Akvarelda rangtasvir ishlash bosqichlari




Download 0.79 Mb.
bet7/8
Sana06.09.2022
Hajmi0.79 Mb.
#25631
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zamonaviy O‘zbekiston rangtasvir san’atining avangart yo‘nalishi
Miron va Poliklet. Haykaltaroshlikdagi komil inson obrazi, Касб таълими практикуми (Либос дизайни) тайёр, 1 курс Ўқув амалиёти Дастури охирги, 1.Matritsalar, Мустакил Таълим Узбекча Multimediya tizimlari 2 kurs, ECTS-ImplementationRecommendation, Dissertasiya Rahimov A, autoref realizatsiya didakticheskikh funktsii pedagogicheskikh izmerenii, Pinnacle Studio dasturiy ta, 1.Ariza, 1 variant, 1350-Artikkelin teksti-3549-1-10-20090204, asosiy ishlab chiqarish, Grafik ma’lumotlarni kiritish manipulyatorlari va ishlash tamoyillari. RT-DT
Akvarelda rangtasvir ishlash bosqichlari.
Rasm chizishni boshlashdan oldin ishni reja asosida bo'limlarga ajratilgan holda, bosqichma-bosqich bajarish kerak.
Ishni bir-biriga bog'liq bo'lgan quyidagi bosqichlardan olib boriladi:

  1. Rasmning kompozision yechimi.

  2. Rasmni qurish.

  3. Rasmga shakl berish usuli.

Ishni yuqoridagi bosqichlar asosida olib boriladi. Har bir bosqichda ishni alohida tugatib, boshqasiga o'tish mumkin. Chunki, har bir bosqich o'zicha alohida vazifani ado etadi. Rasm chizish davomida ishdagi xato-kamchiliklarni to'g'rilab borish kerak. Shundan so'nggina ishni oxirigacha olib borish, aniqlik kiritish oldingi holatlarni tuzatish talab qilinadi.
Har bir rassomning uzoq yillar ijod qilishi natijasida uning ijodida o'ziga xoslik yoki o'zini ijodiy uslubi paydo bo'ladi.
Endi yosh talabalarga kelsak, ularning kompozisiya haqidagi bilimlarini har bir mashg'ulotda boyitib boradi. Kompozisiyaning qoidalari, simmetriya, assimmetriya bilan tanishish talabalar uchun kelgusi ijod ishlarida juda zarurdir.
Masalan, rasm tasvir tekisligining o'rtasida bo'lsa, bu badiiylikdan uzoqlashgan hisoblanadi. Shuning uchun har bir chizuvchi rasm kompozisiyani to'g'ri farqlab, kompozision talablarga to'la-tekis javob beradigan darajaga yetishish kerak.
Bu degani:
1.Tasvir tekisligidan shunday foydalanish kerakki, undagi rasm juda yirik va mayda bo'lib qolmasin;
2.Kompozisiyani bo'linib qolishidan saqlash, ya'ni tekislik yuzasidagi tasvir ikki yoki uchga bo'linib ketmasin; 43

  1. Kompozisiyani shunday qurish kerakki, undan biror qismini olish yoki biror qismini qo'yish mumkin bo'lmasin;

  2. Kompozisiya markazini topish-bu kompozisiyaning ma'nosi va xarakterini belgilaydi.

Rasm chizishga qo'yiladigan talablardan biri, kompozisiya qoidalariga mos
tushadigan qoida: irodalilik, yaxlitlilik, haqiqiylik, ma'nolilikdir. Rasmni qog'oz betiga joylashtirishning bir necha xarakterli va zaruriy usullari bor.
XULOSA
Ma'lumki, go'zallik, nafosat sirlarini o'rganish orqali insonlarga xos oliy fazilat- ezgulikka yetaklash borasida boshqa biror soha o'qituvchisi tasviriy, amaliy san'at mutaxassisi bera oladigan vazifani bajara olmaydi. Darhaqiqat, o'quvchi yoshlarni estetik va ahloqiy kamolatga yetkazish, ularga har tomonlama ma'naviy ozuqa berishda tasviriy Amaliy san'at mutaxassisining imkoniyatlari keng.
Mamlakatimiz kelajagi uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturning amalga oshirilishi juda muhim ahamiyatga egadir. Chunki ta'lim-tarbiya-ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir.
Eng asosiy maqsad zamonaviy tasviriy san'at o'qituvchisi orqali o'quvchi, yoshlarimizdagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to'g'ri shakllantirish va yuzaga chiqarishdir.
Tasviriy san'at pedagogikasining o'ziga xos murakabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini o'quvchi va yoshlarga ulashish mahoratiga ega bo'la oladigan ustozlarni yetishtirib chiqarish.
Mamlakatimiz taraqqiyotida mustaqqillik ruhi tobora mustahkamlanib, barcha sohalarda jahon andozasiga mos islohotlar amalga oshirilmoqda.
Buning uchun ta'lim olayotgan har bir talabani tasviriy san'atga moyilligini, mavjud iqtidorlilik qobiliyatini boyitib, uni amaliy, nazariy, ilmiy jihatdan shakllantirish maqsad qilingan. Ta'limning samaradorlik mezoni uning xalqaro standartlar talablariga javob berishi bilan belgilanadi.
Tasviriy, amaliy san'at o'qituvchilarini shakllantirish uchun bu sohadagi barcha amaliy va nazariy bilimlar ta'lim sifatida zarurdir. Bular asosan:
- qalamtasvir;
- rangtasvir;
- kompozisiya;
- amaliy bezak san'ati;
- haykaltaroshlik;
- san'atshunoslik asoslari;
- san'at tarixi
va eng asosiysi, bu bilimlarini o'rgatishning metodik asoslarini egallash hisoblanadi. Ta'lim mazmunidagi bu bilimlarni egallash vositasida bo'lajak o'qituvchi o'z sohasining ustasi bo'libgina qolmasdan, ana shu san'at sirlarini o'quvchi va yoshlarga ulasha olish malakasiga ega bo'ladi.
Tasviriy, amaliy san'at ta'limi va tarbiyasi mazmunida milliy san'at merosimiz bilan birgalikda umum tasviriyot ta'limshunosligi va uslubiyatiga tayanish lozim. Pedagog-rassom
tayyorlashda ta'lim mazmunining muhim yo'nalishlari, umum tasviriyot va milliy an'analarning ustivorligiga amal qilish darkor.
O'qitishning barcha talablari uchun zaruriy shart tasviriy va amaliy san'at sirlarini o'zlashtirish bilan birga o'quvchi yoshlarga har jihatdan o'rgata olish usullarini egallashdir.
Tasviriy san'at va amaliy san'at pedagogikasi mutaxassisligida badiiy ta'lim mazmuni quyidagicha tarkib topadi. Istiqlol yillarida O‘zbekistonda madaniy-ma’naviy merosni tiklash va yanada rivojlantirish borasida katta yutuqlarga erishildi. Bu milliy ongning o‘sishida muhim ahamiyatga egadir. Madaniy merosning tiklanishi quyidagi muhim jihatlarda namoyon bo‘lmoqda:
- xalqimizning qadimiy madaniy-ma’naviy merosiga, qadriyatlari va ideallariga qayta nazar solish, yangicha anglash, tiklashning zarurligi va muhimligi e’tirof etildi;
- merosimizni tiklashga saralash nuqtai nazardan yondashildi, milliy madaniyatning umuminsoniy qadriyatlarni boyitadigan, jamiyatimizni yangilash va insonparvarlashtirishga xizmat qiladigan eng muhim, ahamiyatli yutuqlari, jihatlari tiklanmoqda;
- keng xalqaro aloqalar rivojlanmoqda, umuminsoniy qadriyatlarga uyg‘unlashib borilmoqda;
- o‘z tafakkuri bilan mustaqillik ruhini belgilab beradigan ziyolilarning yangi avlodi shakllanmoqda;



Download 0.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akvarelda rangtasvir ishlash bosqichlari

Download 0.79 Mb.