|
-savol bo’yicha dars maqsadi
|
bet | 25/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)1-savol bo’yicha dars maqsadi: O’simlikning hayotida ildizning roli, uning bajaradigan vazifalari va morfologik tuzilishi haqida talabalarda tushuncha hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Ildizning bajaradigan vazifalarini biladi.
Ildiz tizimini tushintira oladi.
1-savolbayoni:Ildiz–o’simliklarningasosiyorganibo’lib, o’simliknituproqqamaxkamo’rnashtiribturadi, tuproqdagioziqmoddalarniso’riboladi, bundantashqariildizdao’simlikningoziqmoddalarzaxirasiyig’ilishimumkin. Ildiz o’simlik turiga, o’sish sharoitiga va ekinlarni esa parvarish qilish usuliga qarab turlicha rivojlanadi.
Ildiz o’simliklarning muxim vegetativ organlaridan biri bo’lib, u evolyutsiya jarayonida quruqlikka moslashgan yuksak o’simliklarda paydo bo’la boshlagan. Suv o’tlarda va moxlarda ildiz bo’lmaydi, ularda ildiz vazifasini bajaruvchi rizoidlar mavjud.
Ildiz quyidagi vazifalarni bajaradi:
–o’simliklarni tuproqqa mustaxkam biriktirib turadi va uni shamol hamda boshqa mexanik ta’sirotlarga chidamliligini oshiradi:
–tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalar hamda qisman organik moddalarni so’radi;
–ildizda zapas oziq moddalar tuplanadi. Ayrim o’simliklarda ildiz g’amlovchi organlarga (sholg’om, turp, sabzi) aylanadi;
–vegetativ ko’payish uchun xizmat qiladi;
–ayrim o’simliklarda ildiz tuproqda yashovchi mikroorganizmlar bilan o’zaro aloqa qilib turadi.
Ildizdagi organik moddalar tufayli tuproqda yashovchi zamburug’lar va bakteriyalar simbioz xolda yashaydi (simbioz–grekcha "sim"–birga, "bio"– yashayman degan ma’noni bildiradi).
Ildizlar kelib chiqishiga ko’ra asosiy, yon hamda qo’shimcha ildizlarga bo’linadi.
Asosiy ildizlar–gulli o’simliklar urug’idagi murtak ildizchasining rivojlanishidan hosil bo’ladi va vertikal xolda yo’nalib, tuproqqa chuqur kirib boradi. Bir pallali o’simliklarda asosiy ildiz yaxshi o’smaydi va tez nobud bo’ladi.
|
| |