Xususiy yarimo‘tkazgichlarning




Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/127
Sana06.08.2022
Hajmi4.26 Mb.
#25135
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127
Bog'liq
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini
5000 words in a month, jjj, 12-Mavzu Power Point dasturida ishlash. Reja Taqdimotlar uchun, 7, 3-AI TS, 1-AI TS, 1-MI O\'T Sherxon, 1-MI TX Nargiza, O\'RNATILGAN PROTSESSORLAR, 2-MI TX Nargiza, Operation (1), ZI 2-A, 3-amaliy ish. Bulutli xizmatlar yordamida foydalanuvchi ma’lumot, P I B 1M
2.2. Xususiy yarimo‘tkazgichlarning
elektr o‘tkazuvchanligi
Xususiy yarimo‘tkazgichlarda, noldan farqli temperaturada
elektronlarning bir qismi valent zonadan yuqoriroq sathlarga —
o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tadi. Bunday o‘tishga yetarli bo‘ladigan
energiya taqiqlangan zona kengligi bilan aniqlanadi. O‘tkazuv-
chanlik zonasining biror energetik sathiga mos energiyaga ega
elektronlar, erkin elektronlar deb ataladi. Chunki ular elektr
maydon ta’sirida kristall ichida harakatlanishlari mumkin. O‘tka-
zuvchanlik zonasiga o‘tgan elektronlar valent zonada to‘lmagan


26
energetik sathlarni — kovaklarni qoldiradilar. Bu sathlar valent
zonaning boshqa elektronlari bilan to‘ldirilishi mumkin. Bu
kovaklarning harakatini bildiradi. Kovaklar elektronlarga teng
musbat zaryadga egadir. Elektronni valent zonadan o‘tkazuv-
chanlik zonasiga o‘tish jarayoni elektron-kovak juftligining genera-
tsiyasi deb ataladi. Elektronlarning o‘tkazuvchanlik zonasidan valent
zonasiga qaytishi — elektron va kovak rekombinatsiyasi (yo‘qo-
lishi)ga olib keladi.
Termogeneratsiya natijasida xususiy yarimo‘tkazgichda yuzaga
keladigan erkin elektronlar konsentratsiyasi quyidagi ifoda bilan
aniqlanadi:




-
2
exp
i
C
W
KT
n
N
,
bu yerda, W — taqiqlangan zona kengligi; N
C
— o‘tkazuvchanlik
zonasidagi effektiv zichlik holati (germaniy uchun N
C
=5·10
19
sm
-3
,
kremniy uchun N
C
=2·10
20
sm
-3
).
Kovaklar soni erkin elektronlar soniga teng:

i
i
p
n
.
Elektron va kovaklarning konsentratsiyasidagi i indeksi (intrinsic
— «xususiy» so‘zidan olingan) xususiy zaryad tashuvchilar eka-
nini bildiradi.
Elektr o‘tkazuvchanlik son jihatidan solishtirma elektr o‘tka-
zuvchanlik kattaligi bilan xarakterlanadi. Xususiy yarimo‘tkaz-
gichlar uchun





i n
i
p
qn
qp
,
bu yerda, 
n
 , 
ð

— mos ravishda elektron va kovaklarning hara-
katchanligi.
Elektron — kovak juftlarining generatsiyasi yarimo‘tkazgich
yorug‘lik nuri bilan yoritilganda ham sodir bo‘ladi. Agar yorug‘lik


27
nuri fotonlari energiyasi 



23
,
1
h
taqiqlangan zona kengligidan
ortib ketsa, u holda foton valent elektronni qo‘zg‘atishi mumkin.
Natijada elektron valent zonadan o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tadi.
Bu hodisa ichki fotoeffekt deb ataladi. Demak, yarimo‘tkazgichga
yorug‘lik nuri tushirilganda uning zaryad tashuvchilar konsen-
ratsiyasi va solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi ortadi:








 

 
/
n
i
p
i
q
n
n
q
p
p
,
bu yerda, n
i
p
i
— berilgan temperaturadagi xususiy konsen-
tratsiya.
Shunday qilib, yorug‘lik signallari elektr signaliga aylantiriladi.
Bu turdagi sodda yarimo‘tkazgich asbob — fotorezistor deb
ataladi.
Fotorezistor uchun dastlabki material bo‘lib turli element-
larning sulfidlari, selenidlari va telluridlari hamda PbS, PbSe,
PbTe, InSb, CdS lar xizmat qiladi.

Download 4.26 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127




Download 4.26 Mb.
Pdf ko'rish