|
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari
|
bet | 50/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1. Qanday ginetsey tiplari bor? Misollar keltiring.
2. Mikrosporogenez va megasporagenez orasida qanday farq bor deb o’ylaysiz?
3. Gul diagrammasi nimani anglatadi?
4. O’simlikning gul formulasiga qarab nimani aniqlasa bo’ladi?
5. Gulli o’simliklarning chetdan changlanishiga moslashganligini ko’rsatuvchi rasmlarini chizib oling( 5. 53-54 b.).
Mavzuga oid adabiyotlar:
1. P. Rudall. Anatomy of Flowering Plants (An Introduction to structure and Development) Third Edition. Cambridge. 2007. - P. 147.
2. Мустафоев С.М. Ботаника. - Т.:Ўзбекистон, 2002.- 472 б.
3. Икромов М.И., Нормуродов Х.Н., Юлдашев А.С. Ботаника. Ўсимликлар морфологияси ва анатомияси. - Т.: Ўзбекистон, 2002. -333 б.
4. Белолипов И.В.,Шералиев А.Ш. Ўсимликлар морфологияси. Т.:Ўқитувчи,2007.-100б. 5. Beck C.B. An Introduction to Plant Structure and Development.Cambridge: Cambridge University Press, 2010 .– 441 p.
6. Karshibaev H.K. “O’simliklar anatomiyasi va morfologiyasi” fanidan mikroskopiya usulida amaliy ishlar va talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarish yuzasidan metodik ko’rsatmalar.–Guliston, 2014.–32 b.
10 – MAVZU. TO’PGULLAR
Asosiy savollar:
1. To’pgullarning umumiy tavsifi.
2. Oddiy va murakkab to’pgullar.
3. Bir, ikki va ko’p uyli o’simliklar.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar:
To’pgul, monopodial (botrik), simpodial (aniq) to’pgul, oddiy va murakkab to’pgullar, monoxaziy, dixaziy va pleyxaziy.
1-savol bo’yicha dars maqsadi: To’pgullarning umumiy ta’vsifi va tuzilishi haqida talabalarga to’liq ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1.To’pgullarning umumiy tavsifini biladi.
1.2.To’pgulning axamiyatini izoxlay oladi.
1- savol bayoni. Yopiq urug’li o’simliklarning novdalari shakli o’zgarib gul chiqargan shoxchalarga aylanadi, bunday shoxchalar to’pgullar deb ataladi. To’pgulning o’rtasida vegetativ barg bo’lmaydi.Novda gul hosil qilishdan oldin, uning uchki meristema hujayralari tez o’sib o’z shaklini o’zgartiradi va boshlang’ich gul hosil qiladi. Ko’pchilik o’simliklarda (buzina, siren, giatsint va boshqalar) to’pgul kurtakning ichida rivojlanadi. Kurtak ochilishidan keyin to’pgul bo’g’inchalarga ajrab aniq ko’rinadi. Ko’pincha novdalarning uchlaridagi apekal meristemasi gulga aylanadi, shuning uchun bunday novdalar o’smasdan qoladi. Ayrim hollarda gullab meva hosil qilgandan keyin to’pgul to’pmevaga aylanadi.
To’pgul yopiq urug’li o’simliklarning evolyutsiyasi jarayonida barg chiqargan gulli novdadan vujudga kelgan. To’pgulda gullar soni ko’proq bo’lgani sababli yaqqol ko’rinib hasharotlarni uzoqdan o’ziga jalb qiladi va chetdan changlanishga imkon yaratadi. To’pguldagi gullar birdaniga ochilmasdan birin– ketin ochiladi, bu sharoit noqulay kelganda to’pguldagi gullarning ma’lum qismini saqlanib qolishga olib keladi.To’pgullar shamol yordamida ham (kuchala, boshoq, shingil) changlanadi.
To’pgulning yondosh (qoplag’ich) bargchalari yaxshi rivojlangan bo’lsa va barg yashil rangda bo’lsa frandoz (lot. Frondis–yashil barg) to’pgul deb ataladi (binafsha, fuksiya, tizimgu va boshqalar). To’pgulda faqat guloldi qoplag’ich barglar bo’lsa brakteoz to’pgul deb ataladi (landish, siren, olxo’ri va boshqalar). Ba’zi to’pgullarda hech qanday barglar bo’lmaydi. Ular ebrakteoz deb ataladi (yovvoyi trup, jag’jag’ va boshqa butguldoshlar vakillari). Bular orasida boshqa xillari ham uchraydi.
To’pgullaning biologik axamiyati shundan iboratki, plastik material kam sarf yetiladigan mayda gullar to’pgulga to’planib, hashoratlarga uzoqdan yaxshi ko’rinadi (soyabonguldoshlar, murakkabguldoshlar va boshqa o’simliklarda) va chetdan changlanishni tezlashtiradi. Shamol yordamida changlanuvchi o’simliklarning to’pgullari yon bargchalar bilan tutashmaydi. Bu esa changni shamol yordamida taralishiga ko’maklashadi.
Evolyutsiya jarayonida novda uchi va yonida yakka–yakka bo’lib joylashgan gullardan to’pgullar kelib chiqqan. Novdada yakka–yakka joy olgan gullarga magnoliya, ko’knor, lola, pion va boshqa o’simlik gullari misol bo’la oladi. Aksariyat o’simliklarda gullar bevosita bir–birining yoniga bir nechtadan bo’lib to’planadi (xurmo daraxti, agava va boshqalarda). Tropik o’rmonlarda o’suvchi kakao daraxtida to’pgullar poya va yo’g’on novdalarda osilgan holda joylashadi. Bu hodisa kaulifloriya (lot. Kaulos–poya, floreo–gullamoq) deb ataladi.
To’pgullarni aniqlashda ularning ba’zi muhim belgilar hisobga olinadi.
Novdaning o’sish xususiyatiga qarab monopodial va simpodial to’pgullarga ajratiladi:
1. Monopodial to’pgullarda novdaning shoxlanishi apekal meristemasidan hosil bo’ladi va uchgi gul eng keyin ochiladi. Bunday to’p gullar monopodial,ratsemoz (lot. Retsemoz–shingil, gul o’qi) yoki botrik (yunon. Botris–shingil) to’pgul deb ataladi. Monopodial to’pgul notekis gullaydi, ya’ni gullari ketma–ket pastdan yuqoriga qarab ochilib boradi. Uchki gullari hammadan keyin ochiladi (jag’–jag’, ivan choy, lagoxilus–ko’kparan va boshqalar).
2. Simpodial yoki soxta dixotomik shoxlanishga ega bo’lgan to’pgullar simoz (yunon. Syuma–to’lqin) to’pgul deb ataladi. Bunday to’pgulning novda uchi gul bilan tugallanadi. Ularda bosh o’qdagi uchki gul birinchi bo’lib ochiladi (kartoshka, nezabudka, mingdevona va boshqalar).
To’pulning bosh o’qidagi meristemasi gulga aylansa bunday to’pgul yopiq yoki aniq to’pgul deb ataladi. Ba’zi o’simliklarda apekal meristema vegetativ bo’linib, o’sishda davom etadi va yon gullarni hosil qiladi. Bunday gullar ochiq yoki noaniq to’pgul deb ataladi .
2-savol bo’yicha dars maqsadi: Oddiy va murakkab to’pgullar haqida talabalarda tushincha hosil qilish.
|
| |