Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik




Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/99
Sana04.06.2024
Hajmi2,32 Mb.
#260033
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99
Bog'liq
dunyo dinlari tarixi 10 uzb

Yahudiylikda dafn marosimi
ham muayyan o‘ziga 
xosliklarga ega. Inson vafot etgach, qarindoshlari max-
sus kiyim kiyib, sham yoqishadi. Mayitni oq kafanga 
o‘rab, «Kaddish» (oromiycha — «Muqaddas», sinago-
galarda o‘qiladigan ibodat duosi) o‘qiydilar. 
Quddusdagi birinchi katta sinagoga


32
Jasad chiqqan xonadonda bir hafta davomida aza 
tutilib, uydan tashqariga chiqilmaydi. Bir yil o‘tgach, 
mayitni xotirlab «yil marosimi» («Yorsayt») o‘tkazila-
di. Yom-kipur, Sukkot, Pesax bayramlarida marhumlar-
ni xotirlab «Yizkor» deb nomlanadigan maxsus duolar 
o‘qiladi.
OQIMLAR
Uzoq tarixiy taraqqiyot davomida boshqa dinlarda 
bo‘lgani kabi yahudiylikda ham ichki bo‘linishlar yuza-
ga kelgan. Ular orasida eng keng tarqalganlari saduqiy-
lik, farziylik, essaniylik, hasidiylik, qaroim, islohotchi, 
konservativ kabi oqimlardir.
Saduqiylik
klassik oqimlar orasida muayyan o‘ziga 
xosliklari bilan boshqalardan farqlanadi. Mazkur oqim-
ning vakillari asosan yirik yer egalari, yuqori qatlam va-
killari (aristokratlar)dan bo‘lishgan. 
Saduqiylik ta’limotiga ko‘ra ruh abadiy emasligi 
ta’kidlanadi. Insonning qayta tirilishi, farishtalarning 
mavjudligi inkor etiladi. Saduqiylar Xudo bandalarining 
3100 ta zina orqali 
Tur tog‘iga chiqish
Saduqiylar


33
Farziylar
Essaniylar
ishiga aralashmaydi, har bir inson taqdirini o‘zi yarata-
di, deb hisoblaydilar.
Farziylar
oqimi mil. avv. II asrda e’tiqod va amalda 
saduqiylikka muxolif ravishda yuzaga kelgan. Shuning-
dek, saduqiylikdan farqli ravishda farziylarning o‘zagini 
quyi tabaqa vakillari va kambag‘allar tashkil etgan. 
Yahudiylik qonun-qoidalariga qattiq rioya qilinishini 
talab qiladigan ushbu oqim Xudo har bir narsani nazorat 
qilishi, bandaga xos hur irodaning mavjudligi, o‘limdan 
keyin qayta tirilish, jannat, jahannam, farishtalar, jazo va 
mukofotning borligiga ishonishga asoslanadi.

Download 2,32 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   99




Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik

Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish