|
E- conference s e r I e s premium best q uality guaran tee serviceBog'liq Italy Econference Series Nov 2023 package
Proceedings of International Educators Conference
Hosted online from Rome, Italy.
Date: 25
th
Nov., 2023
ISSN: 2835-396X Website: econferenceseries.com
66
INSON TARAQQIYoTINI VORISIYLIK ASOSIDA TUShINIShGA
TARIXIY MUNOSABAT
Sherboboev Muxriddin Azimmurod
o‘g‘li
Alfraganus universiteti, ijtimoiy fanlar
kafedrasi katta
o‘qituvchisi
E-mail: msherboboyev@bk.ru
Borliqdagi barcha qonuniyatlar xamma narsalar uchun birdek amal qiladi. Jumladan
bu tarixiy jarayonlarga ham
ta’luqlidir. Tarixiy taraqqiyot falsafaning inkorni inkor
qonuni asosida ishlaydi. Yangi hech qachon eskini inkor qilmaydi. Shu sababdan
jamiyot taraqqiyoti uchun biz tarixiy xotiraning
o‘rnini naqadar muxim ekanligini
anglamog‘imiz lozim.
Falsafa tarixida ijtimoiy taraqqiyot masalasi
o‘rganilganda albatta, tarixiy
jarayonlarga murojaat qilinadi. Bunda tarixdan kelajakka qoldirilgan ijobiy yoki
salbiy
o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Ijtimoiy taraqqiyot tarixiylik hususiyatiga ega.
Ijtimoiy taraqqiyot tarixiy davrda yuz beradi. Biz jamiyat tarixini tahlil qilish
asnosida muayyan tarixiy taraqqiyot davrlarini, sivilizatsiyalarni va ularning
sabablarini aniqlashimiz mumkin
bo‘ladi.
Mashxur ispan faylasufi Ortega-i-Gasset ijtimoiy taraqqiyotning asosiy
sub’ekti
sifatida alohida buyuk shaxslarni
e’tirof etsa-da, hozirda ommaning bu jarayondagi
o‘rni ortib borayotganligini ta’kidlab, shunday fikrni ilgari suradi: “Ommaning
ijodiy ozchilik funksiyasini egallashi biz yashayotgan davrning asosiy hususiyati
bo‘lib bormoqda... Yaqinda paydo bo‘lgan siyosiy rejimlar, mening fikrimcha,
ommaning siyosiy diktaturasidan
o‘zga narsa emas... Bugungi kunda biz omma
o‘zining hohish va istaklarini hech qanday qonunsiz qo‘pol tazyiq ostida
o‘tkazayotgan giperdemokratiya tantanasini ko‘rmoqdamiz”.[1,47] Shunday qilib,
“alohida buyuk shaxslar emas, balki oddiy o‘rtamiyona omma har qanday ijodiy
ozchilik va alohida shaxslarni yengib, jamiyatdagi
o‘zgarishlarni belgilamoqda
hamda bu bilan ular jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalarida stagnir
(lotin. stagnum
– turib qolgan suv, ko‘lmak) holatni yuzaga keltirmoqda. Demak,
“g‘oyalar” ko‘rinishidagi johil ommaning “irodasi” ijtimoiy hayotning “harakatga
keltiruvchi kuchi
” hamda “ko‘lmaklashi”ni yuzaga keltiradi. Shuningdek, davlat
“ommaning shafqatsiz hukmronligi” ostida yashamoqda”[1,48] deb ijtimoiy
taraqqiyotni baxolaydi.
|
| |