|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 23/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Muxokama uchun savollar:
Epiderma o’simlikning qaysi organida saqlanib qoladi?
4.2. Ustitsa o’simlikning ildizlarida uchraydimi?
4.3. Po’stloqni ahamiyati nimadan iborat?
5-savol bo’yicha dars maqsadi: Mexanik (kollenxima, sklerenxima va sklereid) va o’tkazuvchi to’qimalar vazifalari bilan talabalarni tanishtirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
5.1. Mexanik to’qimaning vazifasi va xillarini tushintira oladi.
5.2.O’tkazuvchi to’qima o’simlikda qanday ahamiyatga ega ekanligini biladi.
5.3. Tushuvchi va ko’tariluvchi oqimlarni ajrata oladi.
5–savol bayoni: Barcha tirik va o’lik holdagi hujayralar o’simlikning mustaxkamligini ta’minlaydi. Jonli hujayralarning mexanik roli turgor bosim bilan bog’liqdir. Suv bilan yaxshi to’yingan hujayralar tarang bo’lib, shakl va xajmini bir butun holda saqlab turadi. Ortiqcha namlik sharoitida o’suvchi o’simliklar odatda maxsus mexanik to’qimaga ega bo’lmaydi yoki kuchsiz rivojlangan bo’ladi.
Mexanik to’qimalarning vazifasi o’simlikka mustaxkamlik berishidan iborat bo’lib, uni har xil mexanik shikastlanishlardan saqlaydi. Mexanik to’qimalar tufayli o’simlik poyasi tik holatni saqlaydi. Daraxtlar og’ir shox–shabbalarini ushlab turadi hamda tashqi muxitning kuchli ta’siriga (bo’ron va shamollariga, yomg’ir va qorlarga) bardosh beradi.
Mexanik to’qima hujayralarining harakterli xususiyati qobig’ining ko’pincha ligin moddasi singishi natijasida yog’ochlanishidir. U esa o’z navbatida mustaxkamlikni oshiradi.
Mexanik to’qima o’z vazifasini o’simlikdagi boshqa to’qimalar bilan birgalikda amalga oshiradi va o’simlikning armaturasini hosil qiladi. Shuning uchun mexanik to’qimalar armatura to’qimasi deb ham yuritiladi. Mexanik to’qimalar kelib chiqishi, o’simlik organlarida joylashishi va umumiy anatomik belgilariga qarab 3 turga bo’linadi: 1) kollenxima, 2) sklerenxima, 3) sklereidlar.
Kollenxima. Hujayralarining ko’ndalang kesimi har xil shaklda bo’lib, asosan 4–5 kirrali tuzilishga yaqin. Bo’yiga kesimi cho’zilgan, hujayra uchlari tumtoq, burchaklari notekis qalinlashgan tirik hujayralardan iborat bo’ladi. Hujayra qobig’i sellyuloza hisobiga qisman qalinlashadi, Shuning uchun ular tiriklik xususiyatini saqlab qoladi. Kollenximaning harakterli xususiyati hujayralarida xloroplastning uchrashidadir.
Hujayra qobig’ining qalinlashishi harakteriga ko’ra burchakli, plastinkali va g’ovak kollenxima ajratiladi. Burchakli kollenxima poyalarida, barg bandlari va barg yaproqlarida kuzatiladi. U qovoq poyasining birlamchi po’stlog’ida, kartoshka gulida, kartoshkada va marmarakda ham yaxshi taraqqiy etgan bo’ladi. Plastinkali kollenximada hujayra devorlarining ichki va tashqi tomonlari qalinlashadi. Plastinkali kollenxima poyalarda, olma, yertut va qoraqatning barg bandlarida uchraydi. G’ovak kollenximada hujayra oraliqlari yaxshi rivojlangan. Bunday hujayralarda faqat hujayra oraliqlari bilan chegaralangan qismlari qalinlashadi. G’ovak kollenxima oqsho’ra, ravoch, va boshqa o’simliklarning poya va barg bandlarida uchraydi.
Kollenxima hujayralari faqat mexanik vazifani bajarib qolmay, balki assimilyatsion vazifani ham bajaradi. Barg plastinkasida kollenxima o’tkazuvchi boylamlarini ostki va ustki tomonlaridan o’rab turadi. Shunday qilib, kollenxima birlamchi kelib chiqishga ega va yosh o’suvchi organlar uchun harakterli mexanik to’qima hisoblanadi.
Sklerenxima muxim mexanik to’qima xisoblanib, o’simlikning ildiz, poya kabi o’q organlari va o’tkazuvchi nay tolali boylamlar tarkibiga kiradi. Ko’pchilik o’simliklarda uni birlamchi po’stloqda va peretsiklda mexanik halqa sifatida yoki mexanik to’qima boylamlari sifatida uchratish mumkin. Sklerenxima hujayralari uzun prozenxima hujayralari bo’lib, ular bir–birlari bilan juda zich joylashib, uchi o’tkirlashgan tolalar shaklini oladi. Hujayra qobig’i bir tekis qalinlashadi va unda qavat–qavat tuzilish ifodalanadi. Qavat–qavatlikning yaxshi rivojlanishi natijasida, hatto hujayra qobig’i yog’ochlanishida ham nihoyatda mustahkamlik va elastiklikni vujudga keltiradi.
Sklerenxima hujayralarida qalinlashish bilan birgalikda yaxshi ifodalangan teshik kanallari ham hosil bo’ladi. Sklerenxima hujayralari qobig’i shakllanib bo’lgandan so’ng, hujayralarning tiriklik qismi nobud bo’ladi. Shuning uchun o’lik mexanik to’qima hisoblanadi. U kelib chiqishiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi bo’ladi. O’simlik organlarida joylashishiga qarab lub tolalari va yog’ochlik tolalariga bo’linadi.
O’tkazuvchi to’qimalar o’simliklarning quruqlikka chiqishi bilan yuksak o’simliklarning tuproq va atmosfera muxitlariga moslanish natijasida kelib chiqqan. Ma’lumki, yuksak o’simliklarda vegetativ va generativ organlarmavjud bo’lib, ularda moddalar harakatini amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Shunga ko’ra o’simliklarda moddalar harakatini amalga oshiruvchi, bir–biriga qarama–qarshi yo’nalishdagi o’tkazuvchi to’qima hosil bo’lgan. Ularni shartli ravishda pastdan yuqoriga ko’tariluvchi oqim va yuqoridan pastga tushuvchi oqim deb qabul qilingan.
Pastdan yuqoriga harakatlanuvchi oqim ildizdan suv va unda erigan mineral moddalarni barglarga tomon harakatini ta’minlasa, barglarda hosil bo’lgan organik moddalarning novda va ildizning o’sish konuslariga, gullar, urug’ va mevalarga tomon harakatiyuqoridan pastga tushuvchi oqim tomonidan bajariladi. Pastdan yuqoriga harakatlanuvchi oqim ksilema yoki yog’ochlik deb atalgan umumiy to’qima orqali, pastga tushuvchi deb atalgan oqim esa floemayoki lub orqali amalga oshiriladi. Ksilema (yog’ochlik) tarkibiga o’tkazuvchi, mexanik va asosiy parenxima to’qimalari kirib, uning ixtisoslashgan o’tkazuvchi elementlari traxeid va naylar hisoblanadi.
Traxeidlar bir necha millimetr uzunlikdagi prozenxima hujayralardan iborat. Shakllangan traxeidlar qalin hujayra devoriga ega o’lik hujayralar hisoblanadi. Traxeidlarning hujayra qobig’i qalinlashish xususiyatiga ega. Ular xalqasimon, spiralsimon, narvonsimon yoki to’rsimon shakllarda qalinlashadi. Traxeidlar tuzilishi jihatidan naylarga o’xshash, ammo ularga nisbatan oldin kelib chiqqan suv o’tkazuvchi element hisoblanadi. Eritmalarning traxeidlardagi harakati hujayra devorlaridagi teshiklar orqali sizib o’tish yo’li bilan amalga oshadi. Ularda ko’pincha xoshiyali teshiklar uchraydi.
Naylar uzun (bir necha santimetr), ichi bo’sh hujayralarning tik qatoridan hosil bo’lib, ko’ndalang devorlari erib ketadi. Bir–birlari bilan yonma–yon joylashgan hujayralar nayga aylanadi. Har bir hujayra nayning ayrim a’zosi bo’lib qoladi. Hujayralarning ko’ndalang devorlarini erib ketishidan qolgan qismi perforatsion plastinka deb ataladi. Perforatsion plastinkada bir necha teshikchalar bo’lsa, narvonsimon perforatsiyalar hosil bo’ladi. Agarda unda bitta yirik teshik bo’lsa, oddiy perforatsiya deb ataladi. Hujayra devorlarining qalinlashishi harakteriga ko’ra halqasimon, spiralsimon, narvonsimon, to’rsimon va nuqtasimon naylar farq qilinadi. Xalqali va spiralsimon qalinlashish o’simlikning yosh organlari uchun xosdir va u o’sish uchun to’sqinlik qilmaydi. Keyinchalik to’rsimon, narvonsimon va nuqtasimon naylar kelib chiqadi. Naylarning devorlari ko’p sonli teshiklarga ega. Naylar qarishi bilan, ularning ichki bo’shlig’i qo’shni parenxima hujayralarning bo’rtib kirishi natijasida bekilib qoladi.
|
| |