Akvarelda ishlash texnologiyasi va usullari




Download 0.79 Mb.
bet4/8
Sana06.09.2022
Hajmi0.79 Mb.
#25631
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zamonaviy O‘zbekiston rangtasvir san’atining avangart yo‘nalishi
Miron va Poliklet. Haykaltaroshlikdagi komil inson obrazi, Касб таълими практикуми (Либос дизайни) тайёр, 1 курс Ўқув амалиёти Дастури охирги, 1.Matritsalar, Мустакил Таълим Узбекча Multimediya tizimlari 2 kurs, ECTS-ImplementationRecommendation, Dissertasiya Rahimov A, autoref realizatsiya didakticheskikh funktsii pedagogicheskikh izmerenii, Pinnacle Studio dasturiy ta, 1.Ariza, 1 variant, 1350-Artikkelin teksti-3549-1-10-20090204, asosiy ishlab chiqarish, Grafik ma’lumotlarni kiritish manipulyatorlari va ishlash tamoyillari. RT-DT
Akvarelda ishlash texnologiyasi va usullari.
Akvarel-lotincha so'z bo'lib, suvga qoriladigan bo'yoq, shuningdek,akvareldan ishlangan rasm degan ma'noni bildiradi . Akvarel qadimgi Misr, Yaponiyada keng qo'llanilgan, XXI asrdan akvarelda yirik san'at asarlari ishlash juda taraqqiy etgan. Akvarel bilan ishlash bundan bir yarim asr avval Angliyada rivojlangan edi. D.Kozens, Tyorner, D.Konstabel, R.Bonington, G.Gyorten kabi rassomlar o'zlarining akvarelda ishlagan asarlarida Angliyaning go'zal tabiatini mohirlik bilan tasvirlaganlar. Rossiyada esa akvarel bilan ishlash san'ati XVIII asrdan e'tiboran keng yoyila boshladi. O'rta asrlarda Rossiyada bo'lganidek, G'arbiy Yevropada ham akvareldan Cherkovga qarashli bo'lgan diniy kitoblarni naqsh va illyustrasiyalar bilan bezashda foydalanildi. Lekin bu vaqtlarda akvarel oq bo'yoq moddasi qo'shilgan holda ishlatilar edi.

namoyondalari
S.V.Gerasimov,
O'rta Osiyoda akavrelda kitoblarni chiroyli qilib bezash maqsadida qo'llanildi. O'rta Osiyo rassomlari ichida, ayniqsa, Kamoliddin Behzod kitoblarga akvarel bilan miniatyura hamda illyustrasiyalar ishlashda shuxrat qozondi. XIX asrning oxirlarida akvarelda I.YE.Repin, V.A. Serov, M.A.Vrubel, kabi rassomlari o'z asarlarida yangicha sifatlarini namoyish qildi. Rus tasviriy san'ati A.M.Grasimov, O.G.Vereyskiy,

san'atining rivojini B.Hamdamiy,
K. Cheprakov va ayniqsa CH.

Kukrinskiylar N.N.Volkov, YU.I.Neprensev va boshqalar ham akvarelda ko'plab qiziqarli asarlar yaratdilar. Ular yaratgan asarlarning ko'pchiligini kitoblarga ishlangan illyustrasiyalar tashkil etadi.
O'zbekistonda esa akvarelda ishlash
O'.Tansiqboyev, G. Shevyakov, G.Siganov,
Ahmarovning ijodida ko'rish mumkin.
Akvarel bilan ishlash usullarining murakkablash uvi, takomillashuvi uning turlarini ko'payishiga va xilma - xillashuviga olib keldi. Hozir akvarelning bir qancha turlari mavjud.
Chunonchi qattiq, yumshoq va xamirsimon xoldagi akvarellar. Bu bo'yoqlar badiiy bilim yurtlarida, ayniqsa amaliy va dekorativ san'at o'kuv yurtlarida kompozisiyalar, eskizlar tuzishda qo'llaniladi. Akvarel bo'yoqlari ikki qismdan: bog'lovchi element hamda bo'yoq kukinidan tarkib topadi. Bog'lovchi emulsiya tayyorlanadigan moddalarni tanlashda bo'yoq rangini o'zgartirmaydigan, qog'ozga surtilganda tekis yotadiganlaridan foydalanadi.
Bog'lovchi moddalar asosan gummi arabika, olcha, olxo'ri va boshqa daraxtlarning shiralaridan tayyorlanadi. Daraxt shirasidan, masalan, olcha shirasidan juda osonlik bilan eritma tay.rlanadi. Shuningdek, bo'yoqning tez-qotib qolmasligi, pishiqligini va suvda eruvchanligini oshirish uchun unga asal, glisirin, dekstrinlar qo'shiladi. Bog'lovchi modda tayyorlanayotganda har bir element ko'rsatilgan miqdorda olinishi lozim. Har bir akvarel uchun bog'lovchi emulsiya turli miqdorda tayyorlanadi.
Taxtacha ko'rinishdagi akvarel uchun emulsiya shiraning dekstrining suvdagi eritmasi meva shakari, ho'kiz o'tidan tayyorlanadigan aralashmadan iborat bo'ladi. Dastavval shiraning hamda dekstrining suvdagi eritmasi tayyorlanadi.
Meva shakari suv bilan aralashtirilib sirobsimon eritma hosil qilinadi. Ana shu uch xil eritma birgalikda to'xtovsiz aralashtiriladi. Hamda unga o'tdan tayyorlangan aralashma va fenaldan keraplicha tomiziladi. Chinni idishlardagi yumshoq akvarel uchun emulsiya tayyorlashda esa yuqoridagi moddalar ko'proq miqdorda oshrib meva shakari o'rniga asalari mo'mi va glisirin qo'shiladi.
Tyubiklarda chiqariladigan akvarel tarkibidagi bog'lovchi elementining ko'pchilik qismini asal tashkil etadi.Glisirin va shira ozroq miqdorda qo'shiladi.
Akvarel tayyorlashda qo'llaniladigan bo'yoq kukunlari tabiiy yoki sun'iy kukunlar bo'lishi mumkin. Ayrimlari o'simliklar yoki hayvonlarda o'raydigan pigmentlardan masalan , jigar rang , qarminli bo'yoqlardan tayyorlanadi. Bo'yoq kukunlarini tanlashda va tayyorlashda ularning tiniqligiga, bir-biriga yaxshi aralashishiga e'tibor berish lozim. Masalan, qo'yidagi bo'yoq kukunlardan foydalanish tavsiya etiladi. Sariq kukunlar tabiy,jigar, rang, sariqmars, zarg'aldoq mars va hakozolar.
Qizil kukunlar: qizil tusli mars, qirmizi.
Binafsha: binafsha tusagi kukun.
Yashil kukunlar: zumrad rang, yashil rangli ranglar.
Zangori: zangori laklar.
Jigarrangli kukunlar : kuydirilgan jigar rang, jigar rang mars.
Qora kukunlar : -uzumdan olinadi.
Akvarel tayyolash uchun bo'yoq moddasi tayyor emulsiyaga aralashtiraladi tosh plita yoki mahsus xovonchada yaxshilab ishlanadi. Agarda sinash uchun olingan bo'yoq suvda yaxshi erishsa, aralashtirish hamda ishlov berish uchun tayyor bo'lgan xisoblanadi. Shuni esda tutish lozimki, qo'yilgan akvarel bo'yog'i qurilganidan keyin o'z rangini biroz o'zgartirib olishadi. Bunga bo'yoq qavatidagi suvning bug'lanishi, qog'ozga singishi ta'sir etadi.
Endi akvarel, tush va ularni ishlatishda qo'llaniladigan ba'zi qurol va vositalar haqida to'xtalib o'tamiz: 20

  1. Bir akvarel mo'yqalamda oson olinishi, suvda yaxshi eriydigan bo'lishi kerak. Akvarel boshqa bo'yoqlardan qog'ozga yubqa qalam tarzida o'tishi tekis, silliq surkalishi, qo'yilib va bir joyga qatlam tarzida yig'ilib qolmasligi bilan ajralib turadi. Akvarelga ko'p vaqt suv tegmasa,xaddan tashqari qUzbekiston Respublikasiqshab ketib, uni ishlatish qiyin bo'lib qoladi. Shuning uchun chinni idishlar va tyubiklardagi akvarelni qorong'u va slqin joylarda saqlash lozim. Agar tyubikdagi akvarel qotib qolsa tyubikka mris bilan suv yuborish yoki uni suvli idishga biror soat solib qo'yish tavsiya etiladi. «Leningrad» markali akvarel sifatli akvarellardan xisoblanadi va u plastmassa idishlarda ishlab chiqariladi. Unda bo'yoqlarning 24 hili mavjud bo'lib, plastmassadan tayyorlangan palitra ham joylashtirilgan.

  2. Tush asosan yozish-chizish, bezak va boshqa ishlarda kenqo'llaniladi. Ularning xillari juda ko'p. Tushlar suyuq holda shisha idishlarda va taxtacha hamda qalamcha shaklida qattiq holatda ishlab chiqariladi.

Kerakli tushlar maxsus idishlarda suyultiriladi. Ulardan axromatik ranglarning har xil tuslari xosil qilinadi. Tushni juda quyuq ishlatilmaslik lozim. Ular etyudlar uchun muljallangan bo'lib, 20-30 donasi kerakli o'lchamda bir-birlariga yelimlab qo'yilgan bo'ladi. Qog'ozlarni bir-birlaridan ajratib olishda birorta uchi o'tkirroq asbobdan foydalaniladi. Orqasiga qo'yilgan karton esa uni g'ijim bo'lishidan asraydi.

  1. «Stirator» bittasi kattaroq, ikkinchisi kichikroq o'lchamga ega bo'lgan va bir-birini ichiga kirib turadigan ikkita ramkadan iborat ishlatishda qo'llangan qog'oz ikkala ramka orasiga qo'yilib siqib jipslashtiriladi. Stirator bundan tashqari ramka va planshetdan iborat bo'lishi ham mumkin. Bunday stirator ikki oyoqli qilib yasaladi. Qog'oz stiratorga tortilganidan keyin uni tizza ustiga g'o'ygan holda ishlatish mumkin. Shuningdek stirator oyog'siz holda ishlatilganda esa mahsustutqichga o'rnatiladi. Stiratorga tortiladigan qog'oz oldin suvga ho'llab olinadi. Qog'ozni ho'llash uchun yumshoq lattadan foydalaniladi. Burchaklarida 1,5-2 smgacha joy quruq qoldiriladi. Qog'ozni ikki tomoni ham xuddi shu zaylda qo'llaniladi, so'ng ramkaga tortilgan qog'oz o'zgarmas temperaturali joyiga qo'yib quritiladi. Stirator asliga qarab rasm ishlashda va manzaralarni tasvirlashda qulaydir.

  2. Planshet tasviriy san'at darslarida keng qo'llaniladi. Planshetga qog'oz tortishida uning to'rttala tomoni 1,5-2 sm buklanadi. Qog'ozning teskari tomoni jiqqa ho'l latta suvini o'ziga shishib olguncha surtiladi. Chetga qayrilgan burchaklari eng quruqligicha qondiriladi. So'ngra qog'ozning old tomoni aylantirib g'o'yiladi va u ham chetki tomonlariga tekkizmasdan ho'llanadi. Undan keyin burchagidan bir tomoni, so'ngraqaramaqqarshi turgan tomoni

bosib tortilishi lozim. Qolgan ikki tomoni ham xuddi shunday diogonal bo'yicha yelimlanadi yoki knopka bilan qistiriladi. Qirralari esa barmoq yordamida tekis qilib yopishtirib chiqiladi. Yelimlangan tomonlarida xech qanday tirishgan va qabariq joylar bo'lmasligi lozim. Qo'l planshet mo''tadil temperaturali joyga qo'yib quritiladi. Shundagina u ishga yaroqli bo'ladi.

  1. Yig'ma qopchiq ham etyudlar ishlashda ekskursiyalarga chiqqanda juda as qotadi. Uni brezent matodan ixchamgina qilib tikib olish mumkin kerakli jixozlarni yig'ma qopchiqqa tartib bilan joylashtirish lozim. Uning yuqori qismiga tasmalar tikib qog'oznimaxkamlab qo'yish kerak. Pastki qismiga esa xar-xil o'lchamdagi cho'ntaklar tikiladi. Cho'ntaklarga esa maxsus idish, katta akvarel va xakozolar solib olinadi. Materialni tikayotganda orasiga karton bo'laklarini kerakli o'lchamlarda qo'yish tavsiya etiladi Qo'yilgan karton bo'laklar qog'ozlarni buklanib qolishidan saqlaydi.

  2. Mo'yqalamlar. Akvarel bilan ishlayotganda foydalanish lozim , mo'yqalamlar ikki xil bo'lib, ularning bir xillari moyli bo'yoqlarga, boshqa xillari esa akvayerel bo'yoqlarga, boshqa xillari esa akvarel bo'yoqlarga muljallangan ( yelimlash uchun mo'ljallangan mo'yqalamlar uchun mustasno). Ularni ko'rinishiga qarab quyidagicha farqlash mumkin. Yalpoq (moyli bo'yoqlar uchun muljallangan mo'yqalamlar kurakcha va dumaloq shaklda bo'ladi). Akvarel uchun ishlatiladigan mo'yqalamlar yumaloq bo'lib uch tomoniga qarab ingichkalashib boradi va bu juda mayda detallarni ishlash uchun qulaylik tug'diradi. Rasm ishlaganda qog'ozni yuzi buzilmaslik uchun bu mo'yqalamlar maxsus yumshok yunglardan yasaladi. Akvarel mo'yqalamning kolonok, olmaxon, savsar yungidan yasalgan turlari mavjud.

Mo'yqalamning ishga yaroqli yoki yaroqsizligini bilish uchun uni toza suvga tiqib olib silkitish kerak. Agar shunga mo'yqalamning uchlari to'planib qolsa-yaroqli, to'zib tursa- yaroqsiz bo'ladi. Mo'yqalamningt bandida nomeri bo'ladi. Bu nomer mo'yqalam mo'y qismining kengligini bildiradi. Nomerdagi sonlar ortib borishi bilan yung qismining kengligi ham ortib boradi. Shuning uchun akvarel bilan ish ishlashda mo'yqalamning kerakli nomeri yuzaning katta yoki kichikligiga qarab tanlanadi. Tasviriy san'at darslarida ingichka mo'yqalamlardan kam foydalaniladi, chunki ular bilan katta rasmlarni bo'yab bo'lmaydi. Bu xildagi mo'yqalamlar ko'proq mayda detallarni hamda dekorativ bezash ishlaridagi naqshlarni bo'yashda ishlatiladi. Yuqorida nomeri ko'rsatilag yo'g'on xajmdagi mo'yqalam bilan katta rasmlarni bo'yash mumkin, uning ingichka uchi esa suratning mayda detallarini ishlash imkonini beradi. Umuman olganda butun ishni bitta mo'yqalamda bujara olish imkoni tug'iladi. Shunda ko'z hamda qo'l xarakati uyg'unlashadi. Tajribali rassomlar ko'pincha ikki tomonida ham mo'yi bo'lgan mo'yqalamlardan foydalanadilar. Ularga maxsus buyurtma berish tayyorlatish mumkin.
Bulardan tashqari, xar-xil o'lchamdagi kurakchasimon, yalpaq mo'yqalamlar ham ishlatiladi. Endi mo'yqalamlarni ishlatishning bir qator usullari haqida gapirib o'tamiz. To'g'rirog'i, bu usullar, tavsiya etilayotgan yo'llanma bo'lib, ular umumiy qoida tarzda qo'llanilmaydi. Chunki ba'zi mo'yqalamni boshqacharoq vaziyatda ishlatishga to'g'ri kelib qoladi. Bordiyu, mo'yqalam bilan keng yuzalarni bekitishga to'g'ri kelsa,
uni burchak ostidan ushlash hamda ishni qog'ozning tepa qismidan uzib-uzib bo'yoq berishdan boshlash zarur. Bunda mo'yqalam qog'ozning chap tomonidan pastka va ayni vaqtida o'ng tomonga qaratib tez-tez xarakatlantiriladi. Agar yupqa va tirnoq bo'yash kerak bo'lsa, mo'yqalam tik ushlanadi, hamda ohistagina qog'oz bo'ylab yurgiziladi.
Kuchli mazok hosil qilish (uzib-uzib bo'yoq berish)uchun mo'yqalam kerakli joyga qattiqroq bosiladi va darhol ko'tarib olinadi. Oqib ketayotgan bo'yoq esa toza mo'yqalamga shimdirib olinadi. Xomaki rasm ishlashda kerakli bo'yoqni o'z ichida birndaniga qo'yish aloxida maxorat talab qilinadi. Lekin mo'yqalam qog'ozga oxirigacha bosib yuborilsa, hamma bo'yoq birdaniga oqib tushib ketishi mumkin.
Qo'yilgan mazoklarni xarakterli bo'lishi muxim axamiyat kasb etadi. Mo'yqalamlarni ishlatayotganda ayniqsa uning mo'y qismi tez ishdan chiqishini unutmaslik kerak. Bo'yoq olinayotganda mo'yqalamni xaddan tashqari ko'p ishqalash tavsiya etilmaydi, sababi mo'y qismi tez to'kilib keatdi. Bunda mo'yqalam bo'yoq ustida oldinga va orqaga hamda chapga va o'nga tomon tez-tez, yengil-yengil yurgiziladi. Bir marta bo'yoq olinganidan so'ng, ikkinchi olishga mo'yqalam dastavval tozalab yuviladi va latta bilan siqib tashlanadi. Toza suvga botirib olinganidan keyingina navbatdagi bo'yoq olinadi.
Dastlab sakkiz nomerlaridan to o'n, o'n ikkinchi nomergacha bo'lgan mo'yqalamlarni ishlatish mumkin. Keyinchalik esa, o'n ikki, o'n turt nomergacha, balki undan kattaroq nomerli mo'yqalamlar ham ishlatiladi.
Mo'yqalam ishlatilib bo'lingach, tozalab yuviladi va latta bilan siqilganidan so'ng tirgakka solib qo'yiladi yoki mo'y qismi yuqo23riga qilingan holda stakanda saqlanadi. Ba'zan mo'yqalamni yung qismini stolning chetidan bir oz chiqarib qo'yish ham mumkin.

  1. Palitra. Tasviriy san'at darslarida oddiy, oq rangdagi yassi laganchadan palitra sifatida foydalanish mumkin. Etyud ishlash paytida metalldan yasalgan va sirlangan yoki plastmassadan yasalgan palitralardan foydalangan ma'qul. Palitraning eng yaxshi tomoni shundaki, unga qo'yilgan bo'yoqlar aniq va ravshan, tiniq bo'lib ko'rinib turadi. Shuningdek uzoq vaqtgacha qurilmasdan saqlanadi. Palitiraning rangi oq bo'lganligi sababli bo'yoqlarni tuslari o'zgarmasdan ko'zga tashlanadi. Palitradan foydalanish usullari va unga bo'yoqlarni joylashtirish tartibi ko'rsatilgan. Bo'yoqlar ko'zga qanchalik yaqin bo'lsa ularni bir-birlarini ajratish ham shunchalik oson va qulay bo'ladi. Politraga ranglarni

joylashtirishda muayyan tartibga rioya qilish taldabalarning sifatli ishlashlariga, ko'zlari va qo'llarining avtomtik ravishda xarakat qilishga, ishni tez bajarishlariga yordam beradi va ularni ortiqcha qiynab qo'ymaydi.
Politraga oldin iliq ranglardan sariq bo'yoqlar, keyin zarg'oldoq qizil, rang yoki jigar ranglar va nihoyatda zangori, binafsha ranglar (bular sariq ranglar jumlasidandir) qo'yiladi. Politraga qo'yilgan bo'yoqlarni bir-biri bilan aralashtirishda iflos mo'yqalamlardan qat'iyan man qilinadi. Shu tariqa politradagi bo'yoqlar toza saqlanadi. Ish tamom bo'lgandan so'ng politra yaxshilab tozalab qo'yiladi, ayniqsa politraning suv tekkan joylari yaxshilab artiladi.

  1. Stakan suv olish uchun eng yaxshi idish hisoblanadi. Ekskursiyalarda, etyud ishlashda metal yoki shishastakanlar bankalar juda qo'l keladi. Akvarel bilan ishlashda suv olish uchun qo'llaniladigan idishlarning turlari har-xil bo'lishi mumkin.

  2. Qalamlar akvarel bo'yog'ida ishlangan rasmlarning yaxshi chiqishida muxim rol o'ynaydigan vositalardan biridir. Tasviriy san'at darslarida asosan o'rtacha yumshoqlikdagi qalamlardan foydalaniladi.”TM” markali qalam chizish uchun juda qulaydir. Qalamlarning tomonida nomi, so'ngra esa qattiqroq yoki yumshoqlik darajasi yozib qo'yiladi. «T» qattiqlik ma'nosini anglatadi, uning yonidagi son qattiqlik darajasini ko'rsatadi. «2T» belgili qalam «T» belgili qalamdan qattiqroqdir. Tasviriy san'at darslarida qattiq qalamdan nafis joylarni shtrixlashda foydalaniladi. Ular chizmachilik darslarida ham qo'llaniladi. Yumshoq qalamga «M» belgisi qo'yilib, yumshoqlik darajasi sonlar bilan ko'rsatiladi.

Rasmning sifati ko'pincha qalam o'zining yechilishiga bog'luq bo'ladi.
Rasm chizish uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish maqsadida qalam uchini
dars yoki mashg'ulot boshlanishidan oldinroq qo'ygan ma'qul. Qalamni ish joyida ochmaslik lozim, chunki grafitning ko'zga ko'rinmaydigan zararlari rasmni iflos qilib yuboradi. Eng yaxshisi qalamni quticha yoki qog'oz parchasi ustida ochishdir. Bunda chiqindilarni maxsus yashikka tashlash oson bo'ladi. Qalamni haddan tashqari bosib chiqish yaramaydi. Chunki uning uchi sinib qolishi mumkin.
O'quvchilarni qalamni ochilgan yeridan uzunroq ushlashga o'rgatish yaxshi natija beradi. Qalam umuman uchta barmoq bilan ushlanadi va unchalik qattiq siqib olinmasdan erkin yuritiladi. Uzunroq qalamlardan foydalangan ma'qul.Chunki kalta qalamlarda naturaning o'zaro nisbatlarini o'lchab chizish qiyinlashadi. Siyoh rangli qalamlarda rasm chizish mumkin emas: chiziqqa suv tegsa, bo'yalib ketadi. Qalam bilan chizishda aniqlik, puxtalik va malakali bo'lish talab etiladi.



Download 0.79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akvarelda ishlash texnologiyasi va usullari

Download 0.79 Mb.