1.4-jadval
Diskretli variatsion qator
…
m
1
m
2
…
m
k
,
34
bunda
[a
0
;a
1
] kesmaning o‘rtasi,
[a
1
;a
2
] kesmaning o‘rtasi, ....
esa [a
k-1
;a
k
] kesmaning o‘rtasi bo‘ladi.
Barcha [a
0
;a
1
] , [a
1
;a
2
], [a
2
;a
3
], ... [a
k-1
;a
k
] kesmalar aynan bir xildagi h
uzunlikga ega bo‘lganligi uchun ham barcha kesmalar:
[
,
], [
,
],…, [
,
]
bir xildagi h(variatsiya qadami) uzunlikga ega bo‘ladi. Boshqa so‘z bilan aytganda
quyidagi munosabatlar o‘rinli bo‘ladi:
(
Tanlanggan taqsimotning poligoni(ko‘pburchagi) deb uning cho‘qqilari
ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha quyidagi koordinatalarga ega bo‘ladigan koordinatalar
tekisligidagi siniq liniyaga(chiziqga) aytiladi.
(
,
, (
,
),…, (
,
Nisbiy chastotalarning poligoni(ko‘pburchagi) deb uning cho‘qqilari
ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha quyidagi koordinatalarga ega bo‘ladigan koordinatalar
tekisligidagi siniq liniyaga(chiziqga) aytiladi.
(
,
, (
,
),…, (
,
Tanlangan ma’lumotlarning va nisbiy chastotalarning poligonlari diskretli
variatsion qatorni qulay ifoda etuvchilari hisoblanadi.
1.4. Kartoshka tuganagiga elektr ishlov berish texnologiyasi
O‘rta Osiyo sug‘oriladigan erlarning uchdan ikki qismi sho‘rxokdir.
Ekin ildizining eng ko‘p qismi erning ustki bir metrlik qavatida o‘sadi.
Zararli tuzlarning o‘simlikka halokatli darajada ko‘rsatadigan ta’siri erning xuddi
ana shu qavatida kuzatiladi. Shuning uchun tuproq sho‘rligi to‘g‘risida
gapirilganda erning bir metrlik ustki qavatidagi suvda eriydigan tuzlarning o‘rtacha
miqdoriga qarab fikr yuritiladi. Mazkur bo‘limda quyidagi adabiyotlar tahlil
qilindi[23,24,25,48,49].
Yerning sho‘rlik darajaligini aniqlashda keyingi vaqtlarda undagi suvda
eriydigan tuzlarning emas balki xlorning miqdori ham hisobga olinadigan bo‘ldi,
35
chunki xlor ham o‘simlikka ko‘p zarar etkazadi. Sho‘rlanmagan erning bir metrlik
ustki qavati tarkibida suvda eriydigan tuz miqdori quruq tuproq vaznining 0,3 %
dan, shu jumladan xlor miqdori 0.0001 % dan kam bo‘ladi: bir oz sho‘rlangan er
tuprog‘ida tuz miqdori 0,3-1 %, shu jumladan xlor miqdori 0,01 % dan kam yoki
tuz miqdori 0,3 % dan kam, lekin xlor miqdori 0,01 % dan ortiq bo‘ladi; qattiq
sho‘rlangan erlar tuprog‘i tarkibida tuz 1-3 % , shu jumladan xlor miqdori 0,01-0,1
% yoki tuz miqdori 0,3-2 %, xlor miqdori esa 0,1 % dan ko‘p bo‘ladi. Tuz miqdori
yuqorida aytilgandan ortiq bo‘lgan erlar sho‘rxok deyiladi.
Ma’lumki, tuzning tuproqda ko‘payishi natijasida namning ildizlarga o‘tishi
qiyinlashadi, natijada o‘simlik qonib suv icha olmaydi. Ba’zi tuzlar o‘simlik
xujayralariga kirib uni zaharlaydi. Tuproqda tuzning ko‘payib ketishi unayotgan
uruqqa suvning o‘tishiga yo‘l bermaydi, ko‘karib chiqishini kechiktiradi, ekinni
siyraklashtiradi, o‘simlikning o‘sishiga xalaqit beradi, barg shapaloqlarini
kichraytiradi, barglarni burishtiradi.
O‘simlikka tuzning ortiqcha o‘tishi natijasida fotosintez jarayoni susayadi,
quruq modda to‘planishi kamayadi, me’yordagi modda almashinishi izdan chiqadi.
Pirovardida hosil kamayadi va uning sifati yomonlashadi. Sabzavot, kartoshka
ekinlari g‘alla ekinlariga nisbatan tuproq sho‘riga chidamsiz bo‘lib, tuproqdagi
xlor 0,01-0,02 % kamaygandagina yaxshi o‘sadi.
Sabzavot ekinlaridan qizilcha, shpinat, salat, turp, ukrop, qovoq va karam
juda chidamli, bodring, sabzi, petrushka va piyoz sho‘rga kamroq chidamli, qolgan
o‘simliklar o‘rtacha chidamlidir. Ammo qovun-tarvuz o‘simliklari baquvvat ildiz
hosil qilib, uni erning chuqur – sho‘rlanmagan qavatiga o‘tkazib yuboradi.
SHuning uchun bu o‘simliklar sho‘ri birmuncha ko‘p bo‘lgan erlarda ham o‘sa
oladi.
Ekinlarning sho‘rga chidamliligi rivojlanishining turli davrlarida turlicha
bo‘ladi. O‘simlikning sho‘rga chidamliligi rivojlanishning dastlabki davrigachi
ortib boradi, g‘unchalash va gullash davrida susayadi, gullashdan keyin yana
ortadi. Shuning uchun uni o‘sib chiqqan va gullagan davrida tuzlarning zararli
ta’siridan saqlash kerak. Binobarin erta bahorda urug‘ni erta muddatlarda ekish
36
lozim. Chunki bahorda tuproqning ustki qavati tabiiy ravishda sho‘rsizlanadi, bu
vaqtda tuzlar unib ko‘karayotgan urug‘larga zararli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Tuzning zararli ta’sirlarini kamaytirish uchun ekinni gullash davrida tez-tez
sug‘orib turish kerak. O‘simliklar sho‘rxok erda sho‘rga chidamlilik xossasini hosil
qiladi va bu xossani o‘z avlodiga o‘tkazadi. SHuning uchun sho‘rxok erlarda
etishtirilgan urug‘liklar tuproqdagi sho‘rning ortiqchaligiga yaxshi chidaydi.
Demak, joyning o‘zida etishtirilgan urug‘liklardan foydalanish Mirzacho‘l
sharoitida katta ahamiyatga egadir.
|