7
Dinning
tasalli beruvchilik
vazifasini olaylik. Inson
bolasi boshiga bi-
ror musibat, qiyinchilik tushganida o‘ziga dindan ovutuvchi, ko‘ngliga taskin
beruvchi, yupatuvchi kuch topgan.
Din
birlashtirish
vazifasini ham bajarib, insonlar
orasida hamjihatlikni
mustahkamlashga xizmat qiladi. Har bir din e’tiqod qiluvchilarini o‘z qoida-
lariga amal qilishga chaqiradi. Ularni bu qoidalarga
sodiqlikka undaydi va shu
yo‘l bilan insonlarni birlashtiradi.
Din o‘ziga e’tiqod qiluvchilarning turmushini tartibga solib,
boshqarish
va-
zifasini ham bajaradi. Bu vazifa axloq normalari asosida amalga oshiriladi. Din
axloq normalarini tartibga soladi
hamda halol va harom, savob va gunoh nima
ekanligini belgilab beradi.
Dinning
kommunikativlik
vazifasi
shundaki, diniy urf-odat, an’ana, maro-
sim va bayramlarni birgalikda o‘tkazishga, qarindoshlik, birodarlik, dindoshlik
aloqalarini mustahkamlashga chaqiradi.
Din inson hayotining ezgulik mohiyatini ochadi.
Bu uning insonlarni
ru
hiyma’naviy tarbiyalash
vazifasini ado etayotganiga yaqqol dalildir.