|
-savol bo’yicha dars maqsadi
|
bet | 31/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)1-savol bo’yicha dars maqsadi:O’simlik novdasi va kurtakning tuzilishi hamda shoxlanish to’g’risida talabalarda tushuncha hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Novda tuzilishi haqida umumiy tushinchaga ega.
Novdalar sistemasi tuzilishini izoxlay oladi.
Metamorfozlashgan novdalar xillarini sanab beradi.
1- savol bayoni:O’simlik novdasi tuzilishi jihatdan poya, barg va kurtakdan iborat bo’ladi. Novda uchida yosh, hali to’la rivojlanmagan barglar bilan o’ralgan o’sish konusidan iborat tepa kurtagi bo’ladi. O’sish konusi o’sish nuqtasi bilan tamomlanadi, novda asosiga qarab borganda o’sish konusidan keyin, rivojlanib kelayotgan novdaning shaklan bo’rtmalarga o’xshagan barg boshlang’ichlari bor qismi keladi. Novda yuksak o’simliklarning asosiy o’suv organi hisoblanadi. Novda ildizga nisbatan murakkabroq tuzilishga ega bo’lib, taraqqiyotining boshlang’ich etaplaridayoq maxsus organlarga: bo’g’imlarga, bo’g’im oraliqlariga–metamerlarga, yon organlarga–barglar va kurtaklarga ajralgan holda shakllanadi.
Novda ontogenez boshida apikal meristemadan hosil bhladi. Novdadagi o’sish nuqtasi to’g’risidagi tushunchani birinchi bo’lib 1759–yilda K. F. Volf izoxlab bergan.
XIX asrning o’rtalarida V. Gofmeyster novda bitta initsial hujayradan kelib chiqadi degan nazariyani oldinga suradi. Sporali o’simliklar (yo’sinlar, plaunlar, qirqbo’g’imlar va qirqquloqlar) ga talluqli bo’lgan bu nazariya ochiq urug’li va gulli o’simliklar uchun to’g’ri kelmas edi.
1868–yilda Ganshteyn gulli o’simliklarda bitta apikal hujayra bo’lmay, balki novdaning o’sish nuqtasi yaxlit, ko’p hujayrali va qatlamli bo’lishini aytdi. Ganshteyn tomonidan oldinga surilgan gistogen nazariyasiga ko’ra gulli o’simliklarning o’sish konusi uch qatlam hujayradan: 1) tashqi bir qavat– dermotogendan (epidermis qavati shundan vujudga keladi); 2) bir yoki bir necha qavat hujayralardan tashkil topgan periblemadan; 3) ichki qavat pleromadan
(markaziy silindr–o’zak qismini hosil qiladi) tashkil topgandir.
XX asrning yigirmanchi yillarida A. Shmid «tunika–korpus» nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga ko’ra o’sish zonasi tunika va korpus qatlamlaridan iborat bo’lib, ular o’zlariga xos meristematik hujayralarga egadir.
Tunika qismidagi meristemalar novda yuzasiga nisbatan tik (antiklinal), korpus qismida meristema hujayralari esa barcha yo’nalishlprda bo’linadi. Tunikadan epidermis, ba’zan epidermis va birlamchi po’stloq, korpusdan markaziy tsilindr hosil bo’ladi.
O’sish konusidagi hujayralarning bo’linishi tashqi tunika va korpus hujayralarining bir qismini egallab olgan qavatlarida sodir bo’lgani sababli ushbu hujayralardan dumboqcha (bargning boshlang’ich tuzilishi) lar hosil bo’ladi. Keyinchalik esa ulardan haqiqiy barglar o’sib chiqadi. Boshlang’ich bargchaning tashqi qismidagi hujayralar ancha tez bo’linadi. Shuninguchun ham barg ichkariga egillib, o’sish nuqtasini o’rab turadi.
O’simliklar morfologiyasida bargli, kurtakli poya novda deb ataladi. Novda asosan kurtakning rivojlanishidan hosil bo’ladi. Novdaning uchidagi doimiy kurtak uning yuqoriga qarab o’sishi uchun xizmat qiladi. Uchki kurtakning ostida, barg qo’ltig’ida ham kurtaklar joylashgan bo’lib, ular yon kurtaklar deb ataladi. Yon kurtaklar novdada ketma–ket va qarama–qarshi joylashadi. Novdadagi yon kurtaklar ikki xil bo’lib, ularning biridan yon novdalar, ikkinchisidan esa gul va barglar hosil qiladi
Yon novda hosil bo’ladigan kurtak vegetativ kurtak, gul hosil qiladigan kurtak esa generativ kurtak deyiladi. Vegetativ kurtakning uchi o’tkir, o’zi esa biroz yalpoqroq bo’ladi. Generativ kurtak esa shaklan yumaloq va biroz yirikdir. Kurtaklar novdaning bo’g’im qismida joylashadi. Novdaning yo’g’onlashgan qismiga bo’g’imdeb ataladi. Bo’g’imda barg, barg qo’ltig’ida esa hamma vaqt kurtak joylashgan bo’ladi. Novda bilan barg orasidagi burchakka barg qo’ltig’i deyiladi. Ikki bo’g’im orasidagi masofa bo’g’im oralig’ini tashkil qiladi. U uzun yoki qisqa bo’lishi mumkin.
Meva daraxtlarning qisqa bo’g’imli novdalarida generativ kurtaklar rivojlanadi. Uzun bo’g’imli novdalarda esa faqat vegetativ kurtaklar bo’ladi. Novdalarda uxlovchi kurtaklar bo’lib, ular yashirin kurtaklar deyiladi. Yashirin kurtak zaruriyat tug’ilguncha tinch xolatda bo’ladi. Novdaning tepa kurtagi shikastlansa, yashirin kurtak ko’kara boshlaydi. Agar bu kurtak ham bo’lmasa, novdaning istagan joyidan qo’shimcha kurtak hosil bo’ladi. Tol, terak, tut kabi daraxtlar qirqilsa, ularda yashirin kurtaklar hisobiga yangi novdalar hosil bo’ladi. Novdada yasmiqchalar ham bo’ladi. Yasmiqcha orasidan bemalol havo va suv bug’lari o’ta oladi. Yasmiqcha epidermisdagi ustitsa vazifasini bajaradi.
Bargi to’kilgan novdada yarim doira shaklidagi barg o’rni (izi) qoladi. Bu o’rin yuqorisida qishlovchi kurtak o’rnashib, uning ustini smola shimib olgan qo’ng’ir rangli qattiq tangachalar (sovuq urmasligi uchun) qoplaydi. Erta ko’klamda qishlovchi kurtaklardan novda yoki gul hosil qilinadi. Novdalar quyidagi tipda shoxlanadi:
|
| |