• Tuproqning o‘rtacha haroratini o‘lchash asbobining sxemasi 8.14-rasm. Tuproq o‘rtacha haroratini o‘lchash asbobining sxemasi Nazorat savollari
  • II bob. 9-mavzu. SUYUQLIK VA GAZ SARFINI O‘LCHAYDIGAN ASBOBLAR.
  • 9.1. Umumiy ma’lumotlar va klassifikatsiyasi(tasniflanishi)
  • Tuproq haroratini o‘lchash uchun asbobi




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/148
    Sana13.01.2024
    Hajmi7,5 Mb.
    #136300
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   148
    Bog'liq
    ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

    Tuproq haroratini o‘lchash uchun asbobi 
    8.13-rasm. Tuproq haroratini o‘lchash uchun asboblar: 
    a-shtanganli sterjenda termorezistorlarning ulanish sxemasi; 
    b-qarshilik termometrlarini ulab-uzish sxemasi. 


    109 
    Tuproqning o‘rtacha haroratini o‘lchash asbobining sxemasi 
    8.14-rasm. Tuproq o‘rtacha haroratini o‘lchash asbobining sxemasi 
     
    Nazorat savollari 
    1. Suyuqlik sathini o‘lchash va avtomatik nazorat qilish vositalari haqida nimalarni
    bilasiz? 
    2. O‘lchashlarning usuli bo‘yicha sath o‘lchagichni nechta asosiy guruhlarga ajratish 
    mumkin ? 
    3. Tuproqning qattiqligi va zichligini o‘lchash asboblari haqida nimalarni bilasiz? 
    4. Qattiq jismlarning to‘kilishdagi zichligi haqida nimalarni  bilasiz ? 
    5. Areometrlar vazifasi va turlari ? 
    6. Radioizotopli zichlik o‘lchagichlar. 
    7. PJR rusumli radioizotopli zichlik o‘lchagichning tamoyilli sxemasi haqida nimalarni  
    bilasiz ? 
    8. Tuproq haroratini o‘lchash uchun asbob sxemasini chizib tushintiring. 
    9. Tuproq o‘rtacha haroratini o‘lchash asbobining sxemasgai misol keltiring. 


    110 
    II bob. 9-mavzu.  
    SUYUQLIK VA GAZ SARFINI O‘LCHAYDIGAN ASBOBLAR. 
    Reja: 
    9.1. Umumiy ma’lumotlar va klassifikatsiyasi(tasniflanishi).
    9.2. Mexanik sath o‘lchagichlari. 
    9.3. Sathni o‘lchashning gidrostatik vositalari. 
    9.4. Sathni o‘lchashlarning elektr vositalari. 
    9.5. Radioizotopli, radioto‘lqinli va akustik sath o‘lchagichlari. 
    9.1. Umumiy ma’lumotlar va klassifikatsiyasi(tasniflanishi) 
    Texnologik apparat ishchi muhiti – suyuqlik yoki to‘kiluvchan(donador) jismlar bilan to‘ldirilish 
    balandligiga sath deyiladi. Ishchi muhitdagi sath texnologik parametr bo‘lib, u haqidagi axborot texnologik 
    apparatning ish rejimini nazorat qilish uchun, ba’zi bir hollarda esa ishlab chiqarish jarayonini boshqarish 
    uchun zarurdir. 
    Sathni chegaralashning zamonaviy usullari va ulardan foydalanishga asoslangan jihozlar turli -
    tumandir. 
    Sath o‘lchagich quyidagilarga bo‘linadi: sathni uzliksiz o‘lchash asboblariga, yoki sathning 
    ko‘rsatkichlari, va indikatorlari, yoki signalizatorlariga. Uzliksiz nazorat qilishga mo‘ljallangan sathning 
    o‘lchagchlari texnologik sig‘imlarda sathning tezkor o‘zgarib turishida ishlatladi. Sathning 
    signalizatorlari(xabar bergichlari) diskretli o‘lchashlarni bajarish uchun bir yoki bir nechta aniq 
    belgilangan(fiksatsiyalangan) holatini aniqlashda sezgir elementlar o‘rnatish joyida ishlatiladi. Texnologik
    jarayonlarni avtomatik rostlash va boshqarish tizimlarida sathni ko‘rsatkichlari va signalizatorlari(xabar 
    bergichlari) birlamchi axborot datchiklari sifatida keng foydalaniladi. 
    Ishlash tamoyili bo‘yicha asboblar sathni o‘lchash uchun va signal(xabar) beruvchi quyidagi 
    guruhlarga bo‘linadi: mexanicheskli(qalqovichli, membranali, kontaktli-mexanikli); gidrostatik, elektrli, 
    radioizotopli, radioto‘lqinli, akustik, og‘irlikli va boshq. 
    O‘lchash diapazoni(poyoni, kengligi) bo‘yicha: o‘lchash chegaralari 0-20 m li keng poyonli sath 
    o‘lchagichlari va o‘lchash chegaralari - 0 - ±100 mm yoki 0 - ±450 mm tor poyonli[16,17]. 

    Download 7,5 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   148




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tuproq haroratini o‘lchash uchun asbobi

    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish