Pifagor 19 MUSTAHKAMLASH UCHUN




Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/99
Sana04.06.2024
Hajmi2,32 Mb.
#260033
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99
Bog'liq
dunyo dinlari tarixi 10 uzb

Pifagor


19
MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Animizm, totemizm, fetishizm, shomonlik, sehrgarlik kabi dastlabki 
diniy tasavvurlar o‘rtasida qanday umumiylik bor? Ularning bugungi 
kundagi ko‘rinishlari haqida ma’lumot bering.
2. Ilk diniy tasavvurlarning bugungi kundagi ko‘rinishlari haqida ko‘rgaz-
mali slayd tayyorlang (MS Power Point).
3. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari hayotida animistik, totemistik, feti-
shistik va shamanistik tasavvurlarning o‘rni nimalarda aks etgan?
4. Tarix fanidan milliy va jahon dinlarining qanday paydo bo‘lganligi 
haqida ma’lumot to‘plang.
Qushlar.
Rivoyatlarga ko‘ra, o‘zlarini O‘g‘izxon avlodlari deb hisoblagan 
turkiy o‘g‘izlar bobolar timsolini yomonliklardan asrovchi qushlarda ko‘rish-
gan. Qirg‘iy, burgut, lochin, qarchig‘ay kabi qushlar qabila a’zolariga baraka 
va baxt olib keluvchi muqaddas jonzotlar hisoblanib, ularni otish qat’iyan man 
etilgan.
O‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlari qadimda ukki, boyo‘g‘li, burgut va 
lochin patlarining muqaddas kuchiga ishonganlar. Bugunga qadar ham kichik 
yoshdagi o‘g‘il bolalar va qizchalarning bosh kiyimlari, beshik va belanchakla-
rini qushlar pati bilan bezaydilar. Markaziy Osiyo xalqlari orasida qirg‘ovul, 
tovus, xo‘roz muqaddas qushlar deb sanalgan.
Daraxtlar.
Markaziy Osiyoda chinor va sarv daraxtlari (archa) qadimdan 
muqaddas kuchga ega obyekt sifatida e’zozlangan. Ularga qizlar o‘z qalb sir-
larini aytib, daraxt shoxlariga nishona bog‘lab, armonlarining ushalishiga umid 
qilganlar. Janubiy Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikistonda chinor darax-
ti g‘oyat e’zozlanadi. Turkmanlar chinorning qurigan shoxlarini o‘tin sifatida 
yoqib, istifoda etishga ham qo‘rqadilar.
Turkmanistondagi Feruza vohasi uzunligi qirq metr keladigan «Yetti aka-
uka» chinori bilan mashhur. Sayrob qishlog‘idagi bahaybat chinorning to‘rt 
metrli kavagida bir vaqtlar hatto madrasa joylashgan. Toshkent yaqinidagi 
Burchmulla qishlog‘ida odatdan tashqari katta chinorni ziyorat qilishga keluv-
chilarning keti uzilmaydi.


20

Download 2,32 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99




Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish