|
Kerakli jihoz va materiallar
|
bet | 74/91 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 426,29 Kb. | | #137797 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Botanika (3)Kerakli jihoz va materiallar: mikroskop, lupa, undirilgan bug’doy o’simtasi, piyoz ildizi, buyum va qoplagich oynalar, pintset, skalpel, lezvie, suvli idish, pipetka.
Ishni bajarish tartibi:
Bug’doy o’simtasi ildizini tuzilishini ko’zdan kechiring. Uning uchki qismi ildiz qini bilan o’ralgani, undan ancha yuqorida ildiz tukchalar zonasi borligini ko’ring. Rasmini chizib oling.
Bug’doy o’simtasi ildizining uchki qismidan 2–3 smli bo’yiga kesma tayyorlang va mikroskopda kuzating.
Ildizning bo’yiga kesmasida ildiz zonalarini (bo’linish, o’sish so’rish va o’tkazish) ajrating. Zonalar rasmini al’bomga chizib oling.
Nazorat savollari:
Ildiz qanday funksiyani bajaradi?
O’simta ildizining uchki qismida qanday zonalarni ko’rish mumkin?
Bo’linish zonasida qaysi to’qima hujayralari joylashgan bo’ladi?
Ildiz qinining vazifasini izohlang?
TMI: Piyoz ildizini o’rganing. Zonalar chegarasini ko’rsatgan holda uning rasmini chizib oling. Ildiz zonalarini ajrating.
10 – mashg’ulot. METAMORFOZLASHGAN ILDIZLAR ANATOMIK
TUZILISHI
Dars maqsadi: Metamorfozlashgan ildizlar morfologiyasi va anatomiyasi bilan tanishish.
Umumiy tushunchalar: ildizlar bajaradigan funksiyasiga ko’ra ayrim hollarda shakl o’zgarishga (metamorfozga) uchraydi. Bunga misol qilib ildizmevalar, tuganaklar, tayanch va havo ildizlarini ko’rsatish mumkin.
Ildizmeva–ildizning parenxima hujayralarida zapas ozuqa moddalarning to’planishi natijasida asosiy ildizning yo’g’onlashishi natijasida yuzaga keladi. Ildizmeva 3 qismdan bosh, bo’yin va ildizdan tashkil topadi.
Tuganak–yon va qo’shimcha ildizlarning yo’g’onlashishi natijasida kelib chiqadi.
tayanch ildizlar–qo’shimcha ildizlardan hosil bo’ladi.
|
| |