• Nazorat savollari
  • ELEKTR O‘LCHASHLAR. II bob. 4-mavzu. METROLOGIYA VA ELEKTR O’LCHASHLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.
  • Uch fazali sistemaning afzalligi




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/148
    Sana13.01.2024
    Hajmi7,5 Mb.
    #136300
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   148
    Bog'liq
    ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

    Uch fazali sistemaning afzalligi. 
    1. Uzoq masofaga elektr energiyasini uzatishda uch fazali toklar sistemasi, boshqa sonli o‘zgaruvchi 
    toklar sistemasidan iqtisodiy jihatdan samaralidir. 
    2. Sistema elementlari – uch fazali asinxron yuritgich va uch fazali transfrmatorlari tuzalishi juda 
    sodda, materiallar sarfi kam va ishlashdagi puxtaligi esa, anchi yuqoridir. 
    3. Agar uchgala fazada bir xil yuklama bo‘lsa, ya’ni simmetrik rejim bajarilganda sistemada oniy 
    quvvat sinusoidal tokning har bir davrida o‘zgarmaslik xususiyatiga egadir. 
    Nazorat savollari 
    1. Uch fazali tok nima ?
    2. Bir fazali elektr enrgiya iste’molchilarini qanday biriktirish yulduz usulida ulash deyladi ?
    3. Simmetrik iste’molchilar uchun liniya va faza kuchlanishlari orasidagi bog‘lanish qanday ? 
    4. Turt simli uch fazali sistemada nolinchi sim nima uchun ishlatiladi? 
    5. Uch fazali sistema EYuK sini grafik tasvirlang? 
    6. Uch fazali o‘zgaruvchan tok sistemasining afzalliklari. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    63 
    II bob.
     
    ELEKTR O‘LCHASHLAR.
     
    II bob. 4-mavzu.
    METROLOGIYA VA ELEKTR O’LCHASHLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR. 
    Reja: 
    4.1. Umumiy ma’lumotlar. 
    4.2. Metrologiyaning aksiomalari va asosiy postulatlari. 
    4.3. O‘lchash xatoliklari va o‘lchash natijalarini tahlil etish. 
    4.4. Elektr o’lchashlar haqida. 
     
    4.1 Umumiy ma’lumotlar. 
    Ma’lumki, o`lchovshunoslik, o`lchov vositalari va usullarini yaratishda va ularning rivojlanishida
    ayniqsa Sharq, xususan Markaziy Osiyo olimlarining hissasi katta bo`lgan.
    Masalan, VIII – XI asrlarda yashab ijod qilgan vatandoshlarimizdan Al-Xorazmiy, Ahmad Al-
    Farg`oniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va Mirzo Ulug`bek kabi buyuk olimlarimiz
    o`lchovshunoslik va o`lchov birliklarga oid bir qancha asarlar yozib qoldirishgan.
    Buyuk alloma Al–Xorazmiyning (783 - 850) “O`lchashlar haqida” risolasida uzunlik, yuza,
    hajmlarni hisoblash va o`lchash usullarini amalda qanday qo`llash haqida ma`lumotlar keltirilgan.
    Uning “Quyosh to'g'risida”gi risolasida vaqtni aniq o'lchachga katta ahamiyat qaratilgan.
    Vatandoshlarimizdan yana biri Axmad al-Farg'oniy (taxminan 798 - 865) dunyoda birinchi bo'lib 
    861 – yilda Nil daryosi sathini o'lchaydigan asbobni kashf qilgan. Uning bu kashfiyoti o`sha davrda juda 
    katta ahamiyatga ega bo`lib, daryo suvi sathini o'lchash natijasida qishloq xo`jalik ekinlarining u yoki bu 
    turini ekish bo'yicha tavsiyalar berilar, ya'ni suv sathi maxsus belgidan past bo'lganda o'rtacha suv talab
    qiladigan o'simliklar va belgidan yuqori bo'lganda ko'p suv talab qiladigan ekinlar ekish tavsiya 
    etilgan. 
    Rossiya olimi D.I. Mendeleyev o`lchashlar haqida “Har qanday fan o`lchashdan boshlanadi” degan 
    ta`rifi bilan o`lchashning fan va texnika taraqqiyotida qanday ahamiyatga ega ekanligini 
    ko'rsatgan[16,17]. 


    64 

    Download 7,5 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   148




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish