• To‘kilishdagi zichlik, kg/m 3
  • Radioizotopli zichlik o‘lchagichlar
  • PJR, PR
  • Elektrotehnika va elektronika




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/148
    Sana13.01.2024
    Hajmi7,5 Mb.
    #136300
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   148
    Bog'liq
    ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

     
     
     


    106 
     
    8.4. Tuproqning qattiqligi va zichligini o‘lchash asboblari. Areometrlar.
    8.1-jadval 
    • Ba’zi qattiq jismlarning to‘kilishdagi zichligi 
    T/r 
    Qattiq jism 
    To‘kilishdagi  
    zichlik, kg/m
    3

    Shag‘al 
    1500-1700 

    Nam yer(tuproq) 
    1900-2000 

    Quruq yer(tuproq) 
    1400-1600 

    Kul 
    400-800 

    Quruq torf 
    325-410 

    Torfli ushoq 
    100-250 
    Areometrlar 
    • Areometr – suyuqlikning zichligini, solishtirma og‘irligini o‘lchaydigan asbob. 
    Radioizotopli zichlik o‘lchagichlar 
    • Oxirgi vaqtda radio aktiv izotoplardan foydalanadigan zichlik o‘lchagichlardan foydalanish keng 
    yoyilmoqda. Radioizotopli zichlik o‘lchagichlar yordamida har qanday bosim hamda haroratdagi quvur 
    ichida ifloslangan suyuqliklar va pulp(cho‘kma)larning zichligini o‘lchash mumkin. Bu kabi o‘lchashlarni 
    boshqa usullar bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. 
    • Mazkur zichlik o‘lchagichlarning ish tamoyili shunga asoslanganki, bunda nazorat ob’ekti orqali 
    o‘tayotgan muhit zichligining funktsiyasi bo‘ladi. Suyuqliklar va qattiq jismlar zichligini o‘lchashda β- i u-
    nurlanishlardan foydalaniladi, gazsimon muhitning zichligini o‘lchashda a-nurlanishdan foydalaniladi. 
    Radioizotopli zichlik o‘lchagichlarida seziy-137,stronsiy-90, kobalt-60 va boshq. qo‘llaniladi. Gaz razryadli 
    ssintillyasiali hisoblagichlar, ionlashtiruvchi kamera va boshq. nurlanish manbasi hisoblanadi. Sanoatda 
    quvurdan uzliksiz oqayotgan suyuqlikning zichligini kontaktsiz o‘lchaydigan Radioizotopli zichlik 
    o‘lchagichlar keng tarqalgan. Zichlikni o‘lchash uchun nurlanish manbasi va qabul qilgich quvurning 
    qarama-qarshi tomonida bir o‘qda joylashtiriladi.


    107 
    • Nazorat ob’ekti
    (suyuqlikli quvur)
    dan o‘tgan hamda qabul qilgichda qaydlangan u-nurlanishning 
    jadalligi, suyuqlikning zichlik funktsiyasi va unda nurlarning yutilish koeffitsienti hisoblanadi. 
    PJR rusumli radioizotopli zichlik o‘lchagichning asosiy manbasi 2 qo‘rg‘oshinli 
    kojuxning(g‘ilofning) ichida quvurli o‘tkazgichi 3 da joylashgan. Quvurning qarama-qarshi tomonida 4 
    nurlarni qabul qilgich joylashtirilgan. Qabul qilgich va 1 nurlatkich manbasidan yuborilgan signal 5 
    nurlanishning jadalligiga proportsional bo‘lgan U1 o‘zgarmas kuchlanishga o‘zgartiriladi.
    • 
    Bir vaqtning o‘zida 11 kompinsatsion manbaning nurlanishi rostlovchi pona 12 orqali o‘tadi hamda 
    boshqa nurlarni qabul qilgich 13 tomonidan qabul qilinadi. 14 blok 11 kompinsatsion manbaning nurlanishi
    signalini rostlovchi pona 12 ga bog‘liq bo‘lgan 2-o‘zgarmas kuchlanishga o‘zgartiradi. 15 va 14 bloklarning 
    o‘zgarmas kuchlanishlari 6 kuchaytirgichning kirishiga beriladi, va ular bu yerda o‘zaro taqqoslanadi. 
    Farq signali ∆U = U1—U2 kuchaytirgich orqali 7 reversli yuritkich(motor)ga beriladi. Ushbu motor 
    rostlovchi pona 12 va 9 differentsial-transformatorli o‘zgartirgichning 8 o‘zagini siljitadi. Farq signali ∆U 
    = U1—U2 nolga tenglashmaguncha pona 12, undagi u-nurlanish yutilishini nazorat qilinayotgan suyuqlikda 
    nurlanish yutilishiga teng kelmaguncha siljitilaveradi. Radioizotopli zichlik o‘lchagichining 
    komplekt(jamlanma)siga 5 elektronli blok hamda shkalasi zichlikning birligida darajalangan differentsial-
    transformatorli tizimning ikkilamchi asbobi 10 kiradi. 
    • 
    Hozirgi vaqtda radioizotopli zichlik o‘lchagichlarning PJR, PR rusumlari va boshq. ishlab
    chiqiladi. 


    108 
    8.12-rasm. PJR rusumli radioizotopli zichlik o‘lchagichning tamoyilli sxemasi.

    Download 7,5 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   148




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish