27
5. Ota-onani hurmat qilish.
6. Qotillik qilmaslik.
7. Zino qilmaslik.
8. O‘g‘rilik qilmaslik.
9. O‘z yaqinlari (yahudiylar) haqqiga yolg‘on gu-
vohlik bermaslik.
10. O‘z yaqinlari uyiga, ayoliga, quliga, hayvonla-
riga, umuman, unga tegishli bo‘lgan narsalarga
ko‘z olaytirmaslik.
Mazkur amrlar yahudiylarning
muqaddas manbasi
hisoblangan Tavrot (Tora) kitobida keltirilgan. Tavrot
Musoga tegishli bo‘lgan besh kitobni o‘z ichiga oladi:
1) «Borliq» yoki «Ibtido»;
2) «Chiqish»;
3) «Levit»;
4) «Sonlar»;
5) «Ikkinchi qonun».
Tavrot matni ibriy va aramey (eski yahudiy)
tillarida
yozilgan. Unda Isroil xalqining tarixi bayon qilingan.