8
Din madaniyat rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatib kel-
moqda. Bundan tashqari, u umuminsoniy va milliy qad-
riyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga yetka-
zish borasida ham muhim ahamiyatga ega.
Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lib, hayotda doimo u bilan birga bo‘lib kel-
gan.
Bugungi kunda ba’zi
kuchlar dinning jamiyatdagi
vazifalaridan g‘arazli maqsadlarda foydalanishga uri-
nishlarini ham kuzatish mumkin. Natijada minglab ki-
shilar dinsizlikda ayblanib, qonlari to‘kilmoqda. Turli
diniy shiorlarning noto‘g‘ri talqin qilinishidan ham be-
gunoh insonlar jabr chekmoqda.
Ana shunday salbiy holatlarning oldini
olishda din-
ning turli xalqlar o‘rtasida muloqot o‘rnatishi, ularni
ma’naviy va ruhiy jihatdan yaqinlashtirishi, zulm va
zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashga chaqirishi
alohida ahamiyat kasb etmoqda. Barcha dinlar ezgulikni
targ‘ib qiladi. Din va ilm-fan bir-birini to‘ldirib turadi.