. Ma’lumki nam tuproqqa tegib turgan tok novdasi yoki poyasi darxol qo’shimcha ildiz chiqaradi.
Ildizlarning tashqi ko’rinishdan ham bir–biridan farq qiladi kuzatiladi. Shunga ko’ra o’q va popuk ildizlir tizimi (sistemasi) ajratiladi. O’q ildiz sistemasi deganda asosiy ildiz kuchli rivojlangan va ildizning boshqa qismlaridan yaxshi ajralib turadigan tizim tushuniladi. Popuk ildizsistemasida asosiy ildiz bo’lmaydi yoki bo’lsa ham u ko’p ildizlar ichida yaqqol ajralib turmaydi. Ildizning o’sishi va tarqalishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar namlik va oziqa moddalardir. O’simlik ildizi hayoti davomida bo’yiga va eniga o’sishi mumkin. Ildizlar tuproq qatlamida qanday chuqurlikda joylashishiga ko’ra ikki xilga ajratiladi. Ayrim o’simliklarda asosiy o’q ildizi bo’yiga ma’lum vaqtgacha o’sib, keyin yon va qo’shimcha ildizlar kuchli rivojlanadi. Boshqalarida esa ham chuqurlikka, ham eniga yaxshi o’sadigan ildizlar bo’ladi. Bu xildagi ildizlar universal ildiz sistemasi deyiladi. Cho’lda tarqalgan ko’p o’simliklar (shuvoq, saksovul, astragal, yantoq) shunday ildizlarga egadir.
Muhokama uchun savollar:
1. Ildiz deb qanday organga aytiladi?
2. Ildiz o’simlikda qanday vazifalarni bajarishini aytib bering.
3. O’simliklarda qanday ildiz tizimlari uchraydi?
2-savol bo’yicha dars maqsadi: Ildizning ichki tuzilishi hamda vazifalari to’g’risida talabalarda tushuncha hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. Ildizning ichki tuzilishida ildiz zonalari borligini biladi.
2.2.Epiblema tuzilishi va uning ildizdagi roli haqida fikr yurita oladi
2.3. Ildizning birlamchi va ikkilamchi tuzilishida bir–biridan farqini ajrata biladi.
2-savol bayoni:Ildiz morfologik–anatomik jihatdan qo’yidagi belgilari bilan tavsiflanadi: 1) Ildiz radial (nursimon) simmetriyali tuzilgan, bu ildizning birlamchi tuzilishida murakkab radial o’tkazuvchi bog’lamlar borligi tufayli yaqqol ko’rinadi; 2) ildiz ham xuddi poya singari uchiki qismidagi o’sish nuqtasi hujayralarining yangi tuzilmalar hosil qiladi natijasida ma’lum davr oralig’ida bo’yiga o’sadi; 3) o’sish nuqtasi ildiz qini tagida joylashgandir; 4) ildiz shoxlana oladi; 5) yon ildizlar endogen yo’l bilan ildiz tanasining ichkarisida hosil bo’ladi; 6) ildiz tuklarni hosil qiladi mumkin (ildiz tuklari tashqi qavat hujayralarining o’simtasi bo’lib, suv va suvda erigan mineral moddalarni so’rish vazifasini bajaradi); 7) ildizda barg bo’lmaydi.
Yuqorida ko’rsatilgan belgilardan eng asosiylari ildizning radial tuzilishi va bargsizligidir. Fiziologik jihatdan ildiz o’simlikni tuproqda maxkam tutib turishi, suv va unda erigan mineral moddalarni tuproqdan so’rib olib, poyaga o’tkazish bilan tavsiflanadi. Ba’zi hollarda ildiz qo’shimcha vazifalarni ham bajaradi, masalan, qisqa va uzoq muddatli zaxiralarni saqlaydi, shunga ko’ra ildizning tashqi va ichki tuzilishi chuqur o’zgarishlarga uchrashi mumkin.
Ildiz qini. Ildizning uchki qismi, odatda, ko’p hujayrali parenximatik to’zilma–ildiz qini bilan qoplangan bo’ladi. Ildiz qini tashqi hujayralarining po’stlari shilimshiqli bo’lgani uchun o’sayotgan ildiz uchining tuproqda harakatlanishini osonlashtiradi va o’sish konusini hamda o’sish zonasini qattiq tuproq zarralarining shikastlovchi ta’siridan saqlaydi. Ko’p xollarda ildiz qini shu qadar yupqa va kichkina bo’ladiki, oddiy ko’z bilan qaraganda zo’rg’a ko’rinadi. Uni lupa yordami bilan ko’rish mumkin.
Ildiz qinining tashqi yuza hujayralari nobud bo’lib, emirilgan sayin o’rniga ichkaridan qin bilan koplangan o’sish nuqtasining hujayralaridan yangilari paydo bo’lib turadi.
Ildiz o’sish nuqtasi va o’sish konusi. Ildizning meristematik o’sish nuqtasi faoliyati xisobiga qin hujayralarining yangi qavatlari vujudga keladi va yemirilib ketgan tashqi hujayralarning o’rnini to’ldiradi, natijada ildiz bo’yiga qarab o’sadi. Initsial hujayralarning segmentlari bo’linish yo’li bilan dermatogen, periblema va pleroma hujayralarini vujudga keltiradi. Shu hujayralarning bo’linishi, o’sishi va differentsiyalanishi natijasida epiblema, birlamchi po’stloq va o’q silindr yuzaga keladi. Ulardan birlamchi doimiy to’qimalar tashkil topadi.
Epiblema barvaqt differentsiyalanadi va ildiz uchiga yaqin joyda tukli qavatga aylanadi. Ildizning chetki nuqtasidan 0,1-10 mm narida epiblema hujayralari ildiz tuklarini hosil qila boshlaydi. Avval hujayra bo’rtma hosil qiladi,keyin bo’rtma cho’zilib, ildiz tukiga aylanadi. O’sayotgan tukda hujayra yadrosini, uzun vakuolani o’rab oladigan sitoplazma hujayra po’sti atrofida yupqa qavat xolida joylashganligi ko’rinadi. Taraqqiy etgan ildiz tuklarining uzunligi ko’pincha 0,15–8 mm atrofida bo’ladi.
Ildiz tukining po’sti odatda juda yupqa bo’ladi, uning substratdan suvni so’rib olishi osonlashadi. 1 kv.mm ildiz yuzasida makkajuxorida 425 ta, olmada 300 ga yaqin, no’xatda 230 ta tuk to’g’ri kelishi aniqlangan.
Ildiz erkin o’sganida tuklar silindr yoki uchi yumaloq konus shaklida bo’ladi. Tuproqning qattiq zarralari orasida tuk qiyshayib, ba’zi joylari bujmayib yoki shishib chiqadi, ildiz tuki ko’pincha tuproq zarralarini o’rab oladi, bu esa tuproqdan suv va mineral moddalarni ajratib olishni osonlashtiradi. Ildiz tuklarining tuproqdagi mineral zarralarni eritadigan kislotalar ishlab chiqarishi moddalarni ajratib olishga qulaylik tug’diradi.
Ildiz tuklari mexanik vazifani ham bajaradi va ildizni tuproqqa maxkam yopishib turishiga yordam beradi. Ildizlari suvda yoki balchiqda turadigan ba’zi suv o’simliklari (nilufar, suvpiyozi) tabiiy sharoitda ildiz tuklari hosil qilmaydi. Ayrim o’simliklarning (sariq kubishka, igir) suvdagi ildizlarida tuklar hosil bo’lmaydi, ularning tuproqqa o’tadigan ildizlarida esa tuklar yuzaga keladi.
Ildizning tuklar joylashgan qismi epiblema deyiladi. Ildiz uchining o’sishi bilan epiblema qismi tezda nobud bo’lib, u doimiy qoplovchi to’qima bilan almashadi. Ildizning shu zonadan yuqori qismi o’tkazish zonasi deyilib, undan yon ildizlar chiqadi. O’tkazish zonasida ikkilamchi tuzilgan ildizning gistologik elementlari paydo bo’ladi va o’tkazish vazifasini bajaradi.
Ildizning birlamchi anatomik tuzilishi. Ildiz o’sish konusida joylashgan hosil qiluvchi to’qima–meristema hujayralarning bo’linishi xisobiga o’sadi. Ikki pallali o’simliklar ildizning o’sishi konusini tashqi tomonidan o’rab turgan meristema hujayralari dermotogen deb ataladi. Dermotogen hujayralaridan birlamchi qoplovchi to’qima–epidermis va ildiz qini hosil bo’ladi.
Dermotogen hujayralari ostida o’rtancha qavat meristema hujayralari joylashgan va ular periblema deyiladi. Periblemadan birlamchi po’stloq rivojlanadi. Periblemaning ichki tomonida joylashgan meristema hujayralari pleroma deb ataladi. Pleromadan ildizning markaziy tsilindri hosil bo’ladi.
Ildizning o’rab turuvchi birlamchi qoplovchi to’qima–epidermisdan so’ng birlamchi po’stloq joylashgan bo’lib, u o’z navbatida uch qismdan iborat:
|
| |