99
8.3. Suyuqlik sathini o‘lchash va avtomatik nazorat qilish vositalari
Suyuqlik va to‘kiluvchan(donador) materiallarning sathini o‘lchash
texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirishda eng ko‘p echiladigan va muhim masalalardan biridir. Chunki texnologik jarayonlarning
to‘g‘ri
kechishini nazorat qilish, zarurat bo‘lganida sathning bir xilligi(o‘zgarmas bo‘lishini) ta’minlash,
baklar va idishlardagi suyuqlikning miqdorini aniqlash imkonini beradi.
O‘lchanadigan materiallar xossalarini va ushbu maqsad uchun qo‘llanadigan sath
datchiklarining konstruktsiyasini aniqlash.
Suyuqliklar sathini o‘lchash bo‘yicha oddiy asbob ko‘rsatuvchi oynalar, ya’ni
tutash idishlar kabi
ishlaydigan elementlar qo‘llanadi.
O‘lchashlarning usuli bo‘yicha sath o‘lchagichni beshta asosiy guruhga ajratish mumkin: qalqovuchli,
gidrostatik sath o‘lchagich, ularning ishlashi suyuqlik qatlamining statik
bosimi yoki sathlar farqini
o‘lchashga asoslangan; turli rusmdagi elektrli, radioizotopli va ultratovushli sath o‘lchagich.
Qalqovuchli sath o‘lchagich (8.7-rasm,a) jihozining soddaligi uchun ham keng tarqalgan.
Ularning
asosiy elementi bo‘lib ichi bo‘sh idish ko‘rinishiga ega suyuqlikning yuzida
suzib yuruvchi P qalqovich
xizmat qiladi.
8.7-rasm. Sath o‘lchagichlarning sxemalari:
a — qalqovuchli reostati bilan; b —sig‘im datchikli.
Qalqovich D potensiometning surgichi bilan mexanik bog‘langan. Qalqovich holatini o‘zgartirganida
D potensiometr surgichining siljishi yuzaga keladi va shkalasi sathning o‘lchov birligida darajalangan IP
asbobning kuchlanishini o‘zgartiradi.
100
Sig‘imli sath o‘lchagichlarning ishlashi o‘lchanayotgan muhitga tushirilgan kondensator sig‘imining
cheklanishiga asoslangan.
Sig‘imli sath o‘lchagichning sezgir elementi bo‘lib (8.7-rasm,b) suyuqlik
sathi
o‘zgarganida o‘zining sig‘imini o‘zgartiradigan kondensator hisoblanadi. Sezgir element (datchik) 1
izolyatsiali material bilan qoplangan 2 metalli sterjendan(elektroddan) iborat.
Aniqlash
muhiti ichiga
joylashtirilgan, suyuqlikning h sathiga bog‘liq, idishning devorlari bilan birgalikdagi sig‘imi kondensator
hosil qiladi.