• Ildizning ikkilamchi anatomik tuzilishi
  • Dorivor o‘simliklar va botanika




    Download 426,29 Kb.
    bet27/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Ekzoderma bir, ikki hamda undan ortiq qavatli o’lik hujayralardan iborat. Bu hujayralar orasida po’sti tsellyulozadan iborat bo’lgan tirik hujayralar ham mavjud. Ular orqali moddalar harakatlanib turadi, ya’ni tuproqdan so’rib olingan suv va unda erigan mineral moddalar epiblemadan ichkariga o’tib turadi. Epiblema xalok bo’lgandan so’ng ekzoderma to’liq probkalashib, ximoya vazifasini bajaradi.

  • Mezoderma juda qalin hamda ko’p qavatli hujayralardan tashkil topgan bo’lib, ekzodermadan endodermagacha bo’lgan qismni o’z ichiga oladi. Mezoderma birlamchi po’stloq parenximasi deb ham ataladi. Mezodermaning asosiy vazifasi ildiz tukchalari tuproqdan so’rib olgan suvli eritmalarni o’zida to’plash va uni ildizning markaziy tsilindriga o’tkazishdan iborat.

  • Endoderma bir qavat hujayralardan iborat bo’lib, birlamchi po’stloqning eng ichki qavatini tashkil qiladi. Endodermaning asosiy vazifasi mezodermadan ko’ndalangiga oqib keladigan suvni markaziy silindrning o’tkazuvchi naylariga o’tkazishdan iborat.

    Markaziy silindr (stel) o’sish konusi meristemasining ichki qismidan– pleromadan hosil bo’ladi. U endodermaga taqalib turadigan va peritsikl deb ataladigan hujayralar qatlamidan boshlanadi.
    Peritsikl bir qavat hujayralardan iborat. Uning yupqa hujayra po’sti, yadrosi, sitoplazmasi bo’lib, hosil qiluvchi to’qima rolini bajaradi. Peritsikl hujayralari bo’linib, yon ildizlar hosil qiladi. Peritsikldan ichkari tomonda murakkab radial bog’lam shaklidagi o’tkazuvchi sistemasi joylashadi. Undagi ksilema va floema guruxlari 1 dan (monarx) to 6–7tagacha (poliarx) bog’lamli ildizlar hosil qilishi mumkin. Diarx (2 ta) ildizlar soyabonguldoshlar, yalpizdoshlar va ayrim ochiq urug’lilarda (qarag’ay) uchraydi. Ikkipallali o’simliklarda tetrax va pentax ildizlar, birpallalilarda poliarx ildizlar (bug’doydoshlarda 10dan ko’proq) kengroq tarqalgani ma’lum.
    Peritsikl ildizning birlamchi tuzilishidan ikkilamchi tuzilishiga o’tish vaqtida, kambiy xalqasini, shuningdek, fellogenning hosil bo’lishida faol qatnashadi. Ildizning birlamchi tuzilishi asosan bir pallali o’simliklarda kuzatiladi. Ularda ildiz ikkilamchi tartibda o’smaydi, balki to’qimalardagi hujayralar po’sti qalinlashishi va yog’ochlashishi hisobiga pishiqlashadi.
    Ildizning ikkilamchi anatomik tuzilishi ikki pallali va ochiq urug’li o’simliklarda qayd qilingan. Ildizlardagi ikkilamchi o’zgarish asosiy parenxima hujayralarida kambiy hosil bo’lishi bilan boshlanadi.
    Markaziy silindrda floema bilan ksilema orasidagi yupqa po’stli parenxima hujayrasi cho’zilib, ikkilamchi hosil qiluvchi to’qima kambiyni hosil qiladi. Ularning hujayralari bo’linishi natijasida esa ikkilamchi ksilema yuzaga keladi. Shu paytda ksilema nurining uchida joylashgan peritsikl va parenxima hujayralari hosil qilgan kambiy yoylari tutashib, kambiy xalqasi hosil qiladi. Kambiy doira shaklini oladi. Kambiy hujayralarining doira ichkarisida joylashganlari ikkilamchi ksilemani, tashqarida joylashgan hujayralari esa ikkilamchi floemani hosil qiladi.
    Ildizning ikkilamchi ksilemasi orasida ko’ndalang joylashgan radial nurlar deb ataluvchi parenxima hujayralari mavjud va ular birlamchi ksilema nurlari ustida turadi. Ushbu radial nurlari oziq moddalarni ildiz markazidan uning chetiga va aksincha, chetidan markazga tomon o’tishini ta’minlaydi. Bundan tashqari u zaxira oziq moddalar to’planib turish uchun ham maxsus joy hisoblanadi.
    Kambiyning tashqarisida joylashgan floema qismida ham keskin o’zgarish yuz beradi. Kambiydan tashqarida qolgan peritsikl hamda po’stloq parenximasining tashqi xujaylaridan probka kambiysi–fellogen qavati hosil bo’ladi. Fellogen hujayralari bo’linib, ichki qavat fellodermani , tashqi qavat– probkani hosil qiladi. Probka, fellogen, felloderma qavatlari birgalikda periderma deb ataladi.

    Download 426,29 Kb.
  • 1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simliklar va botanika

    Download 426,29 Kb.