• TARIXGA NAZAR
  • Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/99
    Sana04.06.2024
    Hajmi2,32 Mb.
    #260033
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99
    Bog'liq
    dunyo dinlari tarixi 10 uzb

    IBODAT VA MAROSIMLAR
    Yahudiylikda ibodat tong, peshin va shom paytida 
    qilinadigan kundalik hamda shanba kuni sinagogada 
    bo‘lib o‘tadigan haftalik ibodat shakllariga bo‘linadi. 
    Haftalik ibodat (Shabat-Sabt) juma kuni Quyoshning 
    botishi bilan boshlanadi va shanba kuni nihoyasiga 
    yetadi. 
    Shanba kuni olov yoqish, ishlash, hatto transport-
    dan foydalanish ham taqiqlanadi. Yahudiylik ta’limo-
    tiga ko‘ra, Xudo olamni olti kunda yaratib, yettinchi 
    kuni dam olgan. Shuning uchun ham, yahudiylar hafta-
    ning yettinchi kuni — shanbani dam olish va ibodatga 
    bag‘ishlaydilar.
    Talmud
    TARIXGA 
    NAZAR
    Eron podsho hi 
    Kir II tomoni dan 
    Bobil egallan-
    gach, yahudiylar-
    ning ancha qismi 
    Kan’onga qay-
    tib, podshohning 
    roziligi bilan ik-
    kinchi marta o‘z 
    davlatlarini qayta 
    tiklashga erishdi-
    lar. Muhojirlikda 
    qolgan yahudiy-
    larning bir qismi 
    esa Sharqqa, xu-
    susan, Markaziy 
    Osiyoga ko‘chib 
    o‘tdi.


    28
    Ibodat vaqtidagi eng muhim lahza va uning asosiy 
    shartlaridan biri «Tavrot» o‘ramalarining tugunlar ichi-
    dan chiqarilishi va ruhoniy tomonidan baland ovozda 
    o‘qilishidir. Yahudiylarda faqatgina sinagogada emas, 
    uyda ham ibodat qilinadi. 
    Uylarda kirish eshigining yuqorisida «mezuza» deb 
    nomlangan, uzun bir quvur ichiga o‘rama holida qo‘yil-
    gan «Tavrot» jumlalari yozilgan bo‘ladi. Uyga kirish 
    va chiqishda yahudiylar «mezuza»ga qo‘l tekkizib, bar-
    moqlarini o‘padilar. Yahudiylar «mezuza» ularni yo-
    vuz ruhlar yomonligidan saqlaydi, deb e’tiqod qiladilar. 
    Uyda olib boriladigan ibodat vaqtida bosh kiyim kiyilib
    yelkaga esa chakmon (tales) tashlanadi. Duolarning eng 
    muhimi sanalgan 16 tasi tik turgan holda aytiladi. Bosh-
    qalarini o‘qiyotganda tiz cho‘kish, vujudni tebratib turi-
    sh kabi harakatlar qilinadi.
    Sinagogalarda, albatta, uch unsur joy olishi shart. Bu 
    Aron Kodesh, Ner Tamid va Bimadir. Quddusga yo‘nal-
    gan muqaddas sandiq (shkaf) — Aron Kodesh ichida 
    «Tavrot» tumorlari saqlanuvchi maxsus joy bo‘lib, u 
    masjiddagi «mehrob»ga o‘xshash vazifani bajaradi va 
    kirish eshigining to‘g‘risida bo‘ladi.
    «Mezuza»
    Sinagoga
    (yun. «jamlanish»; ibr. — «beyt kneset» — «jamla-
    nish uyi»)da ibodatlar kamida o‘nta balog‘atga yetgan erkak kishi 
    to‘planganda o‘tkaziladi.
    «Tavrot»da jannat «Adan» nomi bilan atalib, uning sifatlari bayon 
    qilingan. 
    Yahudiylikda ibodat — «avoda she-ba-lev» ibroniycha «Qalb 
    xizmati» degan ma’noni anglatadi.


    29
    Ner Tamid 
    — (ibr. «abadiy shamchiroq») sinagogada «Tavrot» 
    solingan sandiq ro‘parasida joylashgan bo‘lib, doimo yonib turuv-
    chi shamchiroqdir. Singogalarda Ner Tamid Menorani eslatib turuv-
    chi ramz sifatida qo‘yiladi. 

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99




    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

    Download 2,32 Mb.
    Pdf ko'rish