24
XIII asr boshiga kelib qadimgi yahudiy jamoala-
ri ham inqirozga uchradi. Saqlanib qolgan kam son-
li yahudiylar Buxoro va uning atroflarida yashaganlar.
Mo‘g‘ullar davrida esa Xorazmda yahudiylarning bir
shaharda 100 uydan oshiq bo‘lishlari taqiqlangan edi.
Amir Temur va temuriylar davrida Movaroun-
nahr minta qasiga Erondan ko‘pgina yahudiy jamoala-
ri ko‘chi rib keltirilgan. Ularning bir qismi Buxoroda
yashagan. XVIII asrning boshlarida yahudiylar Eron,
Afg‘oniston, Xiva, Qo‘qon va Buxoro jamoalariga
bo‘linib ketdi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo yahu-
diylari Buxoro amirligi hududlarida yashaganliklari tu-
fayli