• 1– savolningbayoni
  • -savol bo’yicha dars maqsadi




    Download 426,29 Kb.
    bet19/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    1-savol bo’yicha dars maqsadi: To’qimalar haqida umumiy tushuncha berish, to’qimalarning ta’rifi va o’simlikdagi ahamiyati bilan talabalarni tanishtirish
    Identiv o’quv maqsadlari:

      1. To’qimalar ta’rifini biladi.

      2. To’qimalarning o’simlik tanasida joylanishi va ahamiyatini tushintira oladi.

      3. To’qima xillarini sanab beradi.

    1–savolningbayoni:O’simliklardunyosibirhujayralioddiytuzilishdananchamurakkabko’phujayralihamdamaxsusvegetativvagenerativorganlargaegabo’lgungaqadarkattaevolyutsionyo’lnibosibo’tganlar. Quruqlikda hamda suvda yashovchi o’simliklar organizmining tuzilishida keskin farq bor. Quruqlikda yashovchi o’simliklarda ildiz, poya, barg va boshqa xil organlarni shakllanishi bilan ularning vazifalari ham, ichki tuzilishlari ham o’zgargan. Masalan, suvda yashovchi suv o’tlarining tallomi (tanasi) asosan bir xil tuzilishga ega bo’lgan hujayralardan tashkil topgan bo’lsa, tanasi ildiz, poya va bargga differentsiallangan yuqori o’simliklarda esa har xil vazifani bajaruvchi va turli xil tuzilishga ega bo’lgan hujayralar kuzatiladi. Masalan, bakteriyalar va ba’zi bir suvo’tlar bitta hujayradan iborat, ammo takomillashgan qo’ng’ir suvo’tlarda hujayralar turi 10 ta xilga boradi. Moxlarda ularning xillari–20ta, paporotniklarda–40ta, gulli o’simliklarda esa 80ga yaqin bo’ladi.
    O’simlik barglarida fotosintez jarayonini amalga oshiruvchi hujayralar bo’lsa, ildiz uchida suv va unda erigan mineral moddalarni shimib olib, o’simlikning boshqa organlariga yetkazib beradigan maxsus so’rish vazifasini bajaruvchi hujayralar mavjud. O’simlikda bir xil vazifani bajaruvchi, bir–biriga o’xshash, kelib chiqishi umumiy bo’lgan hujayralar yig’indisiga to’qima deyiladi. Masalan, bug’doy, arpa va shu kabi o’simliklar urug’idagi murtakning tuzilishini ko’rganimizda, murtak organlarini tashkil etuvchi hujayralar bir xil tuzilishga ega, ya’ni ular izodiametrik shaklda, katta yadroli, hujayra po’sti yupqa sellyulozali, vakuolasiz tuzilgan va ular bir xil vazifani bajaradi, ya’ni doimiy bo’linib, o’sib turadi. Bu hujayralarning kelib chiqishi ham umumiy, ular zigotadan hosil bo’ladi. Biroq murtak hujayralarining bir qismi asosiy ildizni, ikkinchisi poyani, uchinchisi esa boshlang’ich barglarni hosil qiladi.
    To’qimalar haqidagi ta’limotni asoschisi ingliz olimi N. Gryu hisoblanadi. U o’simlik organlaridagi hujayralar yig’indisini kiyim–kechakdagi to’qimalar bilan taqqoslaydi va botanika faniga birinchi bo’lib "to’qimalar" tushunchasini kiritadi, o’simlikning barcha organlaridagi to’qimalarni hujayrasining shakliga ko’raparenxima va prozenxima guruxlarga ajratadi. Keyinchalik o’simlik to’qimalarini tasniflashda olimlar turlicha yo’l tutadilar. 1868–yil Yu.Saks o’simlik to’qimalarining bajaradigan vazifalariga qarab ularning fiziologik tasnifniberadi. U qoplovchi, o’tkazuvchi va mexanik to’qima turlarini ajratdi. Xozirgi vaqtda o’simlik to’qimalari tasnifi, ularning tarixiy rivojlanishi, kelib chiqishi, hujayralarning tuzilishi va bajaradigan vazifalarini hisobga olgan holda qo’yidagi anatomo–fiziologik klassifikatsiya tavsiya etiladi:

    1. Hosil qiluvchi (meristema) to’qimalar: a) uchki (apikal), b) yon (laterial), v) oraliq (interkolyar), g) jaroxat (travmatik) to’qimalar.

    2. Assimilyatsion to’qimalar;

    3. G’amlovchi (zaxira) to’qimalar;

    4. Aerenxima (shamollatuvchi) to’qimalar;

    5. Chegaralovchi to’qimalar: a) epiderma, b) periderma, v) po’stloq;

    6. Ajratuvchi to’qimalar;

    7. Mexanik (tayanch) to’qimalar: a) kollenxima, b) skelerenxima,v) sklereidlar.

    8. O’tkazuvchi to’qimalar: a) ksilema ( yog’ochlik), b) floema (lub).

    Muxokama uchun savollar:

      1. O’simliklarda to’qimalarningqandayxillariuchraydi?

      2. To’qimalar haqidagi ta’limotni asoschisi kim?

      3. Meristema to’qimasi o’simlikning qaysi qismlarida o’chrashini izoxlab bering.


    Download 426,29 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91




    Download 426,29 Kb.