• Shingil yoki shoda.
  • 3. Oddiy qalqon
  • 5. So’ta.
  • 8. Boshcha
  • Murakkab boshoq
  • Simoz to’pgullar
  • Dorivor o‘simliklar va botanika




    Download 426,29 Kb.
    bet51/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    Identiv o’quv maqsadlari:
    2.1.To’pgullar shaklliga qarab turlarga ajrata oladi.
    2.2.Murakkab to’pgullar tuzilishi tug’risida ma’luot beradi.
    2-savol bayoni. Shoxlanish xususiyatiga ko’ra to’pgullar oddiy va murakkabga ajratiladi. Oddiy to’pgullar monopodial shoxlangan bo’lib, bitta markaziy gul o’qida joylashadi. Ularga quyidagilar kiradi.

    1. Shingil yoki shoda. Bunda asosiy gul o’qida gul bandiga ega bo’lgan gullar yakka–yakka joylashadi (uzum,akatsiya, astragal, burchoq).

    2. Kuchala. Asosiy gul o’qi nozik va egiluvchan bo’lib, osilib turadi (yong’oq, eman, terak, tol, kashtan)

    3. Oddiy qalqon (yassi to’pgul). Asosiy gul o’qinig pastida joylashgan gul bandlari uzunroq bo’lib, gulning hammasi bir tekis joylashadi (nok, do’lana, olma).
    4. Boshoqda to’pgulning asosiy o’qida bandsiz yoki bandli gullar zich joylashadi (zubturum, tizimgul, bug’doyiq).
    5. So’ta. Bitta etdor yo’g’on o’qda boshoqdgi kabi gullar joylashadi (makkajo’xori, igir, kalla).
    6. Soyabon. To’pgullning asosiy o’qi qisqa bo’lib, barcha gullarning gulbandlari shu o’q ichidan chiqqanday joylashadi (navro’zgul, gilos, piyoz, primula va boshqalar).
    8. Boshcha (kallak). Asosiy o’q biroz kengaygan, gullar bandsiz yoki qisqa bandli bo’ladi (sebarga, astragal).
    9. Savatcha. Oddiy to’pgullarning ixtisoslashgani bo’lib, murakkab guldoshlar oilasiga mansub o’simliklarning to’pgulidir. Ularda asosiy o’q “savatchaga” o’xshash kengaygan bo’lib, mayda o’troq gullar zich joylashadi. Savatchada gullar akropetal–markazga tomon ochiladi, ya’ni birinchi bo’lib chetdagi gular va eng oxirida o’rtada joylashgan gullar ochiladi.
    Savatchaning atrofini yon va ostki tomonidan barglar o’rab turadi. Bu barglar hali ochilmagan yosh gullarni himoya qiladi (kungaboqar, moychechak, bo’tako’z, qoqi va boshqalar).
    Murakkab to’pgullarning markaziy o’qida bir necha oddiy to’pgullar joylashgan bo’ladi, bunday to’pgullar tirs deb ataladi. Murakkab to’pgullarga quyidagila kiradi: murakkab shoda (shingil) yoki shoxlangan to’pgul. Bunday to’pgullarda asosiy markaziy monopodial o’q uzoq vaqt o’sishni davom ettiradi. Natijada bir o’qda bir nechta shoxchalar rivojlanadi. Bu shoxchalar o’z navbatida shoxlanadi va ularda gular o’rnashadi (qashqarbeda). Qashqarbedaning markaziy monopodial o’qi frandoz shoda bo’lib, shoxchalaridagi oddiy gullari ochiq brakteoz to’pgullardan iborat. Shodalardan hosil bo’lgan bunday to’pgul ba’zan supurgi boshoq deb ataladi.
    Murakkab soyabon to’pgulda markaziy o’q qisqargan bo’lib, unda katta o’rama barg joylashadi. O’rama barg qo’ltig’idan oddiy soyabon gullar o’sib, yana soyabon gullar tashkil qiladi. Har bir soyabon ostida kichkina o’ramabarg bo’ladi. Bunday to’pgullar soyabonguldoshlar oilasiga xosdir.
    Murakkab boshoq shaklidagi to’pgullar bug’doydoshlar oilasiga xos bo’lib, morfologik jixatdan murakkab shodaga o’xshaydi. Uning markaziy o’qida bir necha boshoqlar zich o’rnashib, boshoqni tashkil etadi (bug’doy, arpa). Ba’zi boshoqdoshlarda oddiy boshoqlar uzun shoxlangan bandlari bilan markaziy o’qda ikkinchi va uchinchi tartib shoxchalar hosil qilib, murakkab ro’vak deb ataladigan to’pgulni hosil qiladi (sholi, tariq, suli, qo’ng’irbosh va boshqalar).
    Ro’vak to’pgular murakkab shoda (shingil)dan shoxlanish xususiyati bilan farq qiladi. Ro’vak to’pgullar markaziy o’qning pastrog’ida joylashgan shoxchalar yuqorisidagiga nisbatan uzun bandli bo’ladi (siren, gortenziya).
    Simoz to’pgullar (yunon. Sima–to’lqin) yoki aniq to’pgullar bo’lib, ularning asosiy o’qi gul bilan tugaydi. Gullar uchki guldan boshlab ochiladi. Simoz to’pgul monoxaziy, dixaziy va pleyxaziy shaklida bo’ladi.
    Monoxaziy (yunon. Monos–bitta, xazis–yoriq) eng sodda simoz to’pgul hisoblanadi. Asosiy gul o’qi va undan pastroqda shoxlangan birlamchi, ikkilamchi gul o’qlari ham bittadan gul chiqaradi. Monoxaziy burma va gajak to’pgullar hosil bo’ladi. Burma to’pgulning o’qi gul bilan tugab, yonidan bitta gulshoxcha chiqaradi. Bu gul shoxcha ham shu tariqa bir necha bor takrorlanadi, natijada burma to’pgul hosil bo’ladi (sigirquyruq, petuniya va boshqalar).
    Gajak to’pgulning o’qi bir tomonga qayrilgan bo’ladi (zaxchako’z (nezabutka), dalachoy).
    Dixaziy (yunon. Di–ikki) da hosil qiluvchi asosiy o’q gul bilan tugaydi, uning pastida bir–biriga qarama–qarshi joylashgan ikki shoxcha chiqadi, ularning uchi ham gul bilan tugab, yonlaridan yana ikkitadan qarama–qarshi joylashgan shoxcha chiqaradi. Bu jarayon bir necha bor takrorlanishi mumkin (chinniguldoshlar).
    Simoz to’pgullarning eng yuksak rivojlangan shakli pleyxaziy (yunon. Pleyon–ortiq, ko’proq, xazis–tirqish) yoki ko’p shu’lali simpodial tepa gul (soxta soyabon) hisoblanadi. Pleyxaziy ko’pincha dixaziydan kelib chiqadi. Pleyxaziyning asosiy o’qidan bir qancha o’qlarga ega bo’lgan uchki gul hosil bo’ladi. Bunday to’pgullar ayiqtovondoshlar, sutlamaguldoshlar oilalarining vakillarida uchraydi.

    Download 426,29 Kb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dorivor o‘simliklar va botanika

    Download 426,29 Kb.