• Rangtasvir asarlarini yaratishda, qalamtasvirning ahamiyati
  • Rangning xususiyatlari.
  • Rangtasvir asarlarini yaratishda, qalamtasvirning ahamiyati




    Download 0.79 Mb.
    bet3/8
    Sana06.09.2022
    Hajmi0.79 Mb.
    #25631
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Zamonaviy O‘zbekiston rangtasvir san’atining avangart yo‘nalishi
    Miron va Poliklet. Haykaltaroshlikdagi komil inson obrazi, Касб таълими практикуми (Либос дизайни) тайёр, 1 курс Ўқув амалиёти Дастури охирги, 1.Matritsalar, Мустакил Таълим Узбекча Multimediya tizimlari 2 kurs, ECTS-ImplementationRecommendation, Dissertasiya Rahimov A, autoref realizatsiya didakticheskikh funktsii pedagogicheskikh izmerenii, Pinnacle Studio dasturiy ta, 1.Ariza, 1 variant, 1350-Artikkelin teksti-3549-1-10-20090204, asosiy ishlab chiqarish, Grafik ma’lumotlarni kiritish manipulyatorlari va ishlash tamoyillari. RT-DT
    1.2. Rangtasvir asarlarini yaratishda, qalamtasvirning ahamiyati
    Rangtasvir mashg'ulotlarida ranglar bilan ishlashda talabalarni ko'pchilik hollarda qiynab qo'yadigan narsa ranglarning o'zbekcha nomlarini yaxshi bilmaslikdir.
    Talabalarga rangtasvir mashg'ulotlarini olib borish uchun bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchisi rangtasvir asoslarini puxta egallash va rangshunoslik nazariyasini mukammal bilishi shart. Shuning bilan birga realistik rangtasvirning nazariy asoslari ilmini o'zlashtirish va amaliy mashq qilish natijasida savodli rangda ifoda yo'llarini o'rganish mumkin. Bu hol, ayniqsa, natyurmort ishlashda, uning ranglari to'g'risida so'z yuritganda ko'zga yaqqol
    tashlanadi. Ma'lumki bo'yoqlarning 150 dan ortiq ruscha tuslari mavjud.

    Sariq

    Agar ma'lum bandlikda va tartibd
    Ma'lumki tasviriy san'atning barcha turlarida rang muhim rol o'ynaydi. Rang gammasi deganda tasvirlarni ishlash jarayonida qo'llanadigan tus va ranglarning o'zaro muvofiq kelishini tushunamiz. Bu holatni quyidagi jonli misol bilan izohlasak o'rinlidir, masalan, musiqa san'atidagi ovozlar ma'lum notalar yordamida belgilanadi va foydalaniladi. Ular o'z holicha alohida-alohida, bir-biri bilan uyg'unlashtirilmay chalinsa ma'nosiz uzuq-yuluq ovozlardan iborat bo'lib qoladi.
    uyg'unlashtirib chalinsa yoqimli bo'lib eshitiladi.
    Ma'noli tasavvurlar zavq berish qudratiga ega bo'ladi. Ular ning sifati ovozlari o'rtasida- gi vaqt masofasi, ovozlar yo'g'on -ingichkaligiga ham bog'liq. Rang- tasvirlarini shlash jarayonida ham xuddi keltirgan misolimiz kabidir, ya'ni har bir rang va tus
    ning o'z yorqinligi va to'q- ochligi
    mavjud.Ularni nechog'lik bir-biri
    ga mosini topib, o'zaro muvofiq
    tarzda qo'llasak shunchalik tasvir
    sifatida aksini beradi, ma'no
    tashish quvvatiga ega bo'ladi. Agar bo'yoqlarni tasvir ob'yektiga zid holda birini juda yorqin, boshqasini nursiz qilib o'zaro bog'liqligiga moslamay ishlatsak, rangtasvir ma'nosiz va ta'sirsiz chiqib qoladi. Ranglarning yorqinlik kuchi va to'q-ochligi xuddi tabiatdagidek qilib olish va tasvirlashda qo'llash juda qiyin. Shu sababdan ham ular ochroq yoki to'qroq gammalarda tasvir ob'yektlariga mos tarzda, ma'lum nisbatlarda qilib olinadi. Mo'ljaldagi olingan gammaga moslab tasvirning eng to'q va eng och qismlari darajasi belgilab olinadi. Shunda ishlangan tasvirlar yaxlitlik, qiziqarlilik kasb etadi, ta'sirchan chiqadi.
    Har bir narsa va xodisa tasvir etilar ekan, uni xuddi aslidagidek qilib aks ettirish mumkin emas. Buni ko'pchilik san'at nazariyotchilari va rassomlar, amaliyotchilar doimo ta'kidlab keladilar. Zero, tabiatni tasvirlash undan olingan tasuvvurning qay darajadaligiga bog'liq muhimi tabiat ko'rinishi realligi tasavvurini obrazli tarzda ifoda etsa ishonarli bo'lsa shuning o'zi kifoya, o'zbek rassomlari ichida ham rangga juda e'tiborli munosabatta bo'ladigan, uning go'zal uyg'unligini ifodalab bera oladiganlari ko'p. Bunday usta, mahorat egalari mo'yqalam sohiblaridan M.Nabiyev, R.Axmedov, R.Choriyev, B.Burmakin, B.Boboyev, J.Umarbekov, A.Mirzayev, A.Ikromjonov, M.Toshmurodov, A.Nuriddinov, O.Qozoqov va boshqalarning nomlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Ularning ko'plab ajoyib asarlari fikrimizni tasdiqlab turibdi.
    Ma'lumki, tasvir ishlashni rang vositasida ishlash jarayonida atrof-muhit holati muhim ahamiyatga ega. Chunki chizilayotgan ob'yektga yorug'lik manbai atrofidagi boshqa buyumlarni ta'siri kuzatiladi. Ular
    o'z rangi, tusi bilan o'zaro muvofiq yoki nomuvofiq bo'lishi mumkin. Rassom ana shunday o'zgarishlarni chuqur anglab, tahlil qilib, so'ng ifoda etishi kerak. Aks holda tasvir jonsiz, ta'sirsiz chiqib qoladi, o'rganayotganlar uchun bunday holatlarni hisobga olib tasvirlashda natyurmortlar juda qo'l keladi. Chunki unda buyumlardagi soya, teri, shu'lalar, rang tuslarining o'yini ifodaviyligi yaqqol ko'rinib turadi. Ular tasvir shaklini, yorqinligini, yaxlitligini ko'rsatishda xizmat kiladi. Natyurmortni qanday xonada qo'yilganligini ham uning yorug' yoki qorong'iligi nur derazadan qay holatda va burchak ostida tushayotgani xam muhim ahamiyat kasb etadi. Shu'la («blik») va rangli shu'la («refleks») natyurmortdagi deyarli barcha predmetlarda aks etib turadi. Ayniqsa, yaltiroq sirtli narsalar sathida bu yaxshi sezilib turadi. Chunki ular yorug'likni yutmaydi, balki yog'dulanib qaytaradi. Nurni o'zida sindirib yuboradigan sirtli narsalarda aks shu'lalarni ba'zan sezib olish qiyinroq bo'ladi. Ammo ularni talaba ilg'ab olishini va tasvirlashni
    doimo mashq qilishi kerak. Buning uchun xar bir o'rganuvchi yosh rassom o'z bilimini ham nazariy, ham amaliy jixatlarini kitob qo'llanmalaridan o'qib rangtasvir namunalarini muzey va ko'rgazma zallarida ko'rish mumkin.
    Rangtasvir asarlarini yaratishda, qalamtasvirning ahamiyati
    Rangtasvirning ilmiy negizini rangshunoslik fani tashkil qiladi. Rangshunoslik bo'lg'usi rassomlarga ranglarni tabiatda hosil bo'lishi va tarqalishi masalalarini ularning atrof-muhit ta'sirida o'zgarib ko'rinishini, bo'yoqlarini tayyorlash va ulardan foydalanish yo'llarini o'rgatadi.
    O'rta Osiyoda ranglar xaqidagi ta'limot qadimdan kitob miniatyurasi, naqqoshlik, devorlarga freska, panolar ishlash bilan bog'liq holda rivojlanib kelgan. Chunki musavvirlik hunari rang tanlash va ularni tayyorlay bilishni talab etadi. Shuning uchun har bir shogird, avvalo, rang tayyorlash sirlarini va shu ishiga bog'liq kimyoviy jarayonlarni o'rgangan bo'lish kerak.
    Ranglarni tabiatda qanday xosil bo'lishi va tarqalish hodisalari qadimdan olimlar va rassomlarning diqqatini tortgan. Uyg'onish davri buyuk rassomlari va nazariyachilari Mon Battista Alberti, Leonardo da Vinchi va boshqalar rangtasvir haqidagi asarlarida ranglarning xususiyatlari haqida yozganlar.
    Atoqli va mashhur olimlar Nyuton, Lomonosov, Gelmgolslar ranglarning mohiyatini ilmiy asosda tekshirganlar. Issak Nton qator tajribalar o'tkazib, oq yorug'likning ko'p rangli ekanligini isbotlagan, ekranda spektor ranglarni hosil qilgan. Buning uchun Nyuton quyoshning oq yorug'ligini derazadagi qora pardaning ingichka tirqishidan o'tkazgan
    va yo'liga uch qirrali prizma qo'ygan, natijada ekranda har xil ranglardan iborat keng
    yorug'lik dastasi ko'rilgan.
    Ekranda ko'ringan ranglar spektr ranglar bo'lib, ular quyidagicha joylashgan edi: qizil, zarg'aldoq, sariq, yashil, zangori, ko'k va binafsha rang maxsus asbob - spektroskop yordamida ko'plab aniq va rav­shan spektrlarni hosil qilishi mumkin.
    Oq yorug'lik aslida murak kab bo'lib, rangdorlik jihati dan shunchalik turli- tumanki, bir rangdan ikkinchisiga o'tish da yana bir qator rang tuslari seziladi. Spektr ranglarni
    yomg'ir yog'ib o'tgandan keyin osmonda paydo bo'ladigan kamalakda, favvoralardan otilayotgan suv zarralarida kuzatish mumkin. Spektr ranglarni qayta bir joyga to'plansa, oq yorug'lik hosil bo'ladi. Nyuton ranglarni fizika fani nuqtai nazaridan o'rgangan bo'lsa, nemis shoiri va san'atshunos I.V.Gyotenni ko'proq ranglarni kishi organizmiga ko'rsatadigan ta'siri qiziqtirgan. Gyote «ranglar haqidagi ta'limot» nomli asarida ranglarni iliq va sovuq tuslarga ajratib, iliq (sarg'ish-qizil) ranglar kishida kayfu-chog'lik tuyg'usini, sovuq (havorang-yashil) ranglar esa ma'yuslik tuyg'usini uyg'otishi haqida yozgan.
    XIX asrda nemis tabiatshunos olimi G.L.Gelmgals rangshunoslik nazariyasida muxim yangilik yaratgan. Ko'p yillik tajribalari asosida xromatik ranglarni uchta asosiy alomati-rang toni (nomi), rangning och-to'qligi va to'yinganligi asosida turkumlash kerakligini ko'rsatgan.
    Rang muammolarini o'rganishga yapon olimlari hamisha jiddiy qarashgan. Hozir ham dunyoda yagona bo'lgan Tokio rang institutida inson qalbiga ta'sir etadigan tabiat Hodisasi- rang atroflicha o'rganiladi.
    Ranglarning nomini ifodalovchi, ya'ni ularni birinchi qizil, ikkinchisini ko'k, uchinchisini binafsha va hokazo deb atalishiga asos bo'lgan belgisi rang toni deyiladi. Biroq xromatik rangga ozroq kulrang qo'shsak, uning sho'xchangligi pasayib, nursizlanadi. Bu hol rangning kam to'yinganligi, ya'ni uning tarkibidan sof bo'yoqning kamayganligidan darak beradi.
    Demak, rangning to'yinganligi deganda, uning kulrangga nisbatan rangdorlik darajasini , tozaligini tushunish kerak.
    Yuqorida aytilganlardan ma'lum bo'ladiki, xromatik ranglar bir-biridan uchta asosiy xossasi-rang toni (rangning o'zi), rangni och-to'qligi va to'yinganligi bilan farq qilar ekan. Spektrni sinchiklab kuzatsak, uning eng chekkasidagi qizil va binafsha ranglar orasida o'xshashlik alomatlarini sezamiz. Ikkala rang bir-biriga qo'shilsa, ularning oralig'ida qirmizi ranglar hosil bo'ladi. Bu hosil bo'lgan rangni qizil rang bilan binafsha rangning o'rtasida joylashtirib spektr tutashtirilsa, xalqa kelib chiqadi. Buni rangshunoslikda ranglar doirasi deb yuritiladi. Ranglar doirasidan qizil, qizg'ish zarg'aldoq, sariq, sarg'ish yashil, yashiltab zangori havorang, ko'kimtir havorang, ko'k, ko'kimtir binafsha, qirmizi ranglarning har xil tuslari ko'rinadi.
    Ranglar doirasida rang tuslari juda ko'p bo'lishi mumkin. Lekin ko'zlarimiz ularni 150 taga yaqinini ajratishga qodir. Ranglarning doira bo'ylab joylashish tartibi muayyan saqlanadi. Rang doirasi ikki teng bo'lakka bo'linsa, birinchi yarmida qizil, zarg'aldoq, sarg'ish yashil (pistoqi) ranglar, ikkinchi yarmida esa yashil havo rang, feruza, zangori ko'k binafsha ranglar joylashadi. Doiraning birinchi yarmidagilar iliq ranglar, ikkinchi yarmidagilar esa sovuq ranglardir. Bunday nomlanishiga sabab-qizil, sariq ranglar olovni, qizigan temirni , cho'g'ni eslatsa, xavo rang, zangori, yashil ko'klar esa muzning, suvning rangini eslatadi. Bu farqlanish nisbiy bo'lib, xar qanday iliq ham o'ziga nisbatan iliqroq rang yonida sovuq bo'lib ko'rinishi va aksincha, sovuq rang o'zidan sovuqroq rang yonida iliqroq tuyulishi mumkin.
    Kimyo fani bo'yoqlarning topilishiga, moddalarni kimyoviy usulda qo'shib, bo'yoqlarning reseptlarini aniqlashga yordam beradi. Buyoqlar asosan ikki xil yo'l bilan tayyorlanadi. Buyoqlarning nomlari ko'pincha, qazilmadan qazib olingan joyning nomi bilan ajralib kelinadi.
    Masalan, buyoqlardan neopolitan sarig'ini olsak, bu sarg'ish malla rang bo'yoq Italiyaning Neapol shaxri atrofidagi tog'lardan vulqon bilan otilib chiqqan moddadan tayyorlanadi. Xalilovka oxrasi-oltin tusli bo'yoq bo'lib, Uralda Orenburg rayonida Xalilovka qishlog'ida olinadi. Hind sarig'i-to'q sariq bo'yoq, Hindistonning Bengaliya shtatida o'sadigan xurmo daraxti yaprog'idan tayyorlanadi. Yana ayrim yorqin qizil bo'yoqlarni kichkina jonivorlardan-dub daraxtida yashovchi qo'ng'izcha (kattaligi 2-8 mm). Shimoliy Amerikada yashovchi qizil chuvalchangdan tayyorlanadi.
    Tasviriy san'atda uning rangtasvir va grafika tushunchalari mavjud bo'lib, ular bir- biridan ishlanish yo'llari hamda uslublari, tasviriy vositalari bilan farqlanib turadi. Rang inson hayotida muhim rol uynaydi. U turli vaziyatlarda odamga har xil ta'sir etadi. Shuning uchun biz ayrim paytlarda ranglarni “quvonchli” va kayfiyatimizni tushkunligini ifoda etishi mumkin bo'lgan “xira” deb atashimiz bejiz emas. Inson qadimgi paytlardanoq rangning ana shunday xususiyatlarini hisobga olib, o'z faoliyatida unumli foydalanib kelganligi ma'lum. Ayniqsa, shunday vosita sifatida rassomlar undan ustalik bilan foydalanganlar. Asarlariga har xil ranglar bilan jilo berib, odamlar kayfiyatiga turlicha ta'sir etib fikrlar uyg'otadigan tasvirlar yaratishga erishganlar. Shuning uchun tasviriy san'atning juda ko'p turlari va janrlarida rang hamda uni ishlata bilish juda katta ahamiyatga egadir. Ammo u qalamtasvirning muhim ekanligi bilan quvvatli ekanligi ma'lum haqiqatlardan eng asosiysi desak to'g'ri bo'ladi. Shuning uchun qadimdan qalamtasvir chizishga rangtasvirning asosi sifatida karash shakllangan. Ammo rang hususiyatlarini yaxshi bilish har bir tasvir chizishni o'rganuvchi uchun juda ahamiyatlidir.
    Maktab fizika kursidan ma'lumki, ranglarning deyarli hammasi spektrning asosiy uch rangini qo'shish orqali olinadi. Ular qizil, sariq, zargori ranglardir. Bular asosiy ranglar deb ataladi. Asosiy ranglarni qo'shish orqali qo'shimcha ranglar olinadi. Masalan ,qizil va zangorini qo'shish orqali binafsha, qizil va sariqni qo'shish orqali zarg'aldoq, sariq va zangorini qo'shish orqali esa yashil ranglarni hosil qilish mumkin. Ranglar tabiattan ikki xil xususiyati: iliq va sovuq bo'ladi. Iliq ranglar qatoriga qizil ,sariq zarg'aldoq va ularga yashil ranglar, sovuq ranglar qatoriga yashil, zangori, binafsha va ularga yaqin bo'lgan ranglar kiradi. Shuningdek axromatik ranglardir. Qolgan ranglarning hammasi xromatik ranglardir. Axromatik ranglar bir biridan faqat och-to'qligi bilan farq qiladi . Masalan, oq, kul rang, qora, qoraroq, juda qora va boshqalar . Xromatik ranglar esa bir-biridan rang tusi ya'ni -qizil, sariq , ko'k, yashil, jigar rang va hakozo . Och-to'qligi ya'ni och qizil, to'q sariq, to'q qizil, och sariq va to'yinganligi ya'ni yorqin, xiraligi bilan farq qiladi. Rang doirasida qarama- qarshi joylashgan ranglar “kontrast”ranglar deb ataladi. Kontrast ranglar bir-biridan keskin farq qilib, biri ikkinchisini yanada yorqin qilib ko'rsatadi. Masalan, yashil rang fonida qizil rang juda yorqin bo'lib ko'rinadi va aksincha qizil rang fonida yashil rang ancha yorqinlashadi. Rang bilan ishlashda rang garmoniyasini, ya'ni ranglar uyg'unligini, bilish katta ahamiyatga ega.
    Narsa va hodisalarni tasvirlashda moy bo'yoq, tempera, akvarel, guash kabi bo'yoqlar ishlatiladi. Narsalarni bo'yoq yordamida tasvirlash ancha murakkab jarayon bo'lib, kishidan ranglarning xususiyatlarini va ularni samarali, o'quvli tarzda ishlatish usullari texnikasini bilishni taqozo etadi Buyoqlar yordamida narsaning hajmi, fakturasi va fazoviy holatini tasvirlash rangtasvirlashning asosini tashkil etadi. Har bir narsani chizuvchi tasvirlar ekan u ranglarga jiddiy e'tiborini qaratish kerak. Ana shunda rangning tabiatdagi ko'rinishi farqli ekanligini bilib olish mumkin. Chunki narsaning rangi bizdan uzoq yaqinligiga qarab o'zgarib ko'rinadi. Buning sababi esa havo, atrof-muhitning predmet ko'rinishiga ta'siridandir. Qog'oz sathida ranglar munosabatlarini to'g'ri nisbatlarda topib ishlatish rangtasvirning haqqoniy aks etishda muhim ahamiyat kasb etuvchi omillardan eng muhimi deb hisoblasak o'rinlidir.
    Akvarel bo'yog'ida ishlash ham o'z navbatida jiddiy o'qib o'rganishni, qattiq mashq qilishni talab etuvchi mashg'ulotdir. Ishning nazariy qismi amaliyot bilan bir paytda puxta o'rganib borishni taqozo etadi.Arxomatik ranglardan boshqa barcha ranglar, ya'ni biror rang tusiga ega bo'lgan ranglar xromatik ranglarga kiradi.Quyosh spektirining barcha ranglari hamda ularning bir birlari bilan aralashtiruvidan hosil bo'lgan xamma ranglar jumlasidandir. Shuningdek, oq rang bilan rang tuslari ham xromatik ranglar jumlasiga kiradi.
    Xromatik ranglar axromatik ranglardan farqli o'laroq, faqatgina yorug'lik kuchlari bilan emas, balki nomlari, tuslari jihatidan xam ajralib turadi. Masalan, sariq rang qizil rangdan ham yorug'lik kuchi bilan, ham rangining tusi bilan keskin farq qiladi. Har bir xromatik rang uchta xossaga rang tusiga , rang yorug'ligiga (bunda kam yoki ko'p yorqinlik ko'zda tutiladi), rang to'yinganligiga (bunda kam yoki ko'p yorqinlik ko'zda tutiladi ), rang to'yinganligiga (rang quyuqlilgiga )ega bo'ladi. Har bir xromatik rang ana shu uchta xossaga ko'ra bir -biridan farqlanadi.
    Rang tusi ranglarning to'lqin uzunligiga qarab belgilanadi. Rangning bu xossasiga ko'ra biz ko'z orqali qizil , sariq, zangori va boshqa spektral ranglarni ko'ramiz hamda idrok kilamiz. Lekin rang tuslari ularga qo'yiladigan rang nomlariga qaraganda ancha ko'pdir. Agar biror rangga tusining to'lqinlar uzunligi o'zgarmaydi. Chunki oq rang qo'shilganda faqatgina rang yorqinligi o'zgaradi va qaytarish kaeffisenti bilan ifodalanadi. Yorqinlikni aniq o'lcham uchun fotometr degan asbobdan foydalaniladi. Rang tuslari spektor
    ranglariga kanchalik yaqinlashsa, ularning yorqinligi shunchalik yaxshi buladi.
    Rangning xususiyatlari.

    Download 0.79 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rangtasvir asarlarini yaratishda, qalamtasvirning ahamiyati

    Download 0.79 Mb.