|
Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslikBog'liq dunyo dinlari tarixi 10 uzb«Buxoro yahudiylari»
nomi bilan tanilgan bo‘lsa-
lar-da, ularning asosiy qismi Samarqandda yashagan.
XIX asrga kelib yahudiylar Markaziy Osiyoning
Qarshi, Marv, Xatirchi, Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Kar-
mana, Marg‘ilon, Dushanba shaharlarida bir mavzega
jam bo‘lib umr kechirganlar.
1932-yilda Samarqandda yahudiylar teatri tashkil
qilingan. 1940-yilgacha Markaziy Osiyoda yahudiylar-
ning ivrit tilidagi maktablari, davriy va maxsus nashrlari
mavjud bo‘lgan.
Sovetlar davrining keyingi yillarida yahudiy tilida
o‘qitish va madaniy faoliyat yuritish to‘xtatilgan. Lekin
yahudiylik yagona millatga xos din bo‘lganligi sabab-
Yahudiy maktabi.
(Samarqand,
XX asrning
boshlari)
IJODIY FAOLIYAT
«XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyo ni bo-
sib olishi yahudiylarning Turkiston va Buxoro jamoalariga bo‘linib ketishi-
ga olib keldi». Tarix fanidan olgan bilimlaringizga asoslanib, yahudiylarning
Turkiston va Buxoro jamoalariga bo‘linib ketish sabablarini aniqlang.
25
Buxorodagi yahu
diy oilasi
(XX asrning
boshlari)
Yahudiylar teatri
li, ular qayerda yashashmasin, biri ikkinchisidan qan-
cha uzoqda bo‘lmasin, o‘z dini va muqaddas kitoblariga
e’tiqod qilishni davom ettiraverganlar.
1991-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan
so‘ng barcha dinlar, shu jumladan, yahudiy diniga ham
erkin e’tiqod qilish uchun keng sharoitlar yara tib berildi.
MUSTAHKAMLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Bugungi kunda mamlakatimizda boshqa diniy konfessiyalar qatorida
ro‘yxatdan o‘tgan «Yahudiylar jamoasi» faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu jum-
lani diniy va milliy bag‘rikenglik tamoyili bilan bog‘lab tushuntiring.
2. «1170-yilda birgina Samarqandda 30 ming yahudiy yashagan». Mazkur
jumla asosida yurtimizdagi diniy bag‘rikenglik tamoyillari azaliy qad-
riyat ekanligi yuzasidan fikr bildiring.
3. Isroil davlati qachon tashkil topganligini va tashkil topish shart-sharoit-
larini aniqlang.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
|