• GUASH BOYOGIDA ISHLASHNING YOLLARI.
  • RANGTASVIRDA KOMPOZISIYA FANINING AHAMIYATI.
  • II BOB. RANGTASVIR SAN’ATINING AVANGART YO‘NALISHI




    Download 0.79 Mb.
    bet5/8
    Sana06.09.2022
    Hajmi0.79 Mb.
    #25631
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Zamonaviy O‘zbekiston rangtasvir san’atining avangart yo‘nalishi
    Miron va Poliklet. Haykaltaroshlikdagi komil inson obrazi, Касб таълими практикуми (Либос дизайни) тайёр, 1 курс Ўқув амалиёти Дастури охирги, 1.Matritsalar, Мустакил Таълим Узбекча Multimediya tizimlari 2 kurs, ECTS-ImplementationRecommendation, Dissertasiya Rahimov A, autoref realizatsiya didakticheskikh funktsii pedagogicheskikh izmerenii, Pinnacle Studio dasturiy ta, 1.Ariza, 1 variant, 1350-Artikkelin teksti-3549-1-10-20090204, asosiy ishlab chiqarish, Grafik ma’lumotlarni kiritish manipulyatorlari va ishlash tamoyillari. RT-DT
    II BOB. RANGTASVIR SAN’ATINING AVANGART YO‘NALISHI
    2.1. Iliq va sovuq ranglar hamda ularning rangtasvirda qo'llanilishi
    Noto'g'ri chizilgan tasvirni o'chirishdan oldin to'g'rilab chizib olish lozim. Shunday qilingan xato yaqqol ko'rinib turadi. O'chirg'ich bilan o'chirishdan qo'l faqat chizish bo'ylab bir tomonlama harakatlantiriladi. Shuningdek, o'chirg'ichni hadeb ishlativerish ham yaramaydi. Unda qog'oz yuzasiga bo'yoq yaxshi yotmaydigan bo'lib qoladi. O'chirg'ichni qo'lda uzoq ushlab turish mumkin emas. Chunki o'chirg'ich qo'lda ter bosib, qog'ozni kir qilib qo'yish mumkin.
    Tasviriy san'at darslarida rangli tasvirlarning muvaffaqiyatli chiqishida akvarel bilan ishlashda orttirilgan tajribalar muhim rol o'ynaydi. Chunki bo'yoq bilan ishlash qanchalik puxta o'rganilgan bo'lsa rangli tasvirlar shunchalik yaxshi chiqadi.
    Akvarel bilan ishlashda talabga javob beradigan qilib jixozlanish kerak. Shuningdek, planshet hamda molbertdan to'g'ri foydalanishni o'rganish, qog'oz yuzalarini har xil shikastlanishlarlardan ehtiyot qilish lozim. Akvareldan foydalanishda uning sifatiga e'tibor berish darkor. Bo'yoqlarni maxsus idishlarda suv bilan aralashtirish va qog'oz bo'lagida sinab ko'rish tavsiya etiladi. Topilgan rang tusi kerakli darajaga yetgandagina undan foydalanish lozim.Akvarel bilan ishlash texnikasini puxta o'zlashtirish uchun dastlabki mashqlarni qora, to'q jigarranglarda bajargan ma'qul. Bu usulda ishlash monoxrom yoki grizayl metodida ishlash deb ataladi.
    Akvarel bilan ishlashda quyidagi izchillikka rioya qilinsagina bo'yoqda ishlangan tasvirlar talabga javob bera olishi mumkin:

    1. Kerakli bo'yoq maxsus idishda suv bilan aralashtirilib tayyorlanadi hamda qog'oz bo'lagiga surtib, sinab ko'riladi.

    2. Qog'oz sirtiga bo'yoq berayotganda mo'yqalam hamisha eritmagan rosmana botirib olingan bo'lishi kerak.

    3. Ostki qavatdagi buyoq qurimaguncha, navbatdagi bo'yoq qavati yotqizilmaydi. Keyingi qavat tez qo'yilishi lozim, aks holda ostki qavat yuvilib ketishi mumkin.

    4. Akvarel bo'yoqlari bilan ishlashda oq bo'yoqdan foydalanilmaydi, chunki oq bo'yoq rolini oq qog'ozning o'zi bajaradi.

    5. Qo'yilgan bo'yoq qavati ostidan qog'ozning sirti sezilib turishi lozim.

    Agar taxtacha ko'rinishidagi akvarel ishlatilsa, bo'yoq tez-tez ho'llab turiladi, hamda toza mo'yqalam bilan olinadi.
    Akvarel bilan ishlashni o'rganishda amaliy mashg'ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, bir rangning ustiga ikkinchisini qo'yib yangi tus hosil qilish mashqni olaylik. Bunda qo'yilgan xar ikkala rang ostidan ham qog'ozning sirti sezilib turmog'i darkor. Shuningdek, sovuq tusli rang ustidan iliq tusli rangni qoplash orqali yangi rang tusini hosil qilish yo'llarini puxta o'rganish kerak.
    Bundan tashqari iliq rang ustidan sovuq tusli rangni qoplash yo'li bilan ham qo'shimcha rang tusini topish mumkin. Ayrim hollarda qo'yilgan ranglarning yorug'lik darajalari bir- birlariga tenglashtirish uchun ularning ustidan biror rangning suyuq, kuchsiz eritmasi bilan qoplab tavsiya etiladi.Shuni esda tutish lozimki, muayyan rang ikkinchi bir rang bilan qoplanganda yorug'likning qaytarish xususiyatidan mahrum bo'ladi. Lekin oldin qo'yilgan bo'yoq qavatining ravshanlik darajasi hamda to'yinganligi muhim axamiyatga ega. Ustki qo'yiladigan qavati esa doimo oxangdor, juda tiniq bo'lishi va ostidagi rang tusini bo'g'masligi shart.
    Rang tuslarini haddan tashqari to'q tusda olish yaramaydi. Aks holda rangli tasvirlarda keskin ko'zga tashlanadigan rang dog'chalari hosil bo'lishi mumkin.
    Akvarel bilan ishlatishda bir rangning o'zidan har hil rang tuslarini xosil qilishni yaxshilab mashq qilish kerak.
    O'quvchilarga yorug' , oq tusdagi rangni hosil qilish uchun suvni, tuq tusdagi rangni hosil qilish uchun esa bo'yoqni ko'proq qo'shish kerakligini o'rgatish kerak. Och tusdagi rangning hosil bo'lishini amalda ko'rsatish uchun suvli stakanga qizil rang aralashtiriladi. Stakanda hosil bo'lgan aralashmaga suv qo'shishni davom ettirsak, bu rang tusining ochlanib borishining guvohi bo'lamiz. Aksincha, aralashmaga qizil rang qo'shishni davom ettirsak, mazkur rang tusining to'qlashib borishini ko'ramiz. Bu xildagi mashqlarni faqat ranglar yordamida bir necha marta bajarib ko'rish mumkin.
    Ranglar to'yinganligini asta-sekin o'zgarib borishi haqida alohida to'xtalib o'tish kerak. Agar xromatik ranglar tarkibiga axromatik ranglar qo'shilsa, ularning tiniqligi pasayadi.
    Natijada rangning to'yinganligi o'zgarib,boshqa rang tusi hosil bo'ladi. Kul rang qanchalik ko'p qo'shilsa, xromatik rang shunchalik axromatik bo'lgan kul rangga yaqinlashib boradi. Bu xildagi yorug'lik kuchlarini kamaytirish natijasida ranglarning tiniqligini yo'qotish hamda xira ko'rinishdagi ranglar olish mumkin. Rang tuslarini bir-birlaridan farq qilishnio'rgatishda bir rangning har-xil tuslari orqali naqsh kompozisiyasini ishlash kerak.
    Akvarel bilan ishlash malakalarini oshirishda asosiy va qo'shimcha ranglar ustida ishlash muhim ahamiyat kasb etadi. Rang ustida ishlash usullari ikki qismga: asosiy ranglar va qo'shimcha ranglarga bo'lib o'rganiladi. Olingan rang tuslari esa o'zaro solishtirish yo'li bilan aniqlanadi.
    Qo'shib topiladigan ranglar aralashtirish yo'li bilan hosil qilinadi. Buning uchun dastlabki mashqlarni nabordagi tayyor bo'yoqlarni qo'shib topishdan boshlash lozim. Bunga quyidagi jadvalda ba'zi bir misollar keltiramiz. Asosiy hamda qo'shib topiladigan ranglar ustida mashq qilinayotgan paytda naturaga yaqin bo'lgan rang tuslarini topish kerak. Bundan tashqari, pardozlangan siliq sirtlarga,oynaga, metall shartlari atrofdagi buyumlarning tasvirlari tushadi va ularning ranglari ham boshqacharoq ko'rinishda bo'ladi. Akvarel bilan ishlashda bu xildagi usullardan ham foydalana bilish lozim. Ranglarning bu xususiyatlari refleks taassurotini paydo qiladi hamda ishlanayotgan naturaning eng muhim qismini tashkil etadi. Akvarel va mo'yqalamlar bilan ishlashni o'rganishda dastlabki mashqlar muhim rol o'ynaydi.
    Rangtasvir ishlashda uning qonun-qoidalarini, usul va texnologiyasini o'rganish muhim ahamiyatga ega vazifalardandir desak xato bo'lmaydi. Shunday zarur shartlar qatoriga axromatik va xromatik ranglar haqidagi bilimlar ham kirishi tabiiydir.
    Ko'zimiz ko'ra oladigan tabiatdagi hamma ranglarni shartli ravishda ikkiga: axromatik va xromatik ranglarga bo'lish mumkin. Oqdan to'q qoragacha bo'lgan ranglar axromatik ranglarga (oq, kul rang, qoramtir, qora, to'q qora) qolganlari esa xromatik (qizil, sariq, ko'k va hokazo) ranglarga kiradi.
    Xromatik ranglar o'z navbatida, shartli ravishda yana ikkiga, issiq va sovuq ranglarga bo'linadi. Issiq ranglarga olov, quyosh, qizigan narsalarning rangini eslatuvchi qizil, sariq, zarg'aldoq ranglar kiradi. Muz, havo, suvlarning rangini eslatuvchi ko'k, moviy, binafsha ranglar sovuq ranglarga kiradi. Yashil va binafsha ranglar goh issiq, goh sovuq ranglarga kirishi mumkin. Chunki yashil rang sariq va ko'k ranglarning aralashmasidandir. Binafsha rang esa qizil va ko'k ranglarning aralashmasidan hosil bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, Bu ranglar issiq va sovuq ranglarning aralashmasidan hosil bo'lgan. Aralashtirishda issiq rang miqdori sovuq rang miqdoriga nisbatan ko'proq bo'lsa, hosil bo'lgan rang issiq rang qatoriga, sovuq rang miqdori ko'proq bo'lsa, sovuq ranglar qatoriga o'tish mumkin. Xuddi shunday binafsha rangda qizil rang ko'proq bo'lsa issiq, ko'k rang ko'proq bo'lsa, sovuq ranglar qatoriga kiradi. Demak o'quv mashg'ulotida rang- tasvirni ishlashda qo'yilmadagi narsa va buyumlarning yorug'-soya nisbatlari, shuningdek, rang nisbatlarini ham ochib aniq ko'rsatish muhim ahamiyatga ega.
    Ranglarning tabiiyligini tasvirda to'g'ri bajarish ancha qiyin ish hisoblanadi. Bunga jiddiy mehnat, nozik did va zo'r mushohada orqali erishish mumkin. Ayniqsa natyurmortdagi narsalarning och- to'qlik darajalarini farqlashga, undagi tus birligini tushunishga o'rga nish uchun natyurmortni bitta rangda tasvirlash katta ahamiyatga ega. Bu usulda rasm ishlash keyinchalik qiyin natyurmortlarning rangli tasvirini bajarishga o'tishni ancha osonlashtiradi. Bir rangda yozish usuli «grizayl» deb ataladi.
    Grizayl usulida rasm ishlash turli ranglar vositasida ish usuliga o'tish uchun tayyorgarlik bosqichi bo'lib, unda mo'yqalamni ishlatish yo'llari va akvarel bo'yoqlarining xususiyatlarini o'rganish uchun imkoniyat yaratadi. Bu texnika bilan bir nechta natyurmortlarni tasvirlab o'rgangandan so'ng, barcha rang xillari bilan ham natyurmort ishlash ancha oson bo'ladi.
    Natyurmortlar ko'pincha xonalarga qo'yib ishlanadi. Ammo ba'zan uni tabiat qo'ynida tashkil qilib tasvirlashga ham to'g'ri keladi. Shunday paytda natyurmortni ishlashdan avval uning rang xususiyatlarini tahlil qilib, tushunib olish muhimdir. Chunki xona ichiga qo'yilgan natyurmortga derazadan tushayotgan nur narsalarning yorug' qismida sovuq ranglarni beradi. Buyumlardan tushayotgan soyalar esa aksincha, iliq, issiq bo'lib ko'rinadi. Ochiq havodagi, tashqaridagi chizilayotgan narsalar buning aksidir, ularning soyasi sovuq, yorug' qismi esa iliq bo'lib ko'rinishi mumkin. Ana shunday holatlarni diqqat bilan kuzatib, so'ng e'tibor bilan tasvirlash ish sifatining yaxshi bo'lishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
    Ma'lumki ranglarni ko'rish va idrok etish qobiliyati asta-sekin mashqlar orqali shakllanadi. Bunda akvarel bo'yoqlar nomlarini aniq bilib olish va ularni o'z o'rnida jo'yali qo'llash muhimdir.
    Akvarel bo'yoqlari 24-16 xil rangli to'plamlar holida bo'ladi. Ularni ishga tayyorlash vaqtida har birining ustiga yozib qo'yilgan yorlig'ini asta ko'chirib olib, bo'yoq solingan plastmassa idishchaning tagiga yopishtirib qo'yish va nomlarini eslab qolish kerak. Ular quyidagicha tartibda bo'lishi mumkin. Ya'ni: limon rang qadimiy, sariq qadimiy, och oxra, tabiiy siyena, oltinsimon sariq, zarg'aldoq qadimiy, qizil oxra, kuydirilgan siyena, och qizil, guldor, qizil kraplak. Karmin (erkin qizil), binafsha kraplak, ultramarin, ko'k kobalt, havo rang, zumrad yashil, yashil permanent, sabza (yashil), tabiiy umbra (to'q jigar rang), jigar rang mars (och), kuydirilgan umbra (jigar rang), sepiya (chiroyli to'q jigar rang), qora.
    Tabaiatdagi narsalarning aniq rangini belgilab ko'rsatadigan tayyor bo'yoqlar mavjud emas. Ammo yetuk rassom ranglarning uzaro ta'siri va ko'rinish holatlarini idrok etib ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda har qanday narsani ham aks ettira oladi.. Tasvirda shunday joziba va hayotiy haqiqatga erishish uchun rassomga ranglar nisbatini bilish, ranglar orasida qandaydir bitta rangning turli xil tovlanishini hisobga olib ishlata olishga yordam bergan. Masalan, olov rang qizilni kuchliroq «yal-yal» yonadigan qilib tasvirlash uchun shu rang atrofidagi narsalarning soyasini ko'kimtir havo rang, yashil, zangori tuslarda beriladi. Tasvir bilan chizilayotgan narsa, holat o'rtasida to'la o'xshashlik bo'lishi uchun ularning rang nisbatlarida ham o'xshashlik bo'lishi shart. Bunga erishish uchun rangshunoslik fanining asoslarini chuqur o'rganish va amaliy ish jarayonda bu masalalarga qayta-qayta murojaat qilish kerak. Har xil bo'yoqlar bilan (akvarel, guash, moybo'yoq) natyurmortlarni tasvirlash uchu nyuqorida qayd etilgan tajribalarni o'tkazib ko'rish, bo'yoqlarning texnologiyasi xususiyatlarini yaxshi bilish, ularni ishlatish usullarini o'zlashtirish uchun ko'plab mashqlar bajarish tavsiya etiladi.
    GUASH BO'YOG'IDA ISHLASHNING YO'LLARI.
    Guash bo'yog'i akvarel bo'yog'ining tamoman aksi bo'lib, u kabi tiniq, jarangdor tus
    bermaydi. Ranglari yorug'likni yutganligi sababli uning tagidagi qog'oz ko'rinib, sezilib
    turmaydi. Tarkibi esa akvarelniki singari - bo'yoq kukuni va uni bog'lovchi moddalardan iborat. Ammo ular maxsus yog'och yelimi bilan mtadil nisbatlarda aralashtirilgan bo'ladi. Guash bo'yog'ining yana bir muhim jihati uning oq bo'yoq bilan aralashtirib ishlatilishidir. Shuning uchun uning ranglari unchalik jarangdorlik kasb etmaydi. Bo'yoqni ishlatish uchun mo'yqalamlar ham maxsus tanlanib olinadi va ular juda yumshoq bo'lmasligi, bir oz dag'alroq bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Tasvir ishlanadigan sath, ya'ni qog'oz yoki karton ham silliq bo'lmagani yaxshi. Uning yuzasi iloji boricha yelimli qoplama (grunt) bilan ishlov berilgan bo'lishi zarur. Shunda uning sathiga guash bo'yog'ini yaxshi surtish mumkin bo'ladi. Guash ko'pincha grafik ishlarni, bezaklarni, plakatlarni ishlashda va qisman rang- tasvirlarni bajarishda foydalaniladigan , suv qo'shib ishlatiladigan, tez quriydigan bo'yoqdir. U bilan tasvirlar bajarishning murakkabligi shundaki, bo'yoq surtilgan paytda to'q, qurigandan keyin esa ochlashib ko'rinishidir. Shu jihatini hisobga olib turilmasa, ranglar orasidagi muvofiqlikni ushlab turish ancha qiyin kechadi. Buning uchun odatda har bir surtiladigan asosiy ranglar alohida-alohida maxsus idishchalarda tayyorlanib olinib, so'ng unga bir oz boshqa qo'shimchalar aralashtirib tasvir ishlanadi. Ranglarni ishlatishda, uning to'q-ochligi, rang tuslarining qanday topilganini doimo tekshirib, bilib turish uchun bir bo'lak qog'ozga tayyorlangan aralashmani surtib aniqlab, so'ng qo'llansa maqsadga muvofiq bo'ladi.
    Guash bo'yog'ida juda ko'p o'tmish rassomlari ham asarlar yaratganliklari ma'lum. Ularning ajoyib-ajoyib natyurmort, manzara, teatr bezaklari, portret, plakatlari jahon tasviriy san'ati xazinasidan o'rin olgan. Ammo shunisi borki, bu nozik, saqlanishi ancha qiyin bo'lgan ishlarning ayrimlari, ayniqsa quyuq qilib ishlanganlarining bo'yoqlari o'chib, to'kilib ta'mir talab bo'lib qolganligi sir emas. Guash bo'yog'ida tasvirlarni bajarganda iloji boricha har bir rang tusi uchun alohida-alohida mo'yqalam tutgan ma'qul. Shunda ranglarni tiniq va toza, jozibali chiqishiga erishiladi. Mo'yqalamlarning turli o'lchamlardagisi va yumaloq hamda yapaloq ko'rinishdagilaridan foydalaniladi. Ayniqsa, yapaloq mo'yqalam bezak ishlarida hamda tezkor ranglavhalarni ishlashda juda qulaydir.
    Guash bo'yog'ida ranglavha va ayniqsa portretlar hamda odam tana qismlarini tasvirlash, nozik rang tovlanishlarini berish qiyin ishdir. Buning uchun ancha muncha mahorat, bilim, tajriba kerak bo'ladi. Tasvir ishlashning yo'l-yo'rig'i, usullarini puxta egallash esa ko'p amaliy mashg'ulotlarni talab etadigan jarayondir.
    Katta-katta monumental asarlarning eskizlari hamda kompozisiya losihalarini, bayram munosabati bilan tayyorlanadigan suratlarni ham guashda bajarish qulaydir. U bilan keng qamrovli, mahobatli tasvirlar tez ishlanadi.
    Rangtasvir ustalarining asarlarini kuzatar ekanmiz, ularning har biri texnologiyasi hamda uslubi jihatidan naqadar rang-barang ekanligini ko'ramiz va rassomlar mahoratiga tan beramiz. Chunki ijodkorlar bo'yoqning tasvir imkoniyatlarini ustalik bilan qo'llaganlar. Asarlarning biri quyuq bo'yoq qatlamidan foydalanib ishlangan bo'lsa, boshqasi esa juda nozik, yupqa qatlamda bajarilgan. Shunday asarlar ham borki, ular murakkab aralash texnikada bajarilgan. Ya'ni ham akvarel, ham guash texnalogiyasi ustalik bilan qo'llangan. Bunday mahoratli ishlangan asarlar qatoriga rus rassomlari V. Serov, K. Yuon, V. Kustodiyevlarning ijod namunalarini qo'shishimiz mumkin. Shunisi ham qiziqarliki, ayrim rassomlar akvarel bo'yog'ida yaratgan asarlarida guashning faqat oqini ishlatganlar va bu yaxshi samara berganligi ko'rinib turadi. Bunday asarlarga S. Gerasimov ijodiga mansub ishlarni misol qilib ko'rsatishimiz mumkin.
    Guash bo'yog'ining keyingi paytda yangi kashf etilgan turi ham mavjud bo'lib, uning nomi «fluoressentli guash» deb ataladi. Uning ijobiy tomoni sun'iy nur tushirilganda yorqinlik kasb etib, «yal-yal» yonib ko'rinishidir. Chunki uning ximiyaviy asoslari ultrabinafsha, binafsha, ko'k, yashil nurlardan g'ayrioddiy yorqin va tabiatdagidan ikki-uch marta kuchli rangda tovlanib ko'rinadi. Shu sababdan bunday bo'yoq turi teatr bezakchiligida keng qo'llanmoqda. Uning ta'sirchan yarqirab ko'rinishi uchun odatda kvars lampalarni nuridan ham foydalanish bo'lmoqda.
    O'quv-mashq ishlarni bajarishda, ayniqsa natyurmortlarni ishlashda guash bo'yog'idan foydalanish juda ham qo'l keladi. Uni moybo'yoq tasvirlar ishlashdan avval o'rganilsa maqsadga muvofiq keladi. Shuningdek, turli kompozisiyalarning eskizlarini o'quv- mashq namunalarini guash texnikasida bajarish qulaydir. U bilan katta-katta sathlarni yaxlit qilib bo'yash, tez ishlash mumkin.
    RANGTASVIRDA KOMPOZISIYA FANINING AHAMIYATI.
    Qalamtasvir yoki rangtasvir asarining kompozisiyasi «struktura» siga aloqador tushuncha mohiyatini qisqacha tarzda ko'rib chiqaylik. Buning uchun kompozisiyaning son bog'liqligi munosabatlarini birma-bir keltirib o'taylik: bu chizilayotgan narsaning absolyut o'lchamining uning asliga nisbati, chizilayotgan o'lcham tomonlarining o'zaro nisbatlari, predmetlarning masshtabi, ular orasidagi masofalar, narsalarning qanday burilib turganligi, ufq sathi darajasi, yorug'lik manbaining holati, soya-yorug'ning taqsimlanishi, tusi, soya va yorug'ning nisbiy muvozanati, shuningdek asosiy rang dog'lari muvozanati, tasvirlanayotgan ob'yektlar bo'laklarining o'zaro joylashishi, qiyofalar va fonga nisbatan «kontrast»lar farqi (rang, soya-yorug', o'lcham) kompozisiya unsurlarining fazodagi ko'rinishini tashkil qilish (metr, ritm) va boshqalar.
    Yuqorida keltirib o'tilganlarning barchasi predmetlarning sondagi belgilaridir. Ularni o'lchash va sanab ko'rsatish mumkin. Kompozisiyada qancha narsa ishtirok etayotganini aniqlash imkoniyati aniq. Shunday qilib ko'rish orqali qabul qilish mumkin bo'lgan belgilarni kompozisiyaning vositalari deb atashimiz mumkin. Bu asosda esa rassom ularning bevosita yordamida o'z fikrini ifodalash imkoniyatiga ega bo'ladi. Xuddi musiqa yaratayotgan kompozitor notalardan
    foydalangani singari rassom ham yuqorida sanab o'tilgan vositalardan foydalanib,
    o'z asari g'oyasini yuzaga chiqaradi, tasvirlarda ko'rsatib beradi. Sondagi kompozisiya sifatini ta'minlovchi, fikrni to'liq ifoda etishga xizmat qiluvchi
    belgilarni jamlovchi holat mazmuni kompozisiya tamoyillari deyiladi. Ular: yaxlitlik, mutanos iblik, o'lchamlar muvofiqligi muvozanat, birlik va uzviylik dir. bular orqali rassom ishning sifat darajasini ta'minlaydi.Natijada asar
    kompozisiyasi yuzaki emas, balki
    chuqur ma'no kasb etadi, tafakkurlash natijasida tushuniladi. Rassom kompozisiya tamoyillarini ustalik bilan qo'llab, har tomonlama yutuqqa erishadi, kompozisiya bekamu-ko'st bo'ladi. Ma'lumki, kompozisiya tamoyillari uch xil ko'rinishda namoyon bo'ladi. Ular quyidagicha: frontal, hajm-fazoviy va chuqurlik-fazoviy kabilardan iborat. Bulardan birinchisining belgisi - kompozisiyaning ikkita koordinat orqali (vertikal va gorizontal) riaojlanishini bildiradi.
    Unda uchinchi koordinat chuqurlik qolgan ikkisiga bo'ysungan holatda ishtirok etadi. Bunday kompozisiya amaliy - bezak kompozisiyalarida ko'p qo'llaniladi, hajm-fazoviy kompozisiyalarida esa shakllar uch o'lchamli holatlarda yaratiladi. Ular har tomondan turib, aylanib ko'rishga mo'ljallangan bo'lib, haykaltaroshlikda qo'llanadi. Chuqurlik-fazoviy kompozisiya predmetlarni kartina teksligida tasvir etishda qo'llanadi va dastgohli rangtasvirda foydalaniladi.
    Tarixdan ma'lumki o'tmishning ulug' rassomlari kompozisiya masalalariga juda jiddiy yondoshganlar va o'z asarlarini yaratishda umumqoida bo'lib qolgan tamoyillarga amal qilganlar. Kompozisiyaning «vertikal», «gorizontal», «doiraviy», «kvadrat», «burchak» va boshqa ko'rinishlarini qo'llab, yuksak natijalarga, go'zal ifodaviylikka erishganlar. «Oltin kesim» kompozisiya usulidan unumli foydalanish har sohada qo'l kelgani ham ma'lum.
    Kompozisiya tuzishga mohir bo'lgan va uni o'z asarlarida mukammal darajaga olib kelgan mo'yqalam ustalari ko'p, ularga misol qilib quyidagilarni qisman atab o'tsak o'rinli bo'ladi. Bunday o'tmish tasviriy san'ati ustalari: Leonardo da Vinchi. Mikelanjelo, A. Dyurer, J. D. Engr, P. Rubins, Rafael, Tintoretto, A. Ivanov, K. Bryullov, I.YE. Repin, YA. Mateyko va boshqalardir.
    O'zbek rassomlaridan tasviriy san'atning turli tur va janrlarida ijod qilgan va hozirgi paytda ajoyib asarlar yaratib kelayotgan musavvirlardan nomlarini ko'rsatib o'tishimiz mumkin. U. Tansiqboyev, I. Ikromov, Z. Inag'omov, CH. Axmarov, X. Husniddinxo'jayev, A. Abdullayev, R. Axmedov, R. Choriyev, I. Jabborov, A. Boymatov, J. Umarbekov, SH. Abdurashidov, A. Mirzayev, S. Abdullayev, A. Ikromjonov, B. Jalolov, A. Nuritdinov, O. G'oziyev va boshqa ko'plab ijodkorlarni bemalol kompozisiya ustalari deb atashimiz, ularning asarlarini ijobiy jihatlarini tahlil qilib, ibrat olishimiz mumkin, bu albatta o'quv- mashqlarni bajarishda nazariy asos vazifasini o'taydi.



    Download 0.79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II BOB. RANGTASVIR SAN’ATINING AVANGART YO‘NALISHI

    Download 0.79 Mb.