|
Dorivor o‘simliklar va botanika
|
bet | 22/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Muhokama uchun savollar:
3.1. Aerenxima to’qimasi qanday sharoitda o’sadigan o’simliklarda uchraydi?
3.2. Assimilyatsion to’qima nima uchun yashil o’simliklarda uchraydi, uning vazifasini izoxlab bering.
4-savol bo’yicha dars maqsadi:O’simlikning tashqi tomonidan o’rab, ximoya vazifasini bajaruvchi qoplovchi to’qima bilan talabalarni tanishtirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi qoplovchi to’qimalarni farqlay biladi.
Ularni o’simlik uchun qanday ahamiyati borligini izoxlay oladi.
4-savol bayoni:Qoplovchi to’qima o’simlik organlarini tashqi muxitning noqulay sharoitlardan, ya’ni ortiqcha quyosh ta’siridan, kuchli isib ketishdan, mexanik ta’siridan saqlaydi. Kelib chiqishi va joylashishiga ko’ra qoplovchi to’qima uch xilga: epiderma, probka (periderma) va po’stloqqa bo’linadi.
Epiderma (birlamchi qoplovchi to’qima)himoya vazifasini bajaradi. O’simlikning yosh organlarini quyosh nuri ta’sirida kuyib qolishdan saqlaydi. Barg orqali bo’lib turadigan transpirantsiyani chegaralaydi va boshqa mexanik ta’sirlardan ximoya qiladi. Epiderma o’simlikning barg va yosh novdalarini tashqi tomondan o’rab turuvchi bir qavat zich joylashgan tirik parenximatik hujayralardan tuzilgan bo’ladi.
Epidermada og’izchalar (ustitsalar) mavjud. Og’izchalar ikkita loviyasimon hujayradan tuzilgan bo’lib, bu hujayralar gaz va suv bug’latib turadigan teshikni hosil qiladi. Yorug’likda yetarli suv bo’lgan taqdirda fotosintez jarayoni o’tadi. Bu paytda og’izchalar ochiladi. Qorong’ilik tushganda fotosintez to’xtaydi va og’izchalar yopiladi.
Probka (periderma).Odatda epiderma o’simlik organlarida bir necha oydan–yilgacha saqlanadi, keyin esa to’kilishi va uning o’rnini ikkilamchi to’qima –probka egallaydi. U o’z navbatida ikkilamchi hosil qiluvchi to’qima–fellogen (probka kambiysi) dan hosil bo’ladi. Fellogen ikkilamchi meristematik to’qima xisoblanib, u epiderma to’qimasidan yoki asosiy to’qimadan shakllanadi. Po’kak kambiysi tangental bo’linishi natijasida ikki xil hujayralar ajralib chiqadi. Ularning biri po’kak kambiysini tashqi tomonidagi hujayralar bo’lib, po’kak qavatini hosil qilsa, ichki markazgi tomon ajralib chiqqan hujayralardan asosiy to’qima–felloderma hosil bo’ladi.
Po’kak to’qimasi faqat daraxt va butalarning ildiz va poyalarida hosil bo’lib qolmay, balki ko’p yillik o’t o’simliklarning yer ostki organlarida, xatto mevalarda ham uchraydi.
Po’stloq. Ko’pchilik daraxtlarning eski tanalari va ildizlari silliq periderma o’rniga po’stloq bilan almashinadi. U turli o’simliklarda har xil davrlarda hosil bo’ladi.
U bir necha marta yangi periderma qavatlarini takrorlanishi natijasida po’stloq ostidagi to’qimalardan vujudga keladi. Bu vaqtda ushbu qavatlar orasidagi tirik hujayralar nobud bo’ladi.
Fellogen faoliyatining harakteriga ko’ra turli ko’rinishdagi po’stloq hosil bo’lishi mumkin. Fellogenning doira shaklda joy olishdan xalqasimon po’stloq hosil bo’ladi. Agarda fellogen ayrim bo’laklar shaklida hosil bo’lsa, tangachasimon po’stloq hosil bo’ladi.
|
| |