Ultratovushli sath o‘lchagichlarning ishlash tamoyili tovushli to‘lqinlarining suyuqlik - havo
(gaz) chegarasidan ortga qaytishiga asoslangan. Mazkur holatda suyuqlikning sathini aniqlashda
kattaliklari uzatish va qabul qilish oraliqdagi impuls vaqti o‘lchanadi.
Sathning konduktometrik datchiklari ishlashi (yoki elektrodli sath o‘lchagich), ularda, jismlar ichida
turli sathlarga botirilgan elektrodlar ikkilamchi asbobga signal uzatadi, sathning datchiklari
elektro‘tkazuvchan suyuqlik orqali (8.8-rasm) elektrli zanjirini berkitish yoki ajratishga asoslanib ishlaydi.
8.8-rasm. Elektrodli datchiklarga ega bo‘lgan sath rostlagichi.
Sath rostlagich datchiki uchta A, B, C, elektrodli bloklar ta’minot va boshqarish (pasaytiruvchi Tr
transformatorni ulovchi, Vr to‘g‘irlagich, MP magnitli ishga tushirgich, R elektromagnitli rele va T
tranzistor) va nasosning elektr yuritkichi (elektromotor(yuritkich) sxemada ko‘rsatilmagan) kabi
elementlaridan iborat. Sathning yuqorigi chegarasi - C, pastkisi — A, B elektrodli. Agarda suvning sathi
C elektrodidan pastda bo‘lsa, tranzistor bazasiga kuchlanish uzatilmaydi va rele R ulanadi(yoqiladi). Bunda
MP magnit ishga tushirgich g‘altagi rele R ajratuvchi kontakti orqali ta’minot oladi, nasosning
motor(yuritkich)ini ulaydi va suvning sathi ortadi. Suyuqlikning S elektrod bilan tegish onda tranzistor
101
bazasining zanjiri berkiladi(qisqa tutashadi) va rele ulanadi. Uning blok-kontakt BR qo‘shiladi, magnitli
ishga tushirgichning ajratuvchi kontakti esa R orqali ta’minot zanjirini ajratadi, u o‘z vaqtida nasosning
motor(yuritkich)ini tarmoqdan uzadi. Qachonki suvning sathi A, B elektrodlargacha tushganida, tranzistor
bazasining zanjiri yana ajraladi, rele o‘chiriladi. Unda motorining(yuritkichning) magnitli ishga tushirgich
ajratuvchi kontakti yoqiladi va davr(sikl) takrorlanadi.
Gidrostatik sath o‘lchagichda suv ustunining statik bosimi o‘zgarishiga bog‘liq ravishda sathni
o‘lchashadi. Bu kabi sath o‘lchagichlarning bir qator membranali va silfonli turlari tuzilishi mavjud.
Ochiq idishalar va kanalizatsiyalar suv ta’minoti tizimi suv sathini o‘lchash uchun mo‘ljallangan
sathlarning TU-2-AKX teleo‘lchash tizimi ishlab chiqilgan. O‘lchash sathning suv ustunining gidrostatik
bosimi ta’sirida silfon ko‘rinishdagi sezgir elementning siljishiga asoslangan. Fotoelektronli rostlagich
FER-1-AKX bilan birgalikda telesath o‘lchagich suvning sathini avtomatik rostlash imkonini beradi.
To‘kiluvchan(donador) va bo‘lak-bo‘lak(parcha-parcha) materiallarning sathini o‘lchash ancha
qiyin, chunki ular gorizontal yuza bilan sig‘im hosil qiladi, o‘zini tutishi Paskalning qonuniga mos kelmaydi,
ushbu materiallar devorlar yonida yopishib qolishi yoki suvning oqimiga g‘ov hosil qilishi mumkin, ba’zida
bu kabi qalin materiallar devori orqali signallar(xabarlar) o‘tmaydi, yuklash(to‘latish) va
yuksizlashda(bo‘shatishda) datichiklar nosoz holatga kelishi mumkin.
Ko‘rsatilgan qiyinchiliklar bu kabi datchiklarni yaratishda foydalanish mumkin bo‘lgan prinsiplar
sonining cheklanishiga olib keladi. Radioizotopli sath o‘lchagichlarning ishlash tamoyili turli zichlikdagi
jismlarning γ –nurlarni yutishiga asoslangan.
Havoga qaraganda suyuqlikda, nurlanishning iste’molchisi
tomonidan qaydlanadigan, γ - nurlarning yutilishi sezilarli darajada katta(ko‘p) bo‘lganligi uchun ham,
suyuq yoki qattiq to‘kiluvchan jismlarning sathi haqida xulosa qilinadi.
102
8.9-rasm. Radioizotopli satho‘lchagichning tamoyilli sxemasi.
γ - nurlanishlarini qo‘llash to‘kiluvchan material yoki suyuqlikning ular bilan bevosita kontakt
qilmasdan ham sathini o‘lchash imkonini beradi. Kuzatuvchi tizimlar eng aniqlaridan hisoblanadi. Bu kabi
tizimlar γ – nurlanishlarining manbaasi bo‘lib (8.9-rasm) So 60 yoki Ss137 hisoblanadi. γ-
nurlanishlarning manbaasi va iste’molchisi P to‘kiluvchan material yoki suyuqlikning sig‘imi bilan bir-
biriga nisbatan diametral qarama-qarshi joylashadi. γ – nurlanishlarning oqimi, iste’molchiga kelib tushib,
unda tok hosil qiladi. Bu tok U kuchaytirgich bilan kuchaytiriladi va reversiv motor(yuritkich) M ga
uzatiladi, mazkur jihoz mexanik uzatma orqali bir vaqtning o‘zida manbaa va iste’molchi nurlanishini
vertikal(tik) o‘q bo‘yicha shunday siljitadiki, ular aynan bir sathda bo‘ladi. Motorning(yuritkichning)
aylanishi shunday yo‘naltirilganki, aynan manbaa va iste’molchi, muhitlar sig‘imi γ - nurlanish oqimini
to‘sib qolgunga qadar, tushirilsin. Bu esa iste’molchining tokini kamaytiradi, va kuchaytirgich
dvigatelni(motorni) reverslash uchun buyruq beradigan ta’sirni uzatadi. So‘ngra ushbu manbaa va
iste’molchi yuqoriga, γ-nurlanishlarning oqimi muhit sig‘imidan chiqib ketgancha va iste’molchiga
tushgunga qadar, motor(yuritkich) teskari tomonga aylanib boshlaydi. Motorning(yuritkichning) vali(o’qi)
orqali reduktor ko‘rsatkich bilan bog‘langan, bu esa sig‘imning to‘lganligi haqida vizual(ko‘rinuvchi)
axborotga ega bo‘lish imkonini beradi.
To‘kiluvchan(donador) materiallar sathining datchikini ikkita sinfga(klassga) ajratish mumkin.
Birinchi klass datchiklari sig‘imdagi material sathini uzluksiz kuzatish uchun mo‘ljallangan. Ikkinchi
103
klassga, to‘kiluvchan(donador) materialning berilgan sathga erishganida signal(xabar) beruvchi
datchiklar kiradi.
Ikkinchi klass datchiklarini ko‘pincha sathning relesi deb atashadi. Materialning sathi berilgan
qiymatga erishganida ular signal(xabar)lar beradi.
Suyuqlikning turli elektrli xossalarini sathning kattaligiga mos ravishdagi o‘zgartirishga asoslangan
sezgir elementlariga ega elektrli sath o‘lchagich asboblarning katta guruhini tashkil qiladi. Elektrli sath
o‘lchagichlarda elektrodli jihozlar eng ko‘p ishlatiladi.
|