• Kerakli jihoz va materiallar
  • Nazorat savollari
  • – mashg’ulot. O’SISH KONUSI TUZILISHI. HOSIL QILUVCHI TO’QIMA




    Download 426,29 Kb.
    bet69/91
    Sana15.01.2024
    Hajmi426,29 Kb.
    #137797
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   91
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Botanika (3)

    5– mashg’ulot. O’SISH KONUSI TUZILISHI. HOSIL QILUVCHI TO’QIMA
    Dars maqsadi: O’sish konusidagi apikal meristema tuzilishini o’rganish.
    Umumiy tushunchalar: Meristema o’simlikka xos to’qima bo’lib, u o’sish konusida joylashadi. Meristemadan o’simlikning boshqa to’qimalari hosil bo’ladi. Meristema to’qima hujayrasi yosh, zich joylashgan parenxima hujayralaridan iborat bo’lib, mitoz yo’li bilan bo’linadi.
    Meristema kelib chiqishiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi bo’ladi. Birlamchi meristema urug’ murtagida joylashadi va o’simlik hayoti davomida poya va ildizning o’sish konusida saqlanib qoladi. Ikkilamchi meristema o’simlik hayotida birlamchi meristemadan hosil bo’ladi.
    Meristema o’simlik organlarida joylashishiga ko’ra uchki, yon va oraliq meristemalarga ajratiladi.

    • Uchki meristema–poya va ildizlar uchlarida joylashadi. U o’simlikni bo’yiga o’sishiga xizmat qiladi.

    • Yon meristema –o’simliklarning yon organlarida joylashib, organlarini eniga o’sishini ta’minlaydi.

    • Oraliq meristema–poya bo’g’im oralig’ida uchraydi.

    • Yara (jarohat) meristema–o’simlikning shikastlangan qismida hosil bo’ladi.

    Kerakli jihoz va materiallar: mikroskop, qoplag’ich va buyum oynasi, pintset, skalpel, ustara, suvli idish, pipetka, elodeya o’simligi.
    Ishni bajarish tartibi:

    1. Elodeya o’simligi poyasi uchidan 1 sm bo’lak ajratib oling va umumiy uzunasiga kesik tayyorlang. Undan vaqtinchalik preparat tayyorlang.

    2. Preparatni kichik ob’ektivda kuzating. O’sish konusining umumiy tuzilishini albomga chizib oling.

    3. Rasmda o’sish konusi, barg va kurtak boshlang’ichlarini ko’rsating.

    4. Mikroskopning katta ob’ektivida o’sish konusi hujayralari tuzilishini o’rganing hamda 4–5 meristema hujayrasining tuzilishini chizib oling.

    Nazorat savollari:

    1. Meristema to’qimasi deb qanday to’qimaga aytiladi?

    2. Birlamchi va ikkilamchi meristema to’qimalari to’g’risida tushuncha bering.

    3. Uchki meristemalar o’simlikning qaysi organlarida bo’ladi?

    4. Interkolyar (oraliq) meristemalar qaerda uchraydi?

    5. Meristema to’qimasi nima uchun hosil qiluvchi to’qima deyiladi?


    Download 426,29 Kb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   91




    Download 426,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – mashg’ulot. O’SISH KONUSI TUZILISHI. HOSIL QILUVCHI TO’QIMA

    Download 426,29 Kb.