Eksperiment natijalariga statistik ishlov berishning zamonaviy usullari monografiya




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/45
Sana26.12.2023
Hajmi1,74 Mb.
#128387
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
Bog'liq
Wd3cBV9aDMQgnkT7Ggr5a3SYfpa6iV83EIJ7f0Up

Sug‘orish. Engil, qumloq tuproqli erlarda o‘stirilayotgan sabzavot ekinlarini oz-
ozdan tez-tez sug‘orish kerak; sog‘ tuproqli erlardagi sabzavot ekinlarini esa 
birmuncha katta me’yor bilan kamroq sug‘orish kerak. 
Har galgi sug‘orish me’yorni kamaytirib (gektariga 500-600 m
3
) tez-tez sug‘orish 
suvning mavsumiy me’yorini oshirmaydi va uchastkaning meliorativ holatini 
yomonlashtirmaydi. Qator oralarini o‘z vaqtida ishlash tuproqdagi namning 
bug‘lanishini, sho‘rning er yuziga ko‘tarilishini kamaytiradi. Mirzacho‘lning 
ko‘pgina xo‘jaliklarida keyingi vaqtlarda ekinlarni egat oralatib sug‘orish usuli 
rasm bo‘lmoqda. Mirzacho‘l erlarida ekin shu usulda sug‘orilganida sug‘orilmagan 
qator oralari tuprog‘i ham etarli darajada nam va yumshoq bo‘ladi. Bunday 
sharoitda o‘simlik yaxshi rivojlanadi. Bundan tashqari egat oralatib sug‘orishda 


40 
suvchilarning mehnati ancha engillashadi. Mirzacho‘l sharoitida ekinlarni sun’iy 
yomg‘ir yog‘dirib sug‘orish usulini keng miqdorda sinab ko‘rish kerak. 
Sug‘orishning bu usuli suv sarflash, sug‘orish me’yorini va suvning shimilib 
nobud bo‘lishini qisqartiradi. Sug‘orishda ekinni suv bosib ketishiga yo‘l qo‘yish 
yaramaydi, aks holda sabzavot ekinlari, ayniqsa kartoshka qurib qolishi mumkin. 
Sabzavot va kartoshka ekilgan erlarni butun o‘suv davri davomida yumshoq 
va begona o‘tlardan tozalab turish kerak. Buning uchun ekinlarni sug‘orish bilan
qator oralarini ishlashni bog‘lab olib borish lozim.
Kartoshka. Kartoshka tuproq etarli darajada sernam va issiq bo‘lganida 
yaxshi o‘sadi. Bu o‘simlikning tez ravojlanib, mo‘l kartoshka hosil tugishi uchun 
15-20 daraja issiqlik eng qulay hisoblanadi. Mirzacho‘lda haroratning yuqori 
bo‘lishi er sho‘rining kartoshka o‘simligiga ko‘rsatadigan zararini kuchaytiradi. 
Kartoshka ekilgan paytlarda sho‘rning ortishi, uning ko‘karib chiqishini 
susaytiradi.
1.7-rasm. Tuproq sho‘rlanishining kartoshka shakliga ta’siri 
Tuproqdagi ortiqcha sho‘r kartoshka ko‘karib chiqqandan keyin poya va ildizning 
o‘sishini sekinlashtiradi, pirovardida hosilning kamayishiga sabab bo‘ladi. SHo‘rga 
chidamlilik jixatidan kartoshka ko‘pgina ekinlardan keyinda turadi, lekin 
tuproqdagi xlor 0,02 % gacha bo‘lsa kartoshka o‘sa beradi, 0,02 % dan ortsa 
kartoshka hosili kamayadi. Agar tuproqdagi xlor 0,04-0,05 % bo‘lsa, hosili 


41 
ekilgan urug‘ bilan barobar bo‘lib qoladi. Bordiyu xlor 0,06-0,07 % ga etsa 
kartoshka deyarli yoki butunlay hosil bermaydi. Tuproqdagi ortiqcha sho‘r 
hosilning sifatiga ham ta’sir qiladi. Kartoshkaning ko‘pi ayniydi, ular tarkibidagi 
kraxmal miqdori kamayadi.

Download 1,74 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eksperiment natijalariga statistik ishlov berishning zamonaviy usullari monografiya

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish