Kiritmali yarimo‘tkazgichlarning




Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/127
Sana06.08.2022
Hajmi4.26 Mb.
#25135
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
5000 words in a month, jjj, 12-Mavzu Power Point dasturida ishlash. Reja Taqdimotlar uchun, 7, 3-AI TS, 1-AI TS, 1-MI O\'T Sherxon, 1-MI TX Nargiza, O\'RNATILGAN PROTSESSORLAR, 2-MI TX Nargiza, Operation (1), ZI 2-A, 3-amaliy ish. Bulutli xizmatlar yordamida foydalanuvchi ma’lumot, P I B 1M
2.3. Kiritmali yarimo‘tkazgichlarning
elektr o‘tkazuvchanligi
Ko‘p yarimo‘tkazgich asboblarda kiritmali yarimo‘tkazgichlar
qo‘llaniladi. Kiritmalar erkin zaryad tashuvchilarni yuzaga keltirishi
kerak. Sodda yarimo‘tkazgichlarda begona atomlar kiritma bo‘lib
xizmat qiladi. Agar kiritma atomlari kristall panjarada joylashgan
bo‘lsa, ular almashinish kiritmalari, agar tugunlar orasida
joylashgan bo‘lsa — kiritish (joriy etish) kiritmalari deb ataladi.
Almashinish natijalari kiritma atomining valentligiga bog‘liq.
Bunda, yarimo‘tkazgichning taqiqlangan zona oralig‘ida diskret
energetik sathlar hosil qiladigan atomlarga ega kiritmalar


28
ishlatiladi. Agar ularning sathlari asosiy yarimo‘tkazgichning
o‘tkazuvchanlik zonasi tubida joylashgan bo‘lsa, hatto uncha katta
bo‘lmagan temperaturada ham elektronlar kristall bo‘ylab erkin
harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu zona sathlariga o‘tishlari
mumkin.
Kiritma atomlari elektronlaridan ajralib, musbat zaryadlan-
gan ionlarga aylanadi. Demak, elektr o‘tkazuvchanlikda ishtirok
etmaydilar. Kiritmali erkin elektronlar xususiy erkin elektron-
larga qo‘shilib boradilar. Shuning uchun yarimo‘tkazgichning
o‘tkazuvchanligi ko‘p hollarda elektron ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Bunday yarimo‘tkazgichlar elektron yoki n-turdagi (n-negative)
yarimo‘tkazgich deb ataladi. Kiritmalar esa donor kiritmalar deb
ataladi. Ularga besh valentli fosfor, margimush va surma atomlari
kiradi.
Boshqa kiritmalar asosiy yarimo‘tkazgich taqiqlangan zo-
nasi ichida — valent zona shiði yaqinida chala to‘ldirilgan sathlarga
ega bo‘lishi mumkin. Issiqlik yordamida qo‘zg‘atilishi hisobiga
kiritma atomi qo‘zg‘almas manfiy zaryadlangan ionga aylanadi.
Bundan tashqari, kristall bo‘ylab harakatlana oladigan kovak yuzaga
keladi.
Kiritma holidagi kovaklar xususiy kovaklarga qo‘shilishi
mumkin, demak, o‘tkazuvchanlik ko‘p hollarda kovak ko‘rinishga
ega bo‘ladi. Bunday yarimo‘tkazgichlar kovak yoki p-turdagi
(p-positive) yarimo‘tkazgich deb ataladi. Kovak o‘tkazuvchan-
likni yuzaga keltiruvchi kiritmalar akseptorlar deb ataladi. Ularga
uch valentli bo‘r, aluminiy, galliy va indiy atomlari kiradi.

Download 4.26 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   127




Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish