Nasos stansiyasidagi idishda suvning sathni nazorat qilish tizimi




Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/148
Sana13.01.2024
Hajmi7,5 Mb.
#136300
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   148
Bog'liq
ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

Nasos stansiyasidagi idishda suvning sathni nazorat qilish tizimi 
Ikki(qo‘shsha) 
kanalli 
F0303.2 
o‘lchagich-rostlagichi, 
qalqonli 
programmalanadigan(dasturlanadigan), o‘lchash va rostlash kirish kattaliklar ko‘rinishda signallar 
o‘zgarmas tokni, kuchlanishni yoki temperaturani tashqi termoo‘zgartirgich qarshilik(TS) va 
termoelektrik o‘zgartirgich (TP)yordamida, shuningdek, «kirish-chiqish» o‘lchanadigan kirish kattaliklar 
belgilangan bir kanal bo‘yicha o‘lchash (kirishga) uzliksiz chiquvchi unifitsirlangan analogli signalga 
o‘zgartirishga mo‘ljallangan raqamli asbobdir. 
Turli hil datchiklar va o‘lchagich o‘zgartirgichlarini birgalikda qo‘llash bilan, F0303.2 rusumdagi 
o‘lchagich rostlagich boshqa kattaliklarni o‘lchash va rostlashda foydalanilishi mumkin, aynan: bosim, 
quvvat, ko‘pincha, namlik, sath va boshqalar.
F0303.2 o‘lchagich-rostlagichdan adapter - qaydlagich AD4 bilan foydalanishda barcha 
o‘lchashlarni qaydlash mumkin. O‘lchagich-rostlagichning kommutatsiyalovchi jihozi ikkita qayta uzib-
ulagich elektromagnitli reledan tashkil topadi, ularning har biri programmali har qanday kanallardan 
o‘lchashga mo‘ljallangan. F0303.2 o‘lchagich-rostlagichni programmalash asbobning old panelida 
joylashgan boshqarish tugmachalari orqali, hamda, shuningdek, RS485 interfeysi bo‘yicha programmali 
amalga oshiriladi. 
F0303.2 o‘lchagich-rostlagichdan foydalanishni quyidagi misol orqali namoyish qilish mumkin: 
Suv ta’minotini avtomatlashtirishning asosiy vazifasi bo‘lib iste’molchilarga etkazilayotgan suvning 
bosimini ta’minlash hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun turlicha usullar qo‘llanadi: 
Suvning naporini nasos vujudga keltirishi mumkin, kuzatuvchi avtomatik tizim orqali suvning bosimi 
nasosning chiqishida o‘rnatilgan bosim datchigi yordamida boshqarish amalga oshiriladi;


104 
chegaralangan balandlikda joylashgan, naporli idishga suvni haydab napor hosil qilish mumkin, va
idishga suvni davriy ravishda haydab undagi suvning sathini ushlab turish mumkin. 
Avtomatika sxemasi uchun o‘lchash va avariyali signalizatsiya sathning oxirgi tavsiya etilgan 
variantlarning biri bo‘yicha sathning o‘lchanishi va avariyali signal berish uchun avtomatik boshqarish 
sxemasi 8.10-rasmda tasvirlangan: 
8.10-rasm. Nasos stansiyasining suv xavzasidagi sathni nazorat qilish tizimining tasviri. 
Mazkur sxema PTOKX «Ilinskoe» (Podmoskove)da o‘rnatilgan VNS-9 rusumli suv nasos 
stansiyasining bir qismidir. Ushbu tizimning asosi bo‘lib tor profilli F0303.2. o‘lchagich - rostlagich 
qo‘llanadi. Asbob chiziqli nurdiodli shkala bilan ta’minlangan, bu shkala idishdagi suvning staxini 
indikatsiyali tarzda nazorat qilish uchun juda qulaydir.
Sath idishda o‘rnatilgan gidrostatik bosim datchiki yordamida o‘lchanadi. Datchik o‘lchagich — 
rostlagichning kirishiga kelib tushadigan 4-20 mA li tokli signallarni ishlab chiqaradi. Sath datchigi
o‘lchagich-rostlagich ichkarisida o‘rnatilgan 24 V li ta’minot manbasidan ta’minlanadi. 
F0303.2 rusumli o‘lchagich-rostlagichda 2 ta ishga tushish ustavkasiga mo‘ljallangan 2 ta releyli 
kanal chiqishi mavjud — suvning quyi sathidagi avariyali va yuqori sathidagi avariyali. Sathning ruxsat 
etilgan chegaradan chiqishi hodisasida, o‘lchagich-rostlagichning 1- yoki 2- releyli chiqishi nurli va tovushli 
signallar(xabarlar)ni berishi uchun ishga tushadi.


105 
Signalni(xabarni) uzish tashqi tashlab yuborish to‘gmachasi orqali bajariladi. Asbobdan yanada 
to‘liqroq foydalanish uchun 8.11-rasmda tavsiya qilingan sxema orqali ulanish mumkin: 
8.11-rasm. Nasos stansiyasining suv xavzasidagi sathni nazorat qilish takomillashtirilgan tizimining 
tasviri. 
Mazkur sxemaning ilgarigi sxemadan farqi asbob ustavkasini gisterezisning U-simon tavsifli 
holatidan foydalanib boshqarish hisoblanadi. Bu holat 2- releyli chiqishni erkinlashtirish imkonini beradi, 
masalan ikkinchi kanal orqali qishki vaqtda javondagi ishchi haroratni ushlab turish uchun qizdirgichni 
ulashda foydalanish mumkin.
Ob’ektni telemexanika yoki SCADA-tizimi bilan F0303.2 o‘lchagich-rostlagichga bog‘lash uchun 
asbob RS-485 rusumli interfeys bilan jihozlanishi mumkin. Idishga suv uzatuvchi nasosni boshqarish 
uchun o‘zida qo‘shib o‘rnatilgan PID- rostlagichli 3-fazali aylanish tezligi o‘zgartirgichidan foydalanish 
mumkin. PID-rostlagichning kirish uchun signal F0303.2. o‘lchagich — rostlagichning 4-20 mA li analogli 
chiqishidan uzatiladi. 
SCADA (supervisory control and data acquisition, dispetcherlik boshqaruvi va ma’lumotlarni 
yig‘ish). 

Download 7,5 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   148




Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nasos stansiyasidagi idishda suvning sathni nazorat qilish tizimi

Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish