• Rangtasvir mashgulotlariga tayyorgarlik
  • Akvarelda rangtasvir ishlash bosqichlari




    Download 0.79 Mb.
    bet6/8
    Sana06.09.2022
    Hajmi0.79 Mb.
    #25631
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Zamonaviy O‘zbekiston rangtasvir san’atining avangart yo‘nalishi
    Miron va Poliklet. Haykaltaroshlikdagi komil inson obrazi, Касб таълими практикуми (Либос дизайни) тайёр, 1 курс Ўқув амалиёти Дастури охирги, 1.Matritsalar, Мустакил Таълим Узбекча Multimediya tizimlari 2 kurs, ECTS-ImplementationRecommendation, Dissertasiya Rahimov A, autoref realizatsiya didakticheskikh funktsii pedagogicheskikh izmerenii, Pinnacle Studio dasturiy ta, 1.Ariza, 1 variant, 1350-Artikkelin teksti-3549-1-10-20090204, asosiy ishlab chiqarish, Grafik ma’lumotlarni kiritish manipulyatorlari va ishlash tamoyillari. RT-DT
    2.2. Akvarelda rangtasvir ishlash bosqichlari
    Interyer, fazo, atrof-muhit va vaqt kompozisiyasining faktorlari.
    Ma'lumki tasviriy san'atni o'rgatish tajribasi, ayniqsa, kompozisiya masalalarini hal etish jarayonida interyer, fazo, atrof-muhit va vaqt faktorlarini to'g'ri ochib berish uning ifodaviyligini ta'minlashda kata ahamiyat kasb etishini ko'rsatadi.
    Ma'lumki, interyer ko'pchilik kompozisiyalarning muhim qismi sifatida foydalaniladi. U ayniqsa, natyurmortlarni ishlashda ko'p qo'llanadi. Keng qamrovli mazmun mohiyatga ega bo'lgan natyurmort kompozisiya asarlarida va shuningdek o'quv mashqlarida ham xona ichi tasvirlanadi. Unda esa albatta kompozisiyaning barcha qonun-qoidalari va amallariga rioya qilinishi taqoza etiladi. Bunda uning chiziqli perspektiva qurilishi, fazoviy holatlari, atrof- muhit ko'rinishi realistik tarzda, metodik izchillikdan bilimdonlik bilan aks ettirilishi lozim. Agar kompozisiyaning biror- bir unsuri e'tiborsiz qoldirilsa, unda umum tasviriy jixatlari bo'sh, ta'sirsiz chiqib qolishi mumkin. Masalan, natyurmort kompozisiyalaridan atrof-muhit, fazo holatlari muhim hisoblanib, ularni ifodali tasvirlash orqali mavzuni belgilovchi zamonaviylik hamda vaqtni, asar ishlangan paytdagi fasl xususiyatlariga dovr aniq, tiniq ko'rsatib berishi mumkin. Mazmuni chuqUr va qiziqarli chiqishi natyurmort qo'yilib tasviri etilayotgan xona ichi ya'ni interyerning qanday yoritilganligi, undagi buyumlarning qanday joylashganligiga ham bog'liqdir. Chunki ular orqali kompozisiya g'oyasini yanada teranroq ochib berish imkoniyati tug'iladi. O'sha har biri o'zicha muhim bo'lgan narsalar orqali vaqt mezonlarini, davr xususiyatlarini ham to'liq badiiy tarzda ifodalash mumkin. Odam qiyofasini interyerda aks ettiradigan kompozisiyalarda ham vaqt, fazoviy holatlar, atrof-muhit tasviri orqali ko'rsatib beriladi. Chunki ular kompozisiyadagi rangdorlik tus-rang munosabatlarini, ta'sirchanlik va mazmunni belgilovchi komponentlar sifatida yuzaga chiqadi. Ma'lumki o'quv mashqlaridan, kompozisiya chizish jarayonlarida bu muhim omillar aslo unutilmasligi lozim.
    Chunki ular kompozisiyaning o'lchamini, tomonlarining rang va to'q - ochlik, demakki, tus munosabatlarini, yaxlitlik va muvozanatlarini belgilab, muallif o'z oldiga qo'ygan g'oya tasvirini yuzaga chiqarishda yordam beradi. Mazmunning tushunarli, lo'nda, qiziqarli chiqishida xizmat qiladi.
    Xona ichini kompozisiyaning bir komponenti sifatida tasvirlash ham oson emas. U ko'pincha tasvir etilayotgan voqelikning yordamchi bir foni vazifasini o'tasada, unga muhim bo'lak sifatida yondoshilishi kerak. Masalani, interyerni chiziqli perspektiva holati to'g'ri topilmas ekan kompozisiyaning fazo viy o'lchamlari va ifodaviyligining haqqoniy aks etishi mumkin bo'lmay qoladi. O'z navbatida atrof-muhit ham kompozisiyaning umumiy g'oyaviy mazmunini belgilovchi unsurlardan biri hisoblanadi.
    Yuqorida keltirib o'tilgan ma'lumotlardan shu narsa ayon bo'ladiki, demak - interyer, fazo, atrof-muhit va vaqt kompozisiyasining mazmunli chiqishida muhim rol o'ynovchi, o'zaro bir-biri bilan bog'liq holda tasvirlanadigan zarur kompozisiyaning faktorlari ekan. Shu sababdan ularning tasviriga katta e'tibor bilan yondashish zarur. Interyerda aks ettiriladigan har turli kompozisiyalarni bajarishdan avval albatta ko'plab yordamchi eskizlar, qoralama- lafha suratlar ishlanishi kerak. Ulardan foydalangan holda kompozisiyada xonaning qanday qismi tasvir etilishi topiladi. Perspektiva ko'rinishining qurilishi tahlil etib belgilab olinadi. Bunda albatta rang, fazoviylik holatlari tus, soya-yorug'lik munosabatlari orqali ifodalanadi.
    Rangtasvir mashg'ulotlariga tayyorgarlik
    Ishni boshlashdan oldin albatta yosh rassomlar natura bilan obdon tanishadilar va o'zlariga yoqadigan joy tanlab, vazifani bajarishga kirishadilar, o'zlarini ishga tayyorlaydilar. Qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun ulardan yaxshi kayfiyat bo'lishi bilan birga shu vazifani uddalay olishga qattiq kirishish kerakligi tushunchasi ham bo'lishi darkor. Ishga sovuqqonlik bilan qarash yaxshi natija bermaydi.
    Chizuvchi yangi ishni boshlashdan oldin shu natura haqida kengroq tushuncha olmog'i, uning tarixi, badiiyligi, konstruktiv tuzilishi, yaxlitligi haqida fikr yuritmog'i, bundan tashqari naturani bir nechta ko'rinishda ishlangan namunasi bilan tanishmog'i kerak. Ishga kirishishdan avval natyurmort haqida keng va batafsil tushuncha olib o'zlari uchun mustaqil ish rejasini yaratadilar.
    Natyurmortning chiziqli tasviri. Natyurmort postanovkasini maqsadga muvofiq o'rnatib olgandan so'ng, uni metodik izchillikda tasvirlashga o'tiladi.
    Qo'yilgan natyurmortning asosiy g'oyasini surat tekisligida tasvirlab berish uchun, ya'ni natura bilan tasvir o'rtasida to'la o'xshashlikka erishish uchun tasviriy san'atning ifoda vositalari bo'lgan kompozisiya, perespektiva, yorug'-soya va rangshunoslik nazariyalarini puxta bilish va ularni amalda qo'llay olish talab qilinadi. Alohida narsalarni asliga qarab tasvirlash vaqtida bilim va ko'nikmalar hosil bo'ladi. Lekin natyurmort ishlashda vazifalar ancha murakkablashadi. Endi vazifa bitta narsani emas, bir necha narsani o'zaro bog'lanishida qismlarni bir-biriga mos bo'lgan yaxlit tasvirlab ko'rsatishdan iborat bo'ladi. Shuning uchun amaliy ishning ketma-ket bosqichlar bilan olib borish maqsadga muvofiqdir.
    Avvaio, qo'yiigan natyurmortni aiqqat biian kuzatib, uni tahiii qiiib oiinaai. Kompozisiyani ijoaiy masaiaiari, asosan postanovka (natyurmort tuzish) qo'yish vaqtiaa hai etiigan bo'iaai ya'ni natyurmort qismiari o'rtasiaa uzviy bog'ianish bo'iib, hamma narsa birgaiikaa, yaxiit bo'iib ko'zga yaqqoi tashianib turmog'i iozim. Lekin unga har xii nuqtaiaraan qaraganaa umumiy ko'rinishi ham, qismiarning o'ichamiari va nisbatiari ham o'zgarib boshqacharoq ko'rinib qoiganini sezamiz. Demak, natyurmort tasvirining ta'sirchan bo'iishi va unaan ko'ziangan maqsaaga to'ia erishish uchun qo'yiigan natyurmortga nisbatan eng quiay va qiziqarii ko'rish nuqtasini topish kerak. Buning uchun har hii joyga o'tirib yoki turib, naturaga yaqiniashib yoki uzoqiashib qarab ko'rish kerak bo'iaai. Bunaa har gai kuzatuvchi ko'ziarning baianaiigi o'zgarishi biian birga ufq chizig'i va ko'rish markazi o'zgarib turaai. Qo'yiigan natyurmortga nisbatan eng yaxshi ko'rish nuqtasini topib, ufq chizig'ini shunga muvofiq beigiiab oiish muhim ish bo'iib, tasvirning umumiy kompozisiyasi ko'p jixataan unga bog'iiq. Natyurmort tasvirini surat tekisiigiaa to'g'ri joyiashtirish bir qator masaiaiarni hai etishni taiab qiiaai. Shuning uchun ishni boshiashaan oiain bir necha hajmii xomaki rasm bajarib ko'rish maqsaaga muvofiqair.
    Chiziigan eskiziaraan eng muvaffaqiyatii chiqqanini taniab, shu asosaa katta orginai tasvir boshianaai. Enai originaini surat tekisiigiga nisbatan qanaay kattaiikaa oiinishiga aiohiaa e'tibor beriiishi ioim, chunki ayrim narsaiar tasviri juaa kata bo'iib ketib, hamma preametiar sig'may qoiishi mumkin. Yoki narsaiar tasvir formatga nisbatan juaa kichik bo'iib qoiib trofiaa bo'sh joy qoiairiisa, natyurmortning ma'noaoriigi yo'qoiaai.
    Tasvirni qog'oz yuzasiaa to'g'ri joyiashtirish masaiasi hai bo'igan har qanaay tasviriy san'at asarining poyaevori bo'igan chiziqii rasmni boshiasa bo'iaai. Qo'yiigan natyurmortning umumiy hoiati, prinsipiari aniqiangach, qog'oz yuzasiaa uning umumiy o'ichamiari yengiiiigi va baianaiigi yengii-yeipi chiziqiar biian beigiiab chiqiiaai. Har bir narsaning umumiy shakii qismiarning nisbiy o'ichamiari va va preametiarning asosiari orasiaagi masofaiar ham ohista chiziiaai. Bu ishiar qaiamni qog'oz yuzasiaa tez-tez yurg'azib, natyurmort biian taqqosiab turib bajariiaai. Har qaysi preametning o'zicha shakii, kata-kichikiigi, tutgan o'rni aniq bo'iganaan keyin, uiarning tuziiishini tahiii qiiib, sinchikiab kuzatib, u shakiiaraagi perspektiv qisqarishiar kuzatiiaai. Preametiarning shakiini tahiii qiiish chiziqii rasm ishiashaa g'oyat ma'suiiyatii bosqichair, chunki u rasm ishioviaan mantiiqiy fikr yuritishni va obrazii tasavvur qiiishni taiab etaai.
    Chizish uchun natura tanlashda va uni tahlil qilishda, albatta shu narsani bolalar hayotida tutgan o'rniga e'tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.
    Ko'rgazmali qurollarning mohiyati va uni o'quvchilarga to'g'ri yetkazish maqsadida narsaning tuzilishini tahlil qilish va ularni solishtirishga to'g'ri keladi.
    Solishtirish metodi predmet va hodisalar o'rtasidagi farq va o'xshashlikni aniqlashga xizmat qiladi.
    Solishtirish vositasida narsalarning natural obrazi shakllanadi. Solishtirishda, avvalo, asosiy farqni topish, so'ngra o'xshash belgilarini angiqlash maqsadga muvofiqdir. Solishtirishda predmetlarning o'zi va rasmlar orqali o'tkazish mumkin.
    Biroq amaliy solishtirish jarayoni ma'lum qiyinchiliklar bilan bog'liq bo'lib, hattoki oddiy kuzatish bilan uni butunlay amalga oshirib ham bo'lmaydi. Agarda biz har xil uzoqlikda joylashgan hamma predmet va ob'yektlarni bir vaqtning o'zida aniq ko'ra olganimizda edi, solishtirish ancha yengil ko'chgan bo'lar edi.
    Solishtirishda predmetlarning o'lchovlari, ranglarning ochlik-to'qlikdagi va ranglardagi o'xshashlik hamda farqlarni uzoqdan ko'rib aniqlash, so'ngra solishtirib ularni bir vaqtning o'zida bir xil aniqlikda ko'rishimiz kerak bo'ladi.Buning uchun iloji boricha o'sha predmetlarga bitta-bitta, lekin tez-tez bir necha bor qarash kerak bo'ladi. Shu vaqtda narsalar aniq emas, umumiy ko'rinadi.
    Bunday qarashda predmetlar to'plash xira idrok qilinsa ham, biroq ularni yaxlit ko'rish uchun sharoit yaratiladi.
    Narsaning o'ziga qarab rasm chizishda, avvalo, chiziladigan narsaning shakli, tuzilishi, rangi, o'lchovlari sinchkovlik bilan kuzatiladi. Narsalarning rasmini chizishda ma'lum tartibga rioya qilish kerak. Avvalo narsa rasmini qog'oz yuziga to'g'ri joylashtirib olinadi. Bunda chiziladigan narsaning o'lchoviga qarab qog'oz belgilanadi.
    Rasm chizish narsaning bo'yi va enini qog'oz betiga belgilab olishdan boshlanadi. Agarda rasm chiziladigan narsa simmetirik bo'lsa, avvalo o'q chizig'i chizib olingani ma'qul. So'ngra narsaning eni, bo'yi va shakli yengil chiziqlar bilan belgilab olinadi.
    Rasm chizishda narsaning yirik bo'laklari chizib olinadi, so'ngra mayda bo'laklariga o'tiladi. Ish yorug' soyalarni tasvirlash bilan yakunlanadi.
    Yorug' deb biz narsani shu'la tushib turgan qismiga aytamiz. Ko'pincha yorug'ning o'rtasida yaltiroq qismi bo'ladi, bu blik deyiladi. Narsaning eng to'q yeri soya deb ataladi. Bir narsadan ikkinchi narsaga o'tgan aks tasvir refleks deb yuritiladi.
    Soyalar ikki xil bo'ladi: shaxsiy soya va tushuvchi soya. Narsani o'z tanasida joylashgan soyasiga shaxsiy soya deyiladi, bir narsadan ikkinchi narsaga tushayotgan soyani tushuvchi soya deb yuritiladi.
    Tugallangan rasm chizishdan tashqari rang orqali qisqa muddat (etyud) xomaki rasm ham tayyorlanadi, unda qisqa muddat ichida tez-tez narsani o'ziga qarab ishlanadi.
    Natyurmort ishlash jarayonida chizuvchilar narsalarni shakli, tuzilishi, rangi va shu kabi xususiyatlarini bir-biridan farqi va o'xshash tomonlarini solishtirish orqali aniqlashni o'rganadilar.
    Shuningdek, narsaning qaysi geometrik shakliga xos ekanligini aniqlagan holda ularni perspektiv jihatdan tasvirlash yuzasidan bilim va malakalar hosil qiladilar.
    Bu mashg'ulotlarning kishilar uchun eng zarur xususiyatlaridan biri xotirani mustahkamlaydi. Narsaga qarab rasm chizishda fazoviy tasavvur va tafakkur o'stiriladi.
    Narsaning o'ziga qarab rasmini chizish malakalarini hosil qilish ikki bosqichda oshiriladi. Bular:

    1. Shakli va tuzilishi murakkab bo'lmagan yakka narsalarni o'ziga rasmini chizish. Bunday narsalarni o'ziga qarab rasmini chizishda ularning hajmini va perspektiv qisqarishini maqsad qilib qo'yilmaydi.

    2. Shakli va tuzilishi murakkabroq bo'lgan narsalarning to'plamini o'ziga qarab rasmini chizish. Bunda narsalarni hajmini perspektiv qisqarishda tasvirlash shart qilib qo'yiladi. Natyurmort tuzish uchun xalq amaliy san'ati buyumlari, idishlar, meva va sabzavotlar va x.k. ham tavsiya etiladi.

    Chizish uchun natura predmetlar tanlashda predmetlarni tashqi ko'rinishi haddan tashqari bezakdor bo'lmasligi kerak. Ortiqcha bezak naturadagi yorug' soyalarni idrok etishni qiyinlashtiradi.
    Orqa fon uchun tanlangan matolar gulsiz, silliq yuzali bo'lgani maqsadga muvofiqdir.

    Download 0.79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Akvarelda rangtasvir ishlash bosqichlari

    Download 0.79 Mb.