• Uchki (apikal
  • Yon meristemalar
  • Jarohat (travmatik) to’qimasi
  • -savol bo’yicha dars maqsadi




    Download 426,29 Kb.
    bet20/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    2-savol bo’yicha dars maqsadi: Hosil qiluvchi to’qima–meristema haqida umumiy tushuncha berish
    Identiv o’quv maqsadlari:
    2.1. Hosil qiluvchi to’qimaning o’simlikdagi ahamiyati va vazifalarini biladi.
    2.2. Apikal, laterial va interkolyar meristemalarni bir–biridan farqlay oladi.
    2.3. Jaroxat (travmatik) meristemaning o’simlikdagi rolini biladi.
    2-savolning bayoni: O’simlik doimo o’sishda bo’ladi, ammo fasllarning keskin o’zgarishi bilan rivojlanishdan to’xtaydi. O’simliklarning bo’yiga o’sishi, yoniga kengayishi yoki yangi organlarning paydo bo’lishi negizida meristema– hosil qiluvchi to’qima yotadi. Kelib chiqishiga ko’ra hosil qiluvchi to’qimalar birlamchi yoki ikkilamchi bo’ladi. Birlamchi meristemalar urug’lanish jarayonidan so’ng zigotadan bo’linish yo’li bilan kelib chiqadi. Rivojlanayotgan murtak dastlab birlamchi meristemadan iborat bo’lib, voyaga yetgan o’simliklarda u o’simlikning ba’zi joylarida saqlanib qoladi. Birlamchi meristemadan birlamchi doimiy to’qimalar rivojlanadi.
    Ikkilamchi meristemalar o’simliklarning individual rivojlanishining ancha keyingi bosqichlarida hosil bo’ladi. Undan ikkilamchi doimiy to’qimalar rivojlanadi.
    Meristemalar o’simlikda joylanishiga ko’ra esa uchki (apikal), yon (laterial), oraliq (interkolyar) meristemalarga bo’linadi.
    Uchki (apikal) meristemakelib chiqishiga ko’ra doimiy birlamchi to’qima bo’lib, poya va ildizlarning uchki qismlarida joylashadi va ularning bo’yiga o’sishini ta’minlaydi. Uchki meristema o’sish konusi deb ham ataladi, sababi konussimon shaklda bo’ladi. O’sish konusining ichki qismi promeristemalardan tashkil topadi va odatda uni o’sish nuqtasideyiladi. O’sish nuqtasi ko’pchilik o’simliklarda doimiy bo’linish xususiyatiga ega bo’lgan initsial (boshlang’ich) hujayralardan iborat bo’lib, mox va ba’zi paporotniklarni faqat bitta initsial hujayradan tashkil topgan bo’ladi.
    Yopiq urug’li o’simliklarning poya va ildiz uchlarida esa bir qancha initsial hujayralar uchraydi.
    Poya va ildizning o’sish konuslari tuzilishi bir–biridan farqlanadi. Ildizning uchki meristemasi ildiz qini bilan o’ralgan. Uning o’sish konusida 3 turdagiintsial hujayralar guruxini ajratish mumkin: tashqi (dermatogen), o’rta (periblema) va ichki (pleroma).
    Dermatogen qatlami hujayralariantiklinal, ya’ni o’sish konusi yuzasiga nisbatan perpendikulyar bo’linishinatijasida keyinchalik ildizning birlamchi qoplovchi to’qimasi (rizoderma va ildiz g’ilofi) kelib chiqadi.
    Periblema qavati bir necha qator hujayralardan iborat bo’lib, uning hujayralari periklinal, ya’ni o’sish konusi yuzasiga nisbatan parallel bo’linadi va ulardan asosiy to’qima(birlamchi po’stloq) hosil bo’ladi.
    Pleroma hujayralari turli yo’nalishda bo’linish xususiyatiga ega bo’lib, ulardan markaziy silindr (ildizning mexanik va o’tkazuvchi to’qimalari) hosil bo’ladi.
    Poyaning o’sish konusi biri ikkinchisini yopib turuvchi mayda barglar bilan o’ralgan. Ular poyaning uchki qismi bilan birgalikda kurtakni hosil qiladi. Poyaning o’sish konusi (apeks) da odatda 2 turdagi hujayralar guruxi ajratiladi: tashqi qavat (tunika) va ichki (korpus) qavat. Tunika hujayralari dermatogen hujayralariga o’xshash xususiyatiga ega va ulardan poyaning epidermasi yoki birlamchi po’siloq hosil bo’ladi. Korpus qavati hujayralari turli yo’nalishda bo’linishi sababli ulardan poyaning birlamchi tuzilishiga xos bo’lgan o’tkazuvchi to’qimalar kelib chiqadi.
    Yon meristemalar o’simlik organlarining yon tomonida joylashadi. Ularni yoniga o’sishini ta’minlaydi. Kelib chiqishiga ko’ra yon meristemalar birlamchi va ikkilamchi bo’lishi mumkin.
    Interkolyar meristema. Bu meristema poya bo’g’im oralig’ining ba’zi qismida hamda bargda hosil bo’ladi. Interkolyar o’sish keng tarqalgan, u qirqbo’g’im, boshoqli o’simliklarning boshoq tortishi, ya’ni poyaning tez o’sib chiqishi oraliq meristema bilan bog’liqdir.
    Jarohat (travmatik) to’qimasi o’simlikni zararlangan har qanday qismida hosil bo’lishi mumkin. Zararlangan joyda ikkilamchi o’sish natijasida hosil bo’lgan peridermada maxsus travmatik to’qima–kallyus vujudga keladi. Uning hujayralari embrional faollik xususiyatiga ega va jaroxatlangan joyni bitib ketishiga yoki qayta tiklanishiga sababchi bo’ladi.

    Download 426,29 Kb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91




    Download 426,29 Kb.