Eksperiment natijalariga statistik ishlov berishning zamonaviy usullari monografiya




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/45
Sana26.12.2023
Hajmi1,74 Mb.
#128387
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Bog'liq
Wd3cBV9aDMQgnkT7Ggr5a3SYfpa6iV83EIJ7f0Up

Yerni ekishga tayyorlash. 
Yerni sabzavot ekinlari va kartoshka ekishgacha ishlashda uchastkalarning 
sho‘rxoklik darajasini hamda ekish muddatlarini hisobga olib ish qilish kerak.


38 
Sho‘ri ketkazilgan, yuvish suvi talab qilmaydigan erlar kuzda, ekinlar yig‘ishtirib 
olingandan va yuza yumshatilgandan keyin, 25-27 santimetr chuqurlikda haydalib 
shudgor qilinadi. Karam, kartoshka, piyoz, sabzi, lavlagi, rediska singari ertachi 
ekinlar ekiladigan uchastkalar shudgorlashdan keyin yaxshilab tekislanadi, begona 
o‘t qoldiqlaridan tozalanadi, ularga mahalliy o‘g‘it solinib egat olinadi. 
May oxiri va iyunda ekiladigan kechki ekinlar uchun ajratilgan uchastkalar 
erta bahorda boronalanadi, ikki marta yoppasiga kultivatsiya qilinadi yoki ekin 
oldidan ag‘darmasdan haydaladi, so‘ngra egat olinadi. Otatda bu erlar ekish 
oldidan (haydash oldidan) sug‘oriladi. 
Sabzavot ekinlari va kartoshkani yozda takroriy ekishda ham, er ertachi ekin 
yig‘ishtirib olingach, sug‘orilib, so‘ngra haydab, mola bostirib tayyorlangandan 
keyin egat olinishi kerak. O‘suv davrida ekinlarni sug‘orish uchun qulay sharoit 
yaratish maqsadida sabzavot va kartoshka ekishga ajratilgan uchastkalar yaxshilab 
tekislanishi zarur.
O‘g‘itlash. Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari er unumdor bo‘lgandagina yaxshi 
o‘sadi. Erga o‘g‘it solmasdan turib bu ekinlardan mo‘l hosil olish mumkin emas.
Mirzacho‘lning sho‘rxok erlarida organik va mineral o‘g‘itlarning ahamiyati katta, 
chunki bu erlar sho‘ri yuvilganida suvda eriydigan zararli tuzlar bilan birga 
o‘simlik uchun juda qimmatli oziq moddalar ham qisman yuvilib ketadi. SHo‘ri 
yuvilmagan erlarda organik va mineral o‘g‘itlar sho‘rsizlantirilgan uchastkadagiga 
qaraganda kam foyda beradi. Azotli o‘g‘itlar o‘simlikning er usti qismlari 
bargining, poyasining o‘sishini kuchaytiradi, fosforli o‘g‘itlar, aksincha, barcha, 
poyaning o‘sishini sekinlashtirib, hosilning pishishini tezlashtiradi, kaliy esa ildiz, 
ildizmeva hamda kartoshkalarning rivojlanishini tezlashtiradi. 
O‘simlik butun o‘suv darida erdan oziqlanib turadi, biroq, hosil qilish davrida 
o‘simlikda oziq moddalarga eng ko‘p ehtiyoj seziladi.
Sabzavot va kartoshka etishtirishda erga organik va mineral o‘g‘itlarni aralashtirib 
solish eng yaxshi natija beradi.
1958-1959 yillarda Sirdaryo rayonidagi L. nomli kolxozda kartoshka hosili o‘g‘it 
solinmaganida, gektarida 82 s, har gektarga 30 t go‘ng solinganida 104 s har 


39 
gektarga 120 kg azot, 120 kg fosfor solinganida 104 s, har gektariga 15 t go‘ng, 60 
kg azot va 90 kg fosfor solinganida 119 s bo‘lgan. 
Binobarin sho‘r erlardan mo‘l hosil olish uchun sabzavot ekiladigan erning har 
gektariga 15-20 t dan go‘ng va mineral o‘g‘it solish kerak. Sho‘rxok erga solingan 
organik o‘g‘it tuproqni oziq moddalarga boyitishdan tashqari, uning fizik hossasini 
yaxshilashga ham yordam beradi. Natijada tuproqdagi namning bug‘lanishi 
kamayadi va sho‘rning ildizlar yoyiladigan qavatga ko‘tarilishi ancha sustlashadi. 
Xo‘jalikda go‘ng kam bo‘lsa, ekish oldidan erga 2-3 t chiqindiga mineral o‘g‘itni 
aralashtirib 
solinadi. 
Organik 
o‘g‘it kam bo‘lsa ham u tuproqdagi 
mikroorganizmlar ishini kuchaytiradi va o‘simlikning erga solingan mineral 
o‘g‘itlarni yaxshi o‘zlashtirishiga yordam beradi. Azotli o‘g‘itning yillik me’yori 
o‘g‘itlash soniga barobar taqsimlanib sepilishi kerak. Ko‘chat qilingan ekinlar 
o‘zini tutib olganida, kartoshka,piyoz, ildiz mevalar yoppasiga ko‘karib 
chiqqanida, poliz ekinlari 1-2 ta barg chiqarganida birinchi marta o‘g‘itlanadi. 
Ko‘pincha, birinchi o‘g‘itlashda azotli va fosforli o‘g‘itlar birgalikda solinadi va 
odatda bu ish qator oralarini birinchi marta yumshatishda yoki ekinni chopiq 
qilishda bajariladi. Kartoshka g‘unchalayotgan, pomidor, poliz ekinlari yoppasiga 
gullagan, karam bosh o‘ray boshlagan, sabzi hamda lavlagi ildizmeva hosil qila 
boshlagan davrda ikkinchi marta o‘g‘itlanadi. 

Download 1,74 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eksperiment natijalariga statistik ishlov berishning zamonaviy usullari monografiya

Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish