|
Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslikBog'liq dunyo dinlari tarixi 10 uzbFAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Yahudiylarning Markaziy Osiyoga kirib kelishi qachondan boshlangan?
2. Yahudiylarning qadimda Markaziy Osiyoda yashaganini ko‘rsatuv-
chi topilmalar qachon va qayerdan topilgan hamda ular qaysi davrga
tegish li?
3. Markaziy Osiyodagi yahudiylar nima uchun «Buxoro yahudiylari» deb
ataladi?
YAHUDIYLIK
5-§
DIN TARIXIDAN
Yahudiylik dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri
bo‘lib, taxminan, miloddan avvalgi 2-mingyillikda
Yaqin Sharqda paydo bo‘lgan. U faqat yahudiy xalqiga
xos millat dini hisoblanadi. Abu Rayhon Beruniy o‘zi-
ning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kito-
bida yahudiylar nomi somiy tillardagi «hoda», ya’ni
«tav ba qilmoq, tavba qilganlar» so‘zidan kelib chiqqan,
degan fikrlar mavjud ekanini aytib o‘tgan. Keng tarqal
-
gan fikrga ko‘ra esa, «yahudiy» so‘zi Ya’qub payg‘am
-
barning o‘g‘li Yahudo nomidan olingan.
Yahudiy xalqining yana bir nomi Banu Isroildir. «Is-
roil» so‘zi Ya’qub payg‘ambarning ikkinchi nomi bo‘lib,
«banu»-bolalar deb tarjima qilinadi. Demak, Banu Isroil
nomi «Isroil avlodlari» ma’nosini beradi.
Rivoyatlarga ko‘ra, Ya’qub payg‘ambarning 12 o‘g‘li bo‘lib, ular
ning to‘rtinchisi Yahudo edi. 12 o‘g‘ildan keyinchalik 12 ta qabila
tarqaldi. Yahudo avlodlari bo‘lgan yahudiylar boshqa qabilalarni
o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Shundan so‘ng bu qabilalarning barcha
si «yahudiy» deb atala boshladi.
Fanlarning
foydasi — ular
yordamida
oltin va kumush
to‘plash emas,
balki insoniylik
va donishmand-
likka erishishdir.
Abu Rayhon
Beruniy
21
Yahudiy xalqiga nisbatan «yevrey» so‘zi ham ishlatila-
di. Bu qadimiy somiy tillaridagi «ibriy» so‘zining o‘zgar-
gan shaklidir. Arab manbalarida bu so‘z «abara, ya’bu-
ru» — «kechib o‘tmoq» fe’lidan kelib chiqqan, deb hi-
soblanadi. Mazkur din manbalariga ko‘ra, ilk yahudiy qa-
bilalari Mesopotamiyada yashagan edilar. Ular miloddan
avvalgi XV asrlarda Ibrohim payg‘ambar boshchiligida
Dajla va Furot daryolaridan kechib o‘tganlar.
Tavrot, Injil va Qur’onda xabar berilishicha, Ibrohim
payg‘ambarning nabirasi bo‘lgan Ya’qubning o‘n bi-
rinchi o‘g‘li Yusuf edi. Yusuf va uning akalari o‘rtasi-
dagi munosabatlar sababli Banu Isroil qavmi Misrga
ko‘chib kelgan. Ular ancha vaqt Misr yerlarida yasha-
ganlar. Keyinchalik Misr fir’avni Banu Isroil qavmiga
zulm qilgach, Muso payg‘ambar boshchiligida bu xalq
yana Kan’on (Falastin) yerlariga qaytdi.
Miloddan avvalgi 722-yilda Isroil podshohligi Ossu-
riya tomonidan, 586-yilda esa Bobil davlati tomonidan
bosib olingach, yahudiy xalqining bir qismi o‘lkadan
haydab chiqarildi.
TARIXGA NAZAR
Bibliya rivoyatlariga ko‘ra, mil avv. 1250-yilda yahudiylar Muso boshchiligida
Misrni tark etdilar. Mil. avv. 1000-yilda podshoh Saul vafotidan so‘ng uning kuyo-
vi podshoh Dovud Falastinni birlashtirib, Yahudiy podshohligini tashkil qildi.
Dengizning ikkiga
ajralishi tasviri
Musoni quvib ke
tayotgan Fir’avn
(papirusga ishlan
gan rasm).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik
|